Omonov Shoxrux Normuminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zarafshonning o‘rta oqimi hududlari arvohkapalaklari (Sphingidae) ning faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B683.
Ilmiy rahbar: Raximov Matnazar Shomurotovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Gulnora Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor; Bekchanov Xudoybergan Urinovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshonning o‘rta oqimi hududlari arvohkapalaklari (Sphingidae) ning faunasi va ekologiyasini aniqlash hamda ko‘p uchragan ya’ni dominant turlarni biologiyasini va ularni zoogeografik tarqalish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshonning o‘rta oqimi hududlarida arvohkapalaklar turlarining xilma-xilligi va tarqalishi aniqlangan;
Zarafshonning o‘rta oqimi hududlarida arvohkapalaklari faunasining zamonaviy taksonomik holati tahlil qilinib, 3 ta kenja oila, 4 ta triba, 9 ta avlodga mansub 16 tur aniqlangan hamda O‘zbekiston faunasi uchun 1 ta kenja tur (H. hippophaes ssp. bienerti Staudinger, 1874) yangi kenja tur sifatida aniqlangan;
Zarafshonning o‘rta oqimi hududlarida arvohkapalaklarining Smerinthus kindermannii Lederer 1853, Agrius convolvuli Linnaeus 1758, Macroglossum stellatarum Linnaeus 1758,  H. centralasiae Staudinger 1887, H. zygophylli Ochsenheimer 1808, Theretra alecto Linnaeus 1758 turlari ko‘p tarqalganligi aniqlangan va ularning biologik xususiyatlari ochib berilgan;
arvohkapalaklarning oziqlanishida o‘simliklarni hayot shakllariga moslanishiga ko‘ra 3 ta katta (dendrabiont, tamnobiont, xortobiont) va 2 ta kichik ekologik guruhga (dendrotamnobiont, tamnoxartobiont) taqsimlanishi isbotlangan;
arvohkapalaklarning hududda tarqalgan o‘simlik oilalari bilan munosabatlari tahlil qilinganda, bu kapalaklarning imagosi va lichinkalari 12 ta oilaga mansub o‘simliklarda rivojlanishi isbotlangan;
Zarafshonning o‘rta oqimi hududlarida tarqalgan arvohkapalaklarning zoogeografik mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishi ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zarafshonning o‘rta oqimi hududlari arvohkapalaklari (Sphingidae)ning faunasi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshonning o‘rta oqimi hududlarida tarqalgan 3 ta kenja oila, 9 ta avlodga mansub 16 ta tur arvohkapalaklarning kadastri Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrofni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 29-noyabrdagi 03-03/3-7525-son ma’lumotnomasi). Natijada, kadastr ma’lumotlari Samarqand viloyatida tarqalgan arvohkapalaklar populyasiyalarinig zamonaviy holatini baholash va monitoring qilish hamda kadastr ma’lumotlarini tayyorlash imkonini bergan.
“Arvohkapalaklar (Sphingidae) oilasining bioekologik xususiyatlari va muhofaza qilish chora tadbirlari” nomli tavsiyanomasi Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida arvohkapalaklarning faunistik holatini aniqlash va muhofaza qilish yo‘nalishlarida nazariy qo‘llanma sifatida amaliyotda foydalanishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 29 noyabrdagi 03-03/3-7525-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiyanoma Samarqand viloyatida tarqalgan arvohkapalaklar faunasining muhofaza choralarini ishlab chiqish imkonini bergan.
Zarafshonning o‘rta oqimi hududlarida tarqalgan arvohkapalaklarning 9 avlodga mansub 8 turdan iborat 29 nusxa namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 25 dekabrdagi 4/1255-2882-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Zarafshonning o‘rta oqimi hududlarida uchraydigan hasharotlar fondini boyitgan va ular populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish