Ibragimov Shaxboz Ramazon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jag‘ suyaklari jaroxatlarining sud-tibbiy jihatlari», 14.00.24 - Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2294.
Ilmiy rahbar: Islamov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya intsituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxsumxonov Qulfiddin A’zamxonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jag‘ suyaklarining shikastlanish holatlarida jabrlanuvchilarni tekshirishning zamonaviy ekspert, klinik va instrumental usullarini kompleks baholash orqali sud tibbiy ekspertiza o‘tkazishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jag‘ suyaklarining shikastlanish holatlari va turli xildagi o‘tmas jismlardan etkazilganligi, xususiyati va joylashishini, jaroxatlanishlarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini baholashda mushtlashish va avtomobildan shikastlanishining o‘rni yuqoriligi asoslangan;
jag‘ suyaklari shikastlanishlarining shakllanish mexanizmi asosan o‘tmas jismning bevosita zarb ta’siri bilan bog‘liqligini va aniqligini baholashda rentgenografiya va multispiral kompyuter tomografiya tashxisotining sud tibbiy ekspertizaning ishonchliligini oshirishdagi o‘rni isbotlangan;
jag‘ suyaklarining turli tabiatdagi alohida va qo‘shma jaroxatlanishlarining og‘irlik darajasini aniqlash, og‘ir shikastlanishlari va uning natijasida suyak va yumshoq to‘qima hamda atrof sohadagi organlar faoliyatining buzilishini baholashning sud tibbiy mezonlari isbotlangan;
jag‘ suyaklarining shikastlanishlarini sud tibbiy baholashning bosqichlarga qarab ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy sud-tibbiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jag‘ suyaklari jarohatlarining sud-tibbiy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: jag‘ suyaklarining shikastlanish holatlari va turli xildagi o‘tmas jismlardan etkazilganligi, xususiyati va joylashishini, jarohatlanishlarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini baholashda mushtlashish va avtomobildan shikastlanishining o‘rni yuqoriligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023 yil 2 noyabrda 04-r/79-son bilan tasdiqlangan «Jag‘ suyaklari jarohatlarining sud-tibbiy algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati filiallari bo‘yicha 17.11.2023 yildagi 95-sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishni takomillashtirish, jag‘ suyaklarining shikastlanish holatlarida ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini yaxshilash ta’minlangan. Iqtisodiy samadorligi: mazkur holatni ekspertizasi uchun sarflanadigan 200000-250000 so‘m byudjet mablag‘lari jag‘ suyaklari jarohatlarining shakllanish mexanizmi asosan o‘tmas jismning bevosita zarb ta’siri bilan bog‘liqligi sud tibbiy ekspertiza o‘tkazish jarayonini optimallashtirish va shu orqali ekspertizaning ijro muddatini 10-15%ga, ya’ni 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: jag‘ suyaklari shikastlanishlarining shakllanish mexanizmi asosan o‘tmas jismning bevosita zarb ta’siri bilan bog‘liqligini va aniqligini baholashda rentgenografiya va multispiral kompyuter tomografiya tashxisotining sud tibbiy ekspertizaning ishonchliligini oshirishdagi o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023 yil 2 noyabrda 04-r/79-son bilan tasdiqlangan «Jag‘ suyaklari jarohatlarining sud-tibbiy algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati filiallari bo‘yicha 17.11.2023 yildagi 95-sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jag‘ suyaklari jarohatlarining shakllanish mexanizmi asosan o‘tmas jismning bevosita zarb ta’siri bilan bog‘liqligining isbotlanganligi sud tibbiy ekspertizalarning samaradorligini oshirish orqali ularning ishonchliligi ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatni ekspertizasi uchun sarflanadigan 200000-250000 so‘m byudjet mablag‘lari jag‘ suyaklari jarohatlarining shakllanish mexanizmi asosan o‘tmas jismning bevosita zarb ta’siri bilan bog‘liqligi sud tibbiy ekspertiza o‘tkazish jarayonini optimallashtirish va shu orqali ekspertizaning ijro muddatini 10-15%ga, ya’ni 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: jag‘ suyaklarining turli tabiatdagi alohida va qo‘shma jarohatlanishlarining og‘irlik darajasini aniqlash, og‘ir shikastlanishlari va uning natijasida suyak va yumshoq to‘qima hamda atrof sohadagi organlar faoliyatining buzilishini baholashning sud tibbiy mezonlari isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023 yil 2 noyabrda 04-r/79-son bilan tasdiqlangan «Jag‘ suyaklari jarohatlarining sud-tibbiy algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati filiallari bo‘yicha 17.11.2023 yildagi 95-sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jag‘ suyaklarining turli tabiatdagi alohida va qo‘shma jarohatlanishlarining og‘irlik darajasini aniqlash me’zonlarining ochib berilganligi ekspertiza natijalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samadorligi: mazkur holatni ekspertizasi uchun sarflanadigan 200000-250000 so‘m byudjet mablag‘lari jag‘ suyaklari jarohatlarining shakllanish mexanizmi asosan o‘tmas jismning bevosita zarb ta’siri bilan bog‘liqligi sud tibbiy ekspertiza o‘tkazish jarayonini optimallashtirish va shu orqali ekspertizaning ijro muddatini 10-15%ga, ya’ni 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jag‘ suyaklarining shikastlanishlarini sud tibbiy baholashning bosqichlarga qarab ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy sud-tibbiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilganligi bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023 yil 2 noyabrda 04-r/79-son bilan tasdiqlangan «Jag‘ suyaklari jarohatlarining sud-tibbiy algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati filiallari bo‘yicha 17.11.2023 yildagi 95-sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jag‘ suyaklari jarohatlanishlari holatlarida o‘tkaziladigan sud-tibbiy ekspertiza hulosalarining asoslanganligini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va uslubiy asoslardan foydalanish sud tibbiy ekspertizalarning sifatini va samaradorligini oshirish orqali ekspertiza xulosalarining ishonchliligi ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatni ekspertizasi uchun sarflanadigan 200000-250000 so‘m byudjet mablag‘lari jag‘ suyaklari jarohatlarining shakllanish mexanizmi asosan o‘tmas jismning bevosita zarb ta’siri bilan bog‘liqligi sud tibbiy ekspertiza o‘tkazish jarayonini optimallashtirish va shu orqali ekspertizaning ijro muddatini 10-15%ga, ya’ni 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.