Turdibaeva Munisa Mirzalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston Respublikasi eksport salohiyatini ekonometrik modellashtirish, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt811
Ilmiy rahbar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Shermuhamedov Abbas Tairovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Akbar Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi eksport salohiyatining ekonometrik modellarini baholash va uning rivojlanish istiqbollarini ssenar prognozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Puassonning psevdo maksimal ehtimolligi (PPML) modeli yordamida O‘zbekiston Respublikasining 78 ta mamlakatga amalga oshirgan eksportining statistik jihatdan ahamiyatli omillari aniqlangan va ularning elastiklik koeffisientlari hisoblangan;
taqsimlangan lagdan iborat avtoregressiya (ARDL) modeli yordamida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan eksportining statistik jihatdan ahamiyatli omillari aniqlangan, ularning elastikligi koeffisientlari hisoblangan hamda 2024-2025-yillar uchun tegishli qisqa muddatli prognozlar ishlab chiqilgan;
ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, vektorli xatoni tuzatish (VEC) modeli yordamida O‘zbekiston Respublikasi eksporti dinamikasining 2024-2025-yillar uchun qisqa muddatli ssenar prognozlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi eksporti salohiyati va ssenar prognozlarini ekonometrik modellar yordamida baholashning statistik ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
Puassonning psevdo maksimal ehtimolligi (PPML) modeli yordamida O‘zbekiston Respublikasining 78 ta mamlakatga amalga oshirgan eksportining statistik jihatdan ahamiyatli omillari aniqlanib, ularning elastiklik koeffisientlari hisoblangan va mazkur natijalar Statistika agentligining Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasining amaliy faoliyatiga qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining bergan 2024-yil 18-apreldagi 01/1-04-11-93-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu model yordamida O‘zbekiston Respublikasining mamlakatlar (tashqi iqtisodiy hamkorlar) kesimida eksport salohiyati indeksi hisoblab chiqilgan va ko‘plab mamlakatlar bilan bo‘lgan o‘zaro savdosida respublikaning o‘z eksport salohiyatidan etarlicha foydalanmaganligi aniqlangan;
taqsimlangan lagdan iborat avtoregressiya (ARDL) modeli yordamida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan eksportining statistik jihatdan ahamiyatli omillari aniqlanib, ularning elastikligi koeffisientlari hisoblangan hamda 2024-2025-yillar uchun tegishli qisqa muddatli prognozlar ishlab chiqilgan va mazkur natijalar Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasining amaliy faoliyatiga qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining bergan 2024-yil 18-apreldagi 01/1-04-11-93-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, agar boshqa omillar ta’siri inobatga olinmasa, O‘zbekiston tovarlarining nisbiy narxlari pasayishi ularning Rossiya tovarlariga nisbatan raqobatbardosh bo‘lishiga olib kelishining miqdoriy samarasi aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasi eksporti istiqbollarini o‘rganish maqsadida, ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, vektorli xatoni tuzatish (VEC) modeli yordamida O‘zbekiston Respublikasi eksporti dinamikasining 2024-2025-yillar uchun qisqa muddatli ssenar prognozlari ishlab chiqilgan va mazkur natijalar Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasining amaliy faoliyatiga qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining bergan 2024-yil 18-apreldagi 01/1-04-11-93-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ssenar prognozlar yordamida eksportni rivojlantirish bo‘yicha tashqi savdo instrumentlaridan tegishli ravishda foydalanish haqidagi mulohaza va takliflar asoslab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi eksport salohiyatini va eksportning ssenar prognozlarini ekonometrik modellar yordamida baholash hamda mazkur modellarga oid statistik ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy takliflar Statistika agentligining Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmalarining amaliy faoliyatiga qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining bergan 2024-yil 18-apreldagi 01/1-04-11-93-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi eksport salohiyatini baholash, diagnostika qilish hamda ular yordamida ekonometrik tahlil qilish va eksportning ssenar prognozlarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar takomillashtirilgan.