Aziztaeva Feruza Alpomishevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm xizmatlarini rivojlantirishning samaradorligini oshirish imkoniyatlari (Jizzax viloyati misolida)”,  08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi  ruyxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1095.
Ilmiy rahbar: Bobanazarova Jamila Xolmuradovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Utemuratova  Gulnaraxan   Xojaniyazovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Turizm xizmatlarini rivojlantirish samaradorligini nazariy-uslubiy tadqiq etish asosida uning imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan “turizm qishloqlari”, tog‘ va sport-sog‘lomlashtirish turizmini yanada jadallashtirish, xalqaro  turizm  brendi  va infratuzilma ob’ektlarini jadal barpo etish kabilarga ko‘ra  takomillashtirilgan;
Zomin, Forish, Baxmal, G‘allaorol tumanlari va Jizzax shahrida turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish, turistlar ko‘p tashrif  buyuradigan turistik (tabiiy, madaniy, tarixiy) resurslarga  ko‘ra  turistik xizmatlarni jadal rivojlantirish  va  yangi  ish  o‘rinlarini  yaratish  imkoniyatlari  asoslangan;
turizm sohasini rivojlantirish omillarining ta’siriga ko‘ra turizm infratuzilmasi va xizmatlarini rivojlantirish samaradorliginining 2024-2026 yillarga  mo‘ljallangan  prognoz  parametrlari  ishlab chiqilgan;
mintaqada ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan hamda marketing strategiyasi turizm tashkilotchilari va milliy (mahalliy) turistik tuzilmalar hamkorligini maqsadli marketing segmentiga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm xizmatlarini  rivojlantirishning samaradorligini oshirish imkoniyatlari   yuzasidan   ishlab  chiqilgan   uslubiy  va  amaliy  takliflar asosida:
mintaqada turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan “turizm qishloqlari”, tog‘ va sport-sog‘lomlashtirish turizmini yanada jadallashtirish, xalqaro turizm brendi va infratuzilma ob’ektlarini jadal barpo etish bo‘yicha takliflar Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi  tomonidan “Jizzax viloyatida 2023-2025 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Jizzax viloyati Turizm boshqarmasining 2024-yil 15-martdagi 02/89-son ma’lumotnomasi). Takliflar mintaqa xususiyatlari va mavjud (istiqboldagi) imkoniyatlarga ko‘ra turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirishga ko‘ra faoliyat samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Zomin, Forish, Baxmal, G‘allaorol tumanlari va Jizzax shahrida turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish, turistlar ko‘p tashrif buyuradigan turistik (tabiiy, madaniy, tarixiy) resurslarga ko‘ra turistik xizmatlarni jadal rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha taklif Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan “Jizzax viloyatida 2023-2025 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Jizzax viloyati Turizm boshqarmasining 2024-yil 15-martdagi 02/89-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif viloyat hududlari xususiyatlariga ko‘ra sohada tadbirkorlik faoliyati va infratuzilmani rivojlantirishda investorlar uchun  jozibadorlikni oshirish va xizmatlar samaradorligini oshirishda imkoniyatlardan to‘laroq foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan;
turizm sohasini rivojlantirish omillarining ta’siriga ko‘ra turizm infratuzilmasi va xizmatlarini rivojlantirish samaradorliginining 2024-2026 yillarga  mo‘ljallangan  prognoz parametrlari bo‘yicha taklif ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “2023-2025-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan choratadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni  muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 25-martdagi 03-12-17-1821-son ma’lumotnomasi). Taklif viloyatda turizm sohasining rivojlanish istiqbollariga ta’sir  ko‘rsatuvchi  muhim  omillarga  ko‘ra  umumholatni  rivojlantirish  imkoniyatlari va chora-tadbirlar samaradorligini muayyan darajada oshirishga xizmat qilgan.
mintaqada ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan hamda marketing strategiyasi turizm tashkilotchilari va milliy (mahalliy) turistik tuzilmalar  hamkorligini maqsadli marketing segmentiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya,  atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 25-martdagi 03-12-17-1821-son ma’lumotnomasi). Takliflar ekologik turizm xizmatlari  samaradorligini  oshirish va ushbu turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy  mexanizmlarini  takomillashtirishga xizmat qilgan holda soha samaradorligini oshirishga muayan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish