Ergasheva Xilola Yunusxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga chet tili o‘rgatish jarayonida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasi (ingliz tili misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5269.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tursunov Husanboy Burgutovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga chet til o‘rgatish jarayonida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarga chet til o‘qitishning psixologik, lingvodidaktik, va pedagogik prinsiplari ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat komponentlari (maqsadli-mazmunli, tashkiliy-metodik, nazorat-baholash)ning bolalarning rivojlanish sohalari (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bilan o‘zaro integratsiyalash hamda refleksiv uzviylikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ona tilida fikr ifodalash malakalarining shakllanishini ta’minlovchi “organization”, “adaptation”, “assimilation”, “accommodation” kabi psixologik omillar aniqlashtirilib, kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarning tayanch kompetensiyalariga (kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy, bilish) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
chet (ingliz) tilni o‘rgatish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarning ingliz tilida fikr ifodalash kompetensiyalarini shakllantirishning bosqichlari refleksivlik, kreativlik, innovatsion faoliyatga yo‘nalganlik kabi indikatorlar tarkibini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
chet til o‘rgatish jarayonida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiladigan metodologik yondashuvlar hamda pedagogik shart-sharoitlar “Smart kids” elektron qo‘llanmasi komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilni o‘rgatish jarayonida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish metodikasiga doir ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarga chet til o‘qitishning psixologik, lingvodidaktik, va pedagogik prinsiplari ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat komponentlarining bolalarning rivojlanish sohalari bilan o‘zaro integratsiyalashga doir taklif va tavsiyalaridan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning chet til mashg‘ulotlarida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
chet (ingliz) tilni o‘rgatish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarning ingliz tilida fikr ifodalash kompetensiyalarini shakllantirishning bosqichlari refleksivlik, kreativlik, innovatsion faoliyatga yo‘nalganlik kabi indikatorlar tarkibini kiritish asosida aniqlashtirishga oid tadqiqot materiallaridan Namangan muhandislik texnologiya institutining “InnoEnglish-Horijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari” nomli amaliy granti loyihasi (2022-yy.)da foydalanilgan (Turan International University innovatsiya faoliyati transferi markazining 2023-yil 6-yanvardagi 107-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarga chet til o‘rgatish jarayonida ularning kommunikativ kompetensiyalarini shakllanganlik darajasi 13.9% ga oshgan;
chet til o‘rgatish jarayonida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiladigan metodologik yondashuvlar hamda pedagogik shart-sharoitlarni takomillashtirishda foydalanish maqsadida “Smart kids” elektron qo‘llanmasi komponentini kiritish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Natijada bolalarning xorijiy til mashg‘ulotlarida “Ilk qadam” mavzulariga oid terminlar va faol qo‘llanadigan so‘zlarni bilish va tushunish malakasi ortgan;
ona tilida fikr ifodalash malakalarining shakllanishini ta’minlovchi organization, adaptation, assimilation, accommodation kabi psixologik omillar aniqlashtirilib, kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarning tayanch kompetensiyalari ustuvorlik berish asosida takomillashtirilga oid takliflar “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil iyul va oktyabr oylaridagi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun” dasturlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining 2022-yil 24-oktyabrdagi 04-36-1775-son ma’lumotnomasi).Natijada maktabgacha yoshdagi 5-7 yoshli bolalarning kommunikativ kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilgan.