Temirov Sur’at Ne’matillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kritik oyoq-qo‘l ishemiyasida endovaskulyar aralashuvlarning taktikasi va usullarini takomillashtirish», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib745.
Ilmiy maslahatchi: Tursunov Baxtiyor Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ichki Ishlar Vazirligi davolash - profilaktika muassasalari tibbiyot boshqarmasi Markaziy Gospitali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Shipovskiy Vladimir Nikolaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Matmurotov Kuvondik Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoq-qo‘l kritik ishemiyasini davolash natijalarini revaskulyarizatsiyaning endovaskulyar usullarini maqbullashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning periferik arteriyalarida okklyuziv-stenozli shikastlanishning yuzaga kelishi va rivojlanishining angiografik xususiyatlari, jumladan tibial arteriyalar bilan birgalikda kechuvchi arterial tomirlarning ko‘p qavatli shikastlanishi aniqlangan;
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda arteriyalar proksimal yonbosh-son segmenti shikastlanishida ishemiyani klassik ko‘rinishda – o‘tib ketuvchi oqsoqlanishdan boshlab tinch xolatdagi og‘riqlar va yarali-nekrotik shikastlanishlar bilan kechishi, son-taqim osti va boldir segmentlarining birgalikdagi shikastlanishida esa, o‘tib ketuvchi oqsoqlik va tinch xolatdagi og‘riqlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarali nekrotik o‘zgarishlar kelib chiqishi aniqlangan;
oyoqlar kritik ishemiyasini endovaskulyar revaskulyarizatsiyasini qoniqarsiz natijalari asosiy xavf omillari arterial tomirlarning shikastlanish soxasi va darajasiga, kollateral tomirlarning funksional xolatiga va amalga oshirilgan revaskulyarizatsiya turiga bog‘liqligi aniqlangan;
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda gangrena sababli amputatsiya qilingan oyoqlar arteriyalari devorlarida o‘zgarishlarning patomorfologik ko‘rinishi klassik aterosklerozdan arteriyalarning mediokal`sinozi bilan yoki mediokal`sinoz va intima kal`sinozi birgalikda kelishi bilan farq qilishi aniqlangan;
qandli diabet va oyoqlar kritik ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda oyoq arteriyalari morfologik o‘zgarishlari va D vitamini darajasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan va arteriyalar kal`sinozi profilaktikasi uchun qonda D vitamini miqdorini monitorlash va uni korreksiyasi zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoq-qo‘llarining kritik ishemiyasini endovaskulyar revaskulyarizatsiya usullarini optimallashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy ma’lumotlarga asoslanib:
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning periferik arteriyalarida okklyuziv-stenozli shikastlanishning yuzaga kelishi va rivojlanishining angiografik xususiyatlari, jumladan tibial arteriyalar bilan birgalikda kechuvchi arterial tomirlarning ko‘p qavatli shikastlanishi aniqlangan - ushbu ilmiy yangilik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining angiografiya va intervension kardiologiya bo‘limida (2024-yil 11 martdagi №345 sonli buyruq) va Jack Soft MDS xususiy klinikasining angiografiya bo‘limida 14.03.2024 yildagi №55 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil «15» iyuldagi 03/51-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endovaskulyar aralashuvni optimallashtirish va bosqichma-bosqich revaskulyarizatsiya natijalari yaxshilanadi va operatsiyalar soni kamayadi; jarohatni davolash vaqti tezlashadi va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifati yaxshilanadi; har bir bemorda arteriyaga o‘rtacha kirish soni kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: Oyoqlar kritik ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda yangicha algoritmni joriy etish hisobiga 1 nafar bemorga arteriyaga kirish sonini bittaga kamaytirish hisobiga 2400000 so‘m iqtisod qilindi (har bir kirish uchun alohida introd`yuser, yo‘naltiruvchi va angiografik kateter kerak). Bundan tashqari, oyoqlarning revaskulyarizatsiyasini arteriyaga bir nechta kirish bilan, ammo bir bosqichda yakunlashni taklif qilamiz, mos ravishda endovaskulyar revaskulyarizatsiyaning bir bosqichini qisqartirish bilan davolashning umumiy qiymati 9000000 so‘mga kamayadi. Xulosa: har bir bemorga yangi algoritmning joriy etilishi 11400000 so‘mni tejash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda arteriyalar proksimal yonbosh-son segmenti shikastlanishida ishemiyani klassik ko‘rinishda – o‘tib ketuvchi oqsoqlanishdan boshlab tinch xolatdagi og‘riqlar va yarali-nekrotik shikastlanishlar bilan kechishi, son-taqim osti va boldir segmentlarining birgalikdagi shikastlanishida esa, o‘tib ketuvchi oqsoqlik va tinch xolatdagi og‘riqlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarali nekrotik o‘zgarishlar kelib chiqishi aniqlangan - ushbu ilmiy yangilik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining angiografiya va intervension kardiologiya bo‘limida (2024-yil 11 martdagi №345 sonli buyruq) va Jack Soft MDS xususiy klinikasining angiografiya bo‘limida 14.03.2024 yildagi №55 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil «15» iyuldagi 03/51-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilik natijalariga asoslanib, ishemiyaning og‘irligiga qarab revaskulyarizatsiyaga individual yondashuvni tavsiya qilamiz. Jumladan ko‘p qavatli shikastlanishlarda yarali-nekrotik jarohatlarsiz tinch holatda og‘riqlar bilan og‘rigan bemorlarga yuqori qavatni tiklash taklif etiladi va tinch xolatdagi og‘riqlar yo‘qolganda, bemorni medikamentoz terapiyaga o‘tkazish va shunga mos ravishda keyingi operatsiyadan voz kechishga imkoniyati tug‘iladi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘p qavatli shikastlanishlari bo‘lgan bemorlar guruhida yarali-nekrotik shikastlanishlarsiz oyoqlar kritik ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarning ulushi 17,5% ni tashkil etdi va bemorlarning shuncha qismida jarrohlikning bir bosqichini qisqarilishiga erishilish mumkin va mos ravishda xar bir bemor uchun davolash rejasining iqtisodiy samaradorligi 110000000 so‘mni tashkil qiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: oyoqlar kritik ishemiyasini endovaskulyar revaskulyarizatsiyasini qoniqarsiz natijalari asosiy xavf omillari arterial tomirlarning shikastlanish soxasi va darajasiga, kollateral tomirlarning funksional xolatiga va amalga oshirilgan revaskulyarizatsiya turiga bog‘liqligi aniqlangan - ushbu ilmiy yangilik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining angiografiya va intervension kardiologiya bo‘limida (2024-yil 11 martdagi №345 sonli buyruq) va Jack Soft MDS xususiy klinikasining angiografiya bo‘limida 14.03.2024 yildagi №55 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil «15» iyuldagi 03/51-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biz bir tomirli va ko‘p tomirli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita, kichik boldir va katta boldir arteriyalari bo‘ylab revaskulyarizatsiyalarni qiyosiy tahlil qilishda qoniqarsiz natijalarning sabablarini aniqladik. Ko‘p tomirli revaskulyarizatsiya orqali 89% hollarda to‘liq yara bitishiga erishilsa, bitta tomir revaskulyarizatsiyasida bu ko‘rsatgich 75% tashkil qildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita kollateral arteriyali revaskulyarizatsiyada 83,3% va 81,8% hollarda yara to‘liq bitishini ta’minlansa, bilvosita revaskulyarizatsiya esa faqatgina 70,9% hollardagina yara bitishiga olib keladi. Shunga ko‘ra, ushbu yangilikning kiritilishi bilan yara to‘liq bitadigan bemorlar soni ortadi, kritik ishemiyaning qaytalanishi kamayadi va bemorlar tezroq normal hayotga qaytadi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘p tomirli revaskulyarizatsiya yaralarni to‘liq bitish muddatini mos ravishda o‘rtacha 34 kunga qisqartirishga olib keldi, har kuni yara bog‘lamini almashtirish va shifokor ko‘rigidan o‘tish o‘rtacha 157000 so‘mni tashkil qilishini xisobga olinsa, 34 kunda o‘rtacha 5338000 so‘mni tejash imkonini berdi. Bevosita yoki kollateral arteriyali bilvosita revaskulyarizatsiya joriy etilganda, bilvosita revaskulyarizatsiya bilan solishtirganda, yaralarni to‘liq bitish vaqti mos ravishda 70 va 33 kunga qisqarishi kuzatildi. Shunga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri revaskulyarizatsiyada bog‘lam almashtirish va shifokorni har kuni ko‘rikdan o‘tkazish o‘rtacha 157000 so‘m tashkil qilsa, jami tejamkorlik esa o‘rtacha 10900000 so‘mni tashkil etdi, kollateral arteriyali bilvosita revaskulyarizatsiya joriy etilganda esa jami tejamkorlik o‘rtacha 5181000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: har bir bemorga optimal revaskulyarizatsiya usulining tatbiq etilishi 5338000 so‘mdan 10900000 so‘mgacha tejash imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda gangrena sababli amputatsiya qilingan oyoqlar arteriyalari devorlarida o‘zgarishlarning patomorfologik ko‘rinishi klassik aterosklerozdan arteriyalarning mediokal`sinozi bilan yoki mediokal`sinoz va intima kal`sinozi birgalikda kelishi bilan farq qilishi aniqlangan va ushbu ilmiy yangilik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining angiografiya va intervension kardiologiya bo‘limida (2024-yil 11 martdagi №345 sonli buyruq) va Jack Soft MDS xususiy klinikasining angiografiya bo‘limida 14.03.2024 yildagi №55 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil «15» iyuldagi 03/51-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda periferik arteriyalarning og‘ir mediokal`sinozi bo‘lsa, endovaskulyar revaskulyarizatsiya davolashning ustuvor usuliga aylanadi. Ushbu taktika operatsiyadan keyingi erta asoratlarni kamaytirishga va texnik jihatdan muvaffaqiyatli operatsiyalar sonini ko‘paytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda periferik arteriyalarning og‘ir mediokal`sinozini davolashning ustivor yo‘nalishi sifatida endovaskulyar revaskulyarizatsiyadan foydalanish taktikasi nafaqat klinik, balki muhim iqtisodiy samaradorlikka ham egadir. Jumladan iqtisodiy samaradorlik operatsiyadan keyingi jaroxatga bog‘lamlarni almashtirish bo‘lmasligi bilan izoxlanadi, bunda har bir bog‘lam almashtirish bo‘yicha tejamkorlik 57000 so‘mni tashkil etadi va ochiq operatsiyadan keyin bog‘lam almashtrishning o‘rtacha davomiyligi 7 kun bo‘lishi xisobga olinsa, umumiy tejamkorlik jami 399000 so‘mni tashkil qildi. Bundan tashqari, endovaskulyar muolajalarning kam invazivligi tufayli uzoq muddatli kasalxonaga yotqizishni talab qilmasligi xisobiga yotoq kunlari qisqaradi va shu xisobiga tejamkorlikka erishiladi. Bunda o‘rtacha har bir yotoq kuni 500000 so‘mni tashkil qilsa, tajribadan olib endovaskulyar revaskulyarizatsiya uchun yotoq kunlarining qisqarishi o‘rtacha 4 kunni tashkil etishi xisobga olinsa, yotoq kunlarining qisqarishi hisobiga jami tejamkorik 2000000 so‘mgacha etadi. Xulosa qilib aytganda, umumiy iqtisodiy samaradorlik 2399000 so‘mni (399000 so‘m + 2000000 so‘m) tashkil etdi.
beshinchi ilmiy yangilik: qandli diabet va oyoqlar kritik ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda oyoq arteriyalari morfologik o‘zgarishlari va D vitamini darajasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan va arteriyalar kal`sinozi profilaktikasi uchun qonda D vitamini miqdorini monitorlash va uni korreksiyasi zarurati isbotlangan va ushbu ilmiy yangilik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining angiografiya va intervension kardiologiya bo‘limida (2024-yil 11 martdagi №345 sonli buyruq) va Jack Soft MDS xususiy klinikasining angiografiya bo‘limida 14.03.2024 yildagi №55 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil «15» iyuldagi 03/51-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda periferik arteriyalarning shikastlanishi profilaktikasi uchun medikamentoz davoga D vitaminini qo‘shilishi quyidagilarga olib keladi: oyoq tibial arteriyalarida kal`sinozning og‘irligining pasayishiga, okklyuziv-stenoz shikastlanishlarni rivojlanishining oldini olishga va kritik ishemiya va kal`sinoz darajasini pasaytirish orqali texnik muvafaqiyatli endovaskulyar revaskulyarizatsiya sonini oshishiga. Iqtisodiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning kompleks medikamentoz terapiyasiga D vitaminini kiritish oyoqlar kritik ishemiya rivojlanishiga olib keluvchi periferik arteriyalarning og‘ir kal`sinozi rivojlanishi chastotasini kamayishiga olib keladi. Endokrinologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni davolash davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishini hisobga olsak, har bir kritik ishemiya holatini oldini olinishi 250000000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Shunday qilib, qandli diabetni davolashda D vitaminidan foydalanish nafaqat bemorlarning ahvolini yaxshilaydi, balki sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy yukni kamaytiradi, mablag‘larni boshqa muhim sohalarga qayta taqsimlash imkonini beradi.