Suyumov Azamat Sayfullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospesifik aortoarteriitda aorta yoyi tarmoqlari zararlangan bemorlarni tashxislash va xirurgik davolash natijalarini yaxshilash usullari», 14.00.34 – Yurak–qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib125.
Ilmiy maslahatchi: Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Fokin Aleksey Anatol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Krasnodar o‘lkasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Professor S.V. Ochapovskiy nomidagi 1-son o‘lka klinik shifoxonasi – Ilmiy tadqiqot instituti” DSSBM (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik aralashuvining taktikasi va hajmini tanlashda shaxsiy yondashuv bilan nospesifik aortoarteriitni kompleks tashhislash va davolash strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nospesifik aortoarteriit uchun xarakterli xususiyat, bu kasallikning surunkali bosqichga o‘tishi paytida ham yallig‘lanishning doimiy ekanligi va bu davrda oldindan puls terapiyasiz operatsiyani o‘tkazish patologik jarayonning faol bosqichini rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan;
nospesifik aortoarteriit holatida klinik ma’lumotlar va nur diagnostikasi natijalari o‘rtasidagi nomuvofiqlik tufayli jarrohlik taktikasini tanlash arterial o‘zanning shikastlanish hajmiga emas, balki ishemik kasalliklarning og‘irligiga va yallig‘lanish jarayonining faollik darajasiga asoslanishi kerakligi aniqlangan;
sintetik protezlardan farqli o‘laroq, aorta yoyi tarmoqlariga rekonstruktiv aralashuvlar paytida autovenoz graftlardan foydalanish yallig‘lanish jarayonining rivojlanishiga mahalliy trigger ta’sirining pastligi tufayli shuntlarning uzoq vaqt o‘tkazuvchanligini ta’minlashi isbotlangan;
patologik jarayonning faollik darajasi, aorta yoyi tarmoqlarining shikastlanish hajmi va donor uyqu yoki o‘mrovosti arteriyalarini rekonstruksiya qilish uchun angioarxitektonika xususiyatini baholashni hisobga olgan holda ekstratorokal shuntlash operatsiyasini o‘tkazish imkoniyatining asosiy klinik va diagnostik bashoratchilari aniqlangan;
operatsiyadan keyingi davrda kasallikning rivojlanish chastotasi va kasallik rivojlanishi faollik darajasining faktorial ta’siriga, yallig‘lanish fonida dastlabki puls terapiyasining ta’siriga, konservativ boshqaruvning taktikasiga, jarrohlik aralashuvlar turiga va qo‘llanilgan qon tomir protezlarining variantiga asoslangan nospesifik aortoarteriitni davolash natijalarining prognozini baholash mezonlari  aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nospesifik aortoarteriitda aorta yoyi tarmoqlari zararlangan bemorlarni tashxislash va xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalarga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: nospesifik aortoarteriit uchun xarakterli xususiyat, bu kasallikning surunkali bosqichga o‘tishi paytida ham yallig‘lanishning doimiy ekanligi va bu davrda oldindan puls terapiyasiz operatsiyani o‘tkazish patologik jarayonning faol bosqichini rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan - akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2023 yil 14 dekabrdagi №m/10-sonli), «Milliy Tibbiyot Markazi» DM (2024 yil 30 apreldagi № 01-3/23-1-sonli buyrug‘i) va O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali (2024 yil 26 apreldagi 114-sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/38-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida kasallikning o‘tkir osti bosqichida o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvdan so‘ng salbiy natijalar uchun xavf omillari aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: I guruh bemorlarida sezilarli darajada I-V sinf asoratlar operatsiyadan keyingi erta davrda kuzatilgan (3,2% ga nisbatan 22,2%, p<0,05), asosan, birlamchi qabul qilingan NAA ning o‘tkir va o‘tkirosti bosqichi bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan. I guruhda surunkali bosqichda operatsiya qilingan 10 bemordan 5 (50%) nafarida asoratlar bo‘lgan, o‘tkirosti bosqichi bo‘lgan 12 bemorning 8 (67%) nafarida asoratlar kuzatilgan. Bu operatsiyadan 1-2 oy oldin GKS konservativ terapiyaning past samaradorligini ko‘rsatadi, chunki bu yallig‘lanish jarayonini to‘xtatishga imkon bermaydi, shuningdek, surunkali bosqichning shartliligini yana bir bor tasdiqlaydi, chunki bemorlarning 50-67% ida aralashuv va jarrohlik asoratlaridan keyin jarayon faollashgan. Kasalxonada 1 kunga yotishi uchun minimal xarajat tejalishi 365000 so‘mni, operatsiya qilingan II guruhdagi 76 nafar bemorlar uchun 1 kunga 27740000 so‘m statsionar davolanish uchun tashkil etdi. Xulosa: NAA bilan og‘rigan bemorlarni davolashga individual yondashish va operatsiyadan oldin puls-terapiyasi o‘tkazish operatsiyadan keyingi erta asoratlarning oldini oladi va kasalxonada yotish uchun 1 kuniga 27740000 so‘m tejaydi;
ikkinchi ilmiy yangilik: nospesifik aortoarteriit holatida klinik ma’lumotlar va nur diagnostikasi natijalari o‘rtasidagi nomuvofiqlik tufayli jarrohlik taktikasini tanlash arterial o‘zanning shikastlanish hajmiga emas, balki ishemik kasalliklarning og‘irligiga va yallig‘lanish jarayonining faollik darajasiga asoslanishi kerakligi aniqlangan - akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2023 yil 14 dekabrdagi №m/11-sonli), «Milliy Tibbiyot Markazi» DM (2024 yil 30 apreldagi № 01-3/23-1-sonli buyrug‘i) va O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali (2024 yil 26 apreldagi 114-sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/38-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aorta yoyi tarmoqlari NAA bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik davolash uchun ko‘rsatmalarni farqlash holatning og‘irligini etarlicha baholamaslik tufayli qoniqarsiz davolash natijalarini oldini olishga va miyaning ishemik zararlanishidan (insult) kasallanish va o‘limni kamaytirishga, shu bilan nogironlikni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asoratlangan NAA bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun ko‘proq xarajatlar talab etiladi, xususan, insultda 1 kunlik reanimatsiya bo‘limida yotish 1350000 so‘m, jami 141 nafar II guruhdagi bemorlarga 1 kunlik reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida insult bilan yotish 190350000 so‘m tashkil etgan. Xulosa: asoratlangan NAA ni davolash uchun insult va reanimatsiyada qolishni qisqartirish hisobiga 190350000 so‘m tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: sintetik protezlardan farqli o‘laroq, aorta yoyi tarmoqlariga rekonstruktiv aralashuvlar paytida autovenoz graftlardan foydalanish yallig‘lanish jarayonining rivojlanishiga mahalliy trigger ta’sirining pastligi tufayli shuntlarning uzoq vaqt o‘tkazuvchanligini ta’minlashi isbotlangan - akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2023 yil 14 dekabrdagi №m/11-sonli), «Milliy Tibbiyot Markazi» DM (2024 yil 30 apreldagi № 01-3/23-1-sonli buyrug‘i) va O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali (2024 yil 26 apreldagi 114-sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/38-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar shuntlovchi material sifatida avtovena yordamida aorta yoyi tarmoqlari NAA uchun ekstratorakal operatsiyalar sonini ko‘paytirish imkonini berdi, bu esa sintetik protez yordamida intratorakal aralashuvi uchun 35000000 so‘mdan autovena yordamida ekstratorakal aralashuvlar uchun 25000 so‘mgacha qisqarishiga olib keldi, shu bilan birga, protez materiallarini sotib olish zarurati yo‘qoldi, operatsiya muddati qisqartirildi va uning natijalari yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: NAA ni jarrohlik yo‘li bilan davolashda protez yordamida intratorakal aralashuvga 35000000 so‘m, avtovena yordamida ekstratorakal aralashuvga 25000000 so‘m sarflanadi. Xulosa: avtovena yordamida ekstratorakal shuntlovchi operatsiyani qo‘llash davolashning bevosita va uzoq muddatli natijalarini yaxshilash, jarrohlik aralashuvi va sarflanadigan materiallarga 10000000 so‘mni tejash, shuningdek, erta va uzoq muddatli davrda shuntlarning kumulyativ o‘tkazuvchanligini oshirish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: patologik jarayonning faollik darajasi, aorta yoyi tarmoqlarining shikastlanish hajmi va donor uyqu yoki o‘mrovosti arteriyalarini rekonstruksiya qilish uchun angioarxitektonika xususiyatini baholashni hisobga olgan holda ekstratorokal shuntlash operatsiyasini o‘tkazish imkoniyatining asosiy klinik va diagnostik bashoratchilari aniqlangan - akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2023 yil 14 dekabrdagi №m/11-sonli), «Milliy Tibbiyot Markazi» DM (2024 yil 30 apreldagi № 01-3/23-1-sonli buyrug‘i) va O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali (2024 yil 26 apreldagi 114-sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/38-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashxislash va davolash algoritmidan foydalanishga imkon bergan xolda, NAA laborator remissiyasi uchun bo‘sag‘a darajasini o‘rnatdik: EChT 21 mm/s dan kam, CRO 11 mg/l dan past, uzoq muddatda yallig‘lanish omillarini kamaytirishga erishish, yallig‘lanish hujumlari sonini kamaytirish yallig‘lanishni barqarorlashtirishga, kasallikni nazorat qilishga va asoratlarni oldini olishga imkon berdi. Metotreksat bilan puls-terapiyasini uzaytirgandan keyingi uzoq muddatli davrda SRO va EChT darajasi II guruhda 6,58±0,29 va 13,0±0,35 gacha kamaydi, I guruhda GKS bilan davolash fonida esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 9,0±0,4 va 18,4±0,5 ni tashkil etdi. Konservativ davo rejimlaridan foydalanish va jarrohlik taktikasini tanlashda shaxsiy yondashuv shuntlarning kumulyativ o‘tkazuvchanligini oshirishga imkon berdi: uzoq muddatli davrda kuzatuvning birinchi yilida arteriyalarning kumulyativ o‘tkazuvchanligi ikkala guruhda ham sezilarli darajada farq qilmadi, I guruhda 94,4 % ni va II guruhda 98,6% ni tashkil qildi mos ravishda, (P>0,05), 5 yillik kuzatuvdan so‘ng bu sezilarli darajada yaxshilandi II guruhda: 69,7% ga nisbatan 92,5% (P<0,05), 15 yildan keyin ham II guruhda ham sezilarli darajada yaxshi bo‘ldi: 52,6% ga nisbatan 82,7% (P<0,05). Iqtisodiy samaradorligi: konservativ davolash rejimlaridan foydalanish va II guruhdagi NAA ni jarrohlik davolashda jarrohlik taktikasini tanlashga shaxsiy yondashuv shuntning tutilishida qayta kasalxonaga yotqizish sonini 5 yildan keyin 1,3 barobarga va 15 yildan keyin 1,6 martaga kamaytirish imkonini berdi, ya’ni 1 marta jarrohlik yo‘li bilan kasalxonaga yotqizilganligi uchun 25000000 so‘m, II guruhdagi 76 nafar operatsiya qilingan bemorlarga esa 1900000000 so‘m iqtisodiy samara beradi. Xulosa: NAA uchun ishlab chiqilgan davolash strategiyasidan foydalanish shuntlarning uzoq muddatli natijalarini va kumulativ o‘tkazuvchanligini yaxshilashga, shu bilan birga, bemorlarning hayot sifatini oshirishga, yallig‘lanish xurujlari va qayta kasalxonaga yotqizish sonini kamaytirishga imkon berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrda kasallikning rivojlanish chastotasi va kasallik rivojlanishi faollik darajasining faktorial ta’siriga, yallig‘lanish fonida dastlabki puls terapiyasining ta’siriga, konservativ boshqaruvning taktikasiga, jarrohlik aralashuvlar turiga va qo‘llanilgan qon tomir protezlarining variantiga asoslangan nospesifik aortoarteriitni davolash natijalarining prognozini baholash mezonlari  aniqlangan - akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2023 yil 14 dekabrdagi №m/11-sonli), «Milliy Tibbiyot Markazi» DM (2024 yil 30 apreldagi № 01-3/23-1-sonli buyrug‘i) va O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali (2024 yil 26 apreldagi 114-sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/38-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Puls-terapiyasini shartli tayinlash bilan davolash strategiyasidan foydalanish, taktika va operatsion uskunalarni tanlashga shaxsiy yondashuv individual ravishda o‘zining samaradorligini isbotladi, bevosita yaxshi natija an’anaviy yondashuv bilan 51,8% ga nisbatan 78,9% ni tashkil etgan, bevosita yaxshi va qoniqarli natijasi II guruhdagi 75 (98,7%) ga nisbatan I guruhda 72 (86,7%) ni tashkil etgan (p<0,05), bu operatsiyadan keyingi erta asoratlar sonini 22,2% dan 3,2% gacha kamaytirgan va 15,7% (83 dan 13 ta) dan 2,6% (76 dan 2 ta) gacha takroriy operatsiyalar sonini kamaytirgan, insultdan xoli bo‘lish 82,8 dan 97,7% gacha, 10-yil yashovchanlik 84,9% dan 100% gacha oshgan. Iqtisodiy samaradorligi: II guruhdagi NAAni jarrohlik yo‘li bilan davolashda konservativ davo sxemalarini qo‘llash va jarrohlik taktikasini tanlashga shaxsiy yondashuv orqali takroriy operatsiyalar sonini 6,0 barobarga qisqartirish imkonini berdi, bu esa 1 ekstratorakal aralashuvda 25000000 so‘mni tejash imkonini berdi, intratorakal aralashuvda 35000000 so‘m, buyrak arteriyalarida rekonstruktiv operatsiyalar uchun 17000000 so‘m. Xulosa: olingan natijalar asosida taktik-texnik jihatlar optimallashtirilgan va NAA turiga qarab tabaqalashtirilgan yondashuv standartlashtirilgan va NAA turiga qarab jarrohlik aralashuvni tanlash ko‘rsatmalari o‘rnatilgan, bu esa davolanish natijalarini yaxshilagan va aorta yoyining NAA shuntlarning kumulyativ o‘tkazuvchanligini oshirish bilan operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirganligi, bemorlarning uzoq muddatli davrda insultdan xoli bo‘lganligi va yashovchanligining oshganligi bilan izohlanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish