Zikriyaev Zokir Mamirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida  iqtisodiyotni rivojlantirish texnologiyasi (OTM iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarini ish bilan bandlikka tayyorlash jarayoni misolida)”, 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.1.DSc/Ped440.
Ilmiy maslahatchi: Abduraxmonova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir marttalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirishning metodik asoslariga oid tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirishning metodik asoslari iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sirini umumijtimoiy muhitni modellashtirishning umumiydan yagonalikka va yagonalikdan chegaraviy umumiylikkacha yo‘naltiriltiruvchi falsafiy zanjirida individual o‘qitish maqsadiga o‘tishni adaptiv didaktikani ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi talabalari bandligini taminlashda asosiy ta’sir etuvchi omillardan biri sifatida zamonaviy raqamli texnologiyalarning shaxsga yo‘naltirilgan, moslashvchan, muammodan echimga qaratilgan yangicha usullarini joriy etish hamda ushbu jarayonni moliyalashtirishda “skoring” tizimidan foydalanish zarurati asoslangan;
talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirishning metodik asoslarini ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish orqali mehnat bozorida yashirin ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha funksional modeli  “Karierani rivojlantirish” (talabalarga karieralarini shakllantirishda yordam beradigan shaxsiy reja dasturlari), “Amaliyot dasturlari” (amaliyot va stajirovkalar orqali talabalarni real ish sharoitlari bilan tanishtirish), “Startap tashabbuslar” (talabalarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishlari uchun startap inkubatorlarini yo‘lga qo‘yish, talabalarning tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish) asosida  takomillashtirilgan;
innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi talabalari bandligini taminlash jarayoniga iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sirini va iqtisodiy faolligini oshirish mexanizmlari amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha boshqaruvi, moliyaviy baholash, marketing strategiyalari,  “flipped classroom”  va “case studies” asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi talabalari bandligini taminlash asosida istiqboldagi prognoz ko‘rsatkichlari, oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot fanlarini o‘qitish orqali talabalarning ish jarayoniga kirishib ketish qobiliyatlarini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari yaxlit ta’lim makonini vizual yaratish, yaxlit jarayonini kasbiy yo‘nalganlikda tashkil etish, boshqarish va pedagogik qo‘llab-quvvatlash hamda tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va predmetli-didaktik shart-sharoitlarni jadal integratsiyada ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida talabalarni ish bilan bandlikka tayyorlash mexanizmlarini rivojlantirish jarayonini loyihalashning ilmiy-metodik asoslari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirishning metodik asoslari iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sirini umumijtimoiy muhitni modellashtirishning umumiydan yagonalikka va yagonalikdan chegaraviy umumiylikkacha yo‘naltiriltiruvchi falsafiy zanjirida individual o‘qitish maqsadiga o‘tishni adaptiv didaktikani ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Iqtisodiy o‘sish” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son guvohnomasi). Natijada talabalarini ish bilan bandlikka tayyorlash mexanizmlarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti boyishiga xizmat qilgan;
talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi talabalari bandligini taminlashda asosiy ta’sir etuvchi omillardan biri sifatida zamonaviy raqamli texnologiyalarning shaxsga yo‘naltirilgan, moslashvchan, muammodan echimga qaratilgan yangicha usullarini joriy etish hamda ushbu jarayonni moliyalashtirishda skoring tizimidan foydalanishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “GAT texnologiyasi  asosida  Sirdaryo  viloyatini  turistik  (tarixiy  va  tabiiy)  salohiyatini ko'tarish  uchun  informatsion  geolakatsiyasini  yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2024-yil 14-maydagi 11-71-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ishlab chiqilgan dastur talabalarini ish bilan bandlikka tayyorlash mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirishning metodik asoslarini ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish orqali mehnat bozorida yashirin ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha funksional modeli  “Karierani rivojlantirish“ (talabalarga karieralarini shakllantirishda yordam beradigan shaxsiy reja dasturi), “Amaliyot dasturlari” (amaliyot va stajirovkalar orqali talabalarni real ish sharoitlari bilan tanishtirish,  “Startap tashabbuslar” (talabalarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishlari uchun startap inkubatorlarini yo‘lga qo‘yish, talabalarning tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish) asosida  takomillashtirilga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika va psixologiya” darsligi ishlab chiqishda foydalanilgan (Guliston davlat universiteti Kengashining 2023-yil 20-dekabrdagi 193-son bayonnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni ish bilan bandlikka tayyorlash mexanizmlarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari oshirilgan;
innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi talabalari bandligini taminlash jarayoniga iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sirini va iqtisodiy faolligini oshirish amaliyotga yo'naltirilgan ta’lim, loyiha boshqaruvi, moliyaviy tahlil, marketing strategiyalari,  flipped classroom  va case studies mexanizmlari asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Iqtisodiy o‘sish” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni ish bilan bandlikka tayyorlash mexanizmlarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari oshirilgan;
iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi talabalari bandligini taminlash asosida istiqboldagi prognoz ko‘rsatkichlari, oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot fanlarini o‘qitish orqali talabalarning ish jarayoniga kirishib ketish qobiliyatlarini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari yaxlit ta’lim makonini vizual yaratish, yaxlit jarayonini kasbiy yo‘nalganlikda tashkil etish, boshqarish va pedagogik qo‘llab-quvvatlash hamda tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va predmetli-didaktik shart-sharoitlarni jadal integratsiyada ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Guliston davlat  universitetida bajarilgan A1.17-raqamli “Globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 28-sentyabrdagi 89-03-366-son guvohnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan didaktik ta’minot va baholash mezonlari bo‘lajak mutaxassislarni ish bilan bandlikka tayyorlash mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish