Ma’rufov Mansurbek Musajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiiy atrof-muhit omillaridan foydalanib jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishning pedagogik asoslari (talabalar misolida)”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi; 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. PhD/Ped.2630.
Ilmiy rahbar: Muxammadiyev Komil Burxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xolmurodov Laziz Zarifboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy atrof-muhit omillaridan foydalanib jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishni pedagogik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    talabalarda jismoniy va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari tabiiy atrof-muhit omillarini jismoniy, psixoemotsional va organizmiga bo‘lgan ta’sir darajasini aniqlovchi Rofes  diagnostikasi va to‘lqinsimon, jadal kabi turli jismoniy yuklamalarni mikrotsikllarda tabaqalashtirib qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan so‘ng, funksional holati (sistolik, diastolik qon bosimi, yurak qisqarish chastotasi, Genchi va Shtange probalari) va gemodinamik o‘zgarishlari mikroiqlimli, sog‘lom va barqaror tabiiy muhit holatida olib borilgan sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulot-oldi nafas mashqlari va tiklovchi kompensatsion vositalarini optimallashtirish asosida tayyorgarlik jarayonini tartibga solish uslublari, vositalari hamda motor zichligi kabi tayyorgarlik komponentlari me’yorlashtirilgan;
talabalarning jismoniy rivojlanishi, ruhiy qiziqishi, mashg‘ulotlarga tayyorgarligi, axloqiy tarbiyasining integral ko‘rsatkichlari, musobaqalarda ishtiroki  tabiiy atrof-muhitda olib borilgan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida germenevtik (ma’noni talqin qilish, tushunish, tushuntirish, izohlash, sharhlash) usulni psixoemotsional va funksional holatiga individual yondashgan holda qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
turli sharoitlarda umumjismoniy tayorgarlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar va gigienik talab mezonlari jismoniy va funksional holatining progmativ ko‘rsatkichlari asosida takomillishtirilgan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy atrof-muhit omillaridan foydalanib jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishning pedagogik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy atrof-muhit omillaridan foydalanib jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning jismoniy va funksional xolatini rivojlantirishga qaratilgan yuklamalarni to‘lqinsimon hamda jadal qo‘llash metodikasi Toshkent davlat transport universiteti talabalarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 25-oktabrdagi
06-01/06/13/7093-son ma’lumotnomasi), Natijada, talabalarning jismoniy tayyorgarligi darajasi o‘rtacha – 10-12% ga, funksional holati – 6,2-7,5% ga, organizmning tiklanish sur’ati – 6% ga, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishi – 13-15% ga ortganligi qayd etilgan”;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan so‘ng, talabalarning funksional holati (sistolik, diastolik qon bosimi, yurak qisqarish chastotasi, Genchi va Shtange probalari) va gemodinamik o‘zgarishlari mikroiqlimli sog‘lom va barqaror tabiiy muhit holatida olib borilgan sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni indivudval qo‘llash hamda optimallashtirish asosida me’yorlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti talabalarining jismoniy tarbiya o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil, 25-oktabrdagi 06-01/06/13/7093-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichining o‘sishi 12-14%ga, funksional tayyorgarlikning o‘sishi – 7,7-9,5 % ga, o‘zini o‘zi jismoniy takomillashtirish 12,7% ga, dam olishga bo‘lgan ehtiyoj 20,7% ga yaxshilangan;
talabalarning jismoniy va funksional tayyorgarligi, organizm fiziologik holatining o‘sishi, tiklanishi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari faoliyatiga motivatsion yo‘nalishlarni rivojlantirishga salbiy ta’sir etuvchi atrof-muhit omillari aniqlanib, Farg‘ona davlat universiteti talabalarining jismoniy tarbiya o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil, 25-oktabrdagi 06-01/06/13/7093-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarining jismoniy va funksional tayyorgarligi – 7,5-9,3% ga, iqlim va sharoitiga moslashishi – 7,2-9% ga, organizmning tiklanishi – 6,3-8,6% ga jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishi – 11-12,5% ga ortgan;
turli iqlim va barqaror tabiiy atrof-muhit omillaridan foydalanib talabalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ruhiy qiziqishi hamda holati, irodaviy fazilatlari, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi, salomatligi, jismoniy va funksional tayyorgarligi takomillashtirilib Farg‘ona davlat universiteti jismoniy tarbiya o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining2022-yil,25-oktabrdagi 06-01/06/13/7093-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning jismoniy va funksional tayyorgarligi – 7,2-8,5% ga, iqlim va sharoitiga moslashishi – 6,2-7,6% ga, jismoniy tayyorgarlikning integral ko‘rsatkichi – 7,3-8,4% ga, sog‘liklarini mustahkamlash – 13,4-15,8% ga, emotsional his-hayajonni yumshatishga bo‘lgan ehtiyoji – 13,9-15,2% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish