Abdusattorov Nodirjon Abdujalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i ):
«Avtoservis korxonalarining hududiy joylashuvini  optimallashtirish yo‘li bilan avtomobillar texnik servis tizimini takomillashtirish», 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.22/01.02.2022.T.144.01
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sharipov Kungratboy Avazembetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, PhD.22/01.02.2022.T.144.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Irgashev Amirqul Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor;  Ro‘zimov Sanjar Komilovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon Mashinasozlik Instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtoservis korxonalarining hududiy joylashuvini optimallashtirish yo‘li bilan avtomobillar texnik servis tizimini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga bo‘lgan talabning kelib chiqish manbalarini hisoblaydigan va hududiy joylashtirishni rejalashtiradigan imitatsiya modeli yordamida yaratilgan;
avtoservis korxonalarinig hududiy joylashuvini eng qulay variantlarini tanlash algoritmi imitatsion modelidan foydalanish asosida yaratilgan;
mahalliy sharoitdagi avtoservis korxonalarinig hududiy joylashuvining kompyuter amaliy simulyatori asosida avtoservis korxonalarining hududiy joylashuvini oqilona variantini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan.
“O‘zbekiston Avtoservis” AJ faoliyatiga jalb etilayotgan investisiyalar hajmi va kompaniya daromadlarining uzoq muddatli dinamikasiga ko‘ra tuzilgan ekonometrik model asosida transport tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Avtoservis korxonalarining hududiy joylashuvini optimallashtirish yo‘li bilan avtomobillar texnik servis tizimini takomillashtirishda olingan natijalari asosida:
ishlab chiqilgan modelga muvofiq avtoservis koxonalariining rivojlanishi, avtotransport vositalarining egalarini va avtoservis tizimini samarali faoliyat ko‘rsatishini yaxshilash maqsadida avtoservis korxonalari hududiy joylashuvining AnyLogik muhitda imitatsion modeli yaratilgan, shuningdek mazkur ilmiy tadqiqot natijalaridan “AUTO REGION PLUS” MChJ ga joriy etilgan. (2023-yil 2-noyabrdagi № 32/2023-sonli dalolatnomasi). Natijada texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona xarajatlari 11,4 foizga kamayish imkonini bergan;
avtoservis korxonalarinig hududiy joylashuvini eng qulay variantlarini tanlash algoritmi imitatsion modeli “Chust avtotexxizmat-N” MChJ  ga joriy etilgan (2023- yil 26-oktabrdagi № 28/2023-sonli dalolatnomasi). Natijada taklif etilgan model ko‘rsatkichlari bilan mavjud avtoservis korxonalari tarmoq konfiguratsiyasi ko‘rsatkichlarini taqqoslash natijasida avtoservis korxonalarini hududiy joylashtirish rejasiga asosan joylashtirish avtoservis korxonalari va ularning mijozlari xarajatlarini bir yilda 2,471 mlrd so‘mga kamaytirilish imkonini yaratgan;
mahalliy sharoitdagi avtoservis korxonalarinig hududiy joylashuvini kompyuter simulyatori asosida avtoservis korxonalarining hududiy joylashuvini oqilona variantini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan (2023-yil 2-noyabrdagi № 32/2023-sonli dalolatnomasi). Natijada ATV larni avtoservisga olib kelishlari uchun  mijozlar xarajatlari 18,7 foizga kamayish imkonini yaratgan.
avtoservis korxonalari joylashtirishni bitta ishlab chiqilgan rejasiga avtoservis korxonalari tarmog‘ini loyihalashda ishlab chiqilgan modeldan foydalanish asosida (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 29-yanvardagi № 4/715-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi tizimning iqtisodiy samaradorligi 1438182 so‘mni tashkil etishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish