Meliev Isroil Ismoilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Auditorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt277.
Ilmiy maslahatchi: Sindarov Sherzod Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
         Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmedjanov Karimjon Bakijanovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Urazov Komil Baxramovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Mamatkulov Murodjon Shukurovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Auditorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
auditorlik tashkiloti ishi sifatini vakolatli davlat organi tomonidan o‘n ish kunidan oshmagan muddatda har yili tavakkalchilik darajasining tahlili orqali tashqi nazoratini joriy etish taklif etilgan;
hisobot yili yakunlariga ko‘ra aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq, mahsulot (ish va xizmat)larni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq, xodimlarining o‘rtacha yillik soni yuz nafardan ortiq bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlarining har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish zarurligi asoslangan;
auditorlik tashkilotlarini ketma-ketlik uch yil uzlyuksiz ish stajiga ega bo‘lgan auditorlar yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar auditorlar orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va banklarda majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lishi asoslangan;
auditorlarning yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishi va  auditorlik faoliyatini faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi tartibini auditorlik tashkilotlari majburiyatlari tarkibiga kiritish zarurligi asoslangan;
modifikatsiyalanmagan (ijobiy fikr) hamda modifikatsiyalangan (izohlar bilan bildirilgan fikr, salbiy fikr va xulosa berishdan bosh tortish) shakllardagi auditorlik xulosalarini tuzish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Auditorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
auditorlik tashkiloti ishi sifatini vakolatli davlat organi tomonidan o‘n ish kunidan oshmagan muddatda har yili tavakkalchilik darajasining tahlili orqali tashqi nazoratini joriy etishga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 fevraldagi O‘RQ-677-son Qonunining 47 moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 21 avgustdagi 05-10/1822-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tashkiloti ishi sifatini davlatning vakolatli organi tomonidan aniq muddatda tavakkalchilik darajasining tahlili orqali tashqi nazoratini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
hisobot yili yakunlariga ko‘ra aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq, mahsulot (ish va xizmat)larni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq, xodimlarining o‘rtacha yillik soni yuz nafardan ortiq bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlarining har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish amaliyotini joriy etishga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 fevraldagi O‘RQ-677-son Qonunining 35-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 21 avgustdagi 05-10/1822-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hisobot yili yakunlariga ko‘ra aktivlarining balans qiymati, mahsulotlar (ish, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan tushum miqdori, xodimlarining o‘rtacha yillik soniga muvofiq xo‘jalik subektlarning har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishini belgilash imkoniyati yaratilgan;
auditorlik tashkilotlarini ketma-ketlik uch yil uzlyuksiz ish stajiga ega bo‘lgan auditorlar yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar auditorlar orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va banklarda majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lish amaliyotini joriy etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 fevraldagi O‘RQ-677-son Qonunining 35-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 21 avgustdagi 05-10/1822-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tashkilotlarining majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lishi uchun talab etilgan auditorlarga qo‘yiladigan talablarni miqdor va sifat jihatdan aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
auditorlarning yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishi va  auditorlik faoliyatini faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi tartibini auditorlik tashkilotlari majburiyatlari tarkibiga kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 fevraldagi O‘RQ-677-son Qonunining 29-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 21 avgustdagi 05-10/1822-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatuvchi auditorlarning har yili malaka darajasi oshirilishini ta’minlanishi va auditorlik tashkiloti javobgarligini sug‘urta polisi yordamida kafolatlash imkoniyati yaratilgan;
modifikatsiyalanmagan (ijobiy fikr) hamda modifikatsiyalangan (izohlar bilan bildirilgan fikr, salbiy fikr va xulosa berishdan bosh tortish) shakllardagi auditorlik xulosalarini tuzish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan Auditorlar palatasi va yetakchi auditorlik tashkilotlari tomonidan modifikatsiyalanmagan (ijobiy fikr) hamda modifikatsiyalangan (izohlar bilan bildirilgan fikr, salbiy fikr va xulosa berishdan bosh tortish) shakllardagi auditorlik xulosalarini tuzish, “Moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik xulosasi” nomli auditorlik tashkilotining ichki standarti hamda auditorlik xulosalarni shakllantirish buyicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2024 yil 19 yanvardagi ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditor fikrining ishonchliligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish