Sulaymanova Dildora Kodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy-psixologik moslashuvi determinantlari (SOS bolalar mahallasi misolida)”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P340.
Ilmiy rahbar: Ilxamova Dilfuza Ilyasovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Arapbaeva Damegul Kurbanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy-psixologik moslashuvi determinantlarini aniqlash va ularga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarni muqobil parvarish qilish organlari, xususan SOS-bolalar mahallasi va vasiylik organlari (oilaviy parvarish) sharoitlariga bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik moslashuvida bolalar ijtimoiy ko‘nikmalarining shakllanganligi, ota-onalar va oila haqidagi ijtimoiy tasavvurlari, bolalarning ilgarigi ijtimoiy muhiti xarakteristikasi, bolalar va kattalarning o‘zaro ta’sirga kirishish xususiyatlari kabi determinantlar qiyosiy jihatdan aniqlangan;
 SOS-bolalar mahallasi va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining yosh va jins xususiyatlari, kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarining etarlicha shakllanmaganligi, bola hayoti anamnezi, ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi nizoli vaziyatlar tufayli bolaning kattalar bilan emotsional aloqasi sustligi,  anamnezdagi deprivatsiya, atrofdagilar bilan munosabatlar o‘rnatishdagi infantillik, o‘zgalarga ishonmaslik, xulq-atvordagi agressivlikning namoyon bo‘lishi, refleksiyaga moyillikning yo‘qligi kabi ijtimoiy-psixologik  moslashuvga to‘sqinlik qiluvchi omillar aniqlangan;
 bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari tarbiyalanuvchilarining hissiy holatlarida muassasa tarbiyachilari va tengdoshlari bilan bog‘liq xavotirlanish, ijtimoiy qurquv,  o‘zini o‘zi baholash tizimining pastligi, atrofdagilarga ishonmaslik, shaxslararo munosabatlarda tan olinish istagiga moyillik ustuvorligi asoslangan;
 bolalarni muqobil parvarish qilish organlari xodimlari va ota-onalar uchun bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari tarbiyalanuvchilarining muvaffaqiyatli moslashuvini yaxshilash uchun intellektual, irodaviy, psixoemotsional, kommunikativ, refleksiv sohalarini, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, deviant xulq-atvor shakllanishi,  bolada “Men” obrazining buzilishining oldini olish bo‘yicha adaptatsion trening va personal ijtimoiy patronajni o‘z ichiga olgan korreksion dasturning amalga oshirilishi natijasida SOS-bolalar mahallalari tarbiyalanuvchilari ijtimoiy-psixologik moslashuvining kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarida ijobiy tomonga o‘zgarishlar qayd etilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy-psixologik moslashuvi determinantlari (SOS — bolalar mahallasi misolida) asosida:
bolalarni muqobil parvarish qilish organlari, xususan SOS-bolalar mahallasi va vasiylik organlari (oilaviy parvarish) sharoitlariga bolalar va o‘smirlarning muvaffaqiyatli ijtimoiy-psixologik moslashuvi ularda ijtimoiy ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasi, ota-onalar va oila haqidagi ijtimoiy tasavvurlari, bolalarning ilgarigi ijtimoiy muhiti xarakteristikasi, bolalar va kattalarning o‘zaro ta’sirga kirishish xususiyatlari kabi determinantlar bilan belgilanishi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 12-dekabrdagi 24-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya”, “Ontogenez psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM-99-a son ma’lumotnomasi). Natijada mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni to‘plash, tizimlashtirish va tahlil qilish asosida muammoning dolzarbligini asoslash imkoni yaratilgan;
SOS-bolalar mahallasi va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining yosh va jins xususiyatlari, bola hayoti anamnezi, psixik deprivatsiya, ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi nizoli vaziyatlar tufayli ularda atrofdagilar bilan munosabatlar o‘rnatishdagi infantillik, o‘zgalarga ishonmaslik, xulq-atvordagi agressivlikning namoyon bo‘lishi, refleksiyaga moyillikning yo‘qligi kabi ijtimoiy-psixologik moslashuvga to‘sqinlik qiluvchi omillar dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 12-dekabrdagi 24-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda "Ijtimoiy psixologiya" va "Ontogenez psixologiyasi" moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM-99-a son ma’lumotnomasi). Natijada SOS-bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilaring psixologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish samaradorligi oshgan;
bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari tarbiyalanuvchilarining hissiy holatlarida muassasa tarbiyachilari va tengdoshlari bilan bog‘liq xavotirlanish, ijtimoiy qurquv,  o‘zini o‘zi baholash tizimining pastligi, atrofdagilarga ishonmaslik, shaxslararo munosabatlarda tan olinish istagiga moyillik ustuvorligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 12-dekabrdagi 24-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda "Ijtimoiy psixologiya" va "Psixologik trening asoslari" moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM-99-a son ma’lumotnomasi). Natijada SOS-bolalar mahallasi va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy-psixologik moslashuvi xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishga sharoit yaratilgan;
bolalarni muqobil parvarish qilish organlari xodimlari va ota-onalar bilan bolalarda intellektual, irodaviy, psixoemotsional, kommunikativ, refleksiv sohalarni, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, deviant xulq-atvor shakllanishi,  bolada “Men” obrazi buzilishi profilaktikasi bo‘yicha adaptatsion trening va personal ijtimoiy patronajni o‘z ichiga olgan korreksion dasturni qo‘llash natijasida SOS-bolalar mahallalari tarbiyalanuvchilari ijtimoiy-psixologik moslashuvining kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarida ijobiy tomonga o‘zgarishlar qayd etilganligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 12-dekabrdagi 24-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” va “Ontogenez psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM-99-a son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ma’lumotlar bo‘yicha bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari tarbiyalanuvchilarining muvaffaqiyatli moslashuvi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish