Safarova Mijgona Sobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gipofiz prolaktinomalarining molekulyar-genetik, klinik jihatlari va davolashning yangi yondashuvlari”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021/1/PhD/Tib1630.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Nadjmutdinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nasirova Xurshidaxon Qudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi dofamin agonistlari bilan davolashga turlicha sezuvchanligi bo‘lgan prolaktinomalarning klinik-laborator, vizual va molekulyar-genetik jihatlarini o‘rganish va ularni boshqarishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dofamin reseptorlari agonistlari bilan davolashga sezuvchanligi turlicha bo‘lgan prolaktinomalarda qondagi turli prolaktin izoformalari darajasi, ya’ni yuqori molekulyar makroprolaktinning pastroq nisbati va biologik faol past molekulyar prolaktinning yuqoriroq ulushi aniklangan;
ilk bor dofamin reseptorlari agonistlari bilan davolashga sezuvchanligi turlicha bo‘lgan prolaktinomalarda VEGFA (rs2010963) va HIF1A (rs11549465) gen polimorfizmlarining turli allellari va genotiplarining tashuvchanligi isbotlangan;
VEGFA (rs2010963) va HIF1A (rs11549465) gen polimorfizmlarining geterozigotali genotiplarini tashuvchanlikning dofamin reseptorlari agonistlari bilan davolashga chidamlilik rivojlanishidagi ST genotipi ham SS genotipiga nisbatan yuqori prognostik ahamiyati aniqlangan;
prolaktinomada yuqori darajadagi invazivlikka ega VEGFA (rs2010963) va HIF1A (rs11549465) gen polimorfizmlarining geterozigota genotiplari bilan prolaktinning yuqori ekspressiyasining assotsiatsiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipofiz prolaktinomalarining molekulyar-genetik, klinik jixatlari va davolashning yangicha yondashuvlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: dofamin reseptorlari agonistlari bilan davolashga sezuvchanligi turlicha bo‘lgan prolaktinomalarda qondagi turli prolaktin izoformalari darajasi aniklanganligi buyicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 29-aprelda 3-son bilan tasdiklangan “Giperprolaktinemiyani tashhislashda va davolashda differensialangan yondashuvlarni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X. Turakulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyati  filiali buyicha 2023-yil 1-iyuldagi 32-i-son  xamda Jizzax viloyati filiali buyicha 2023-yil 15-iyuldagi 97-son buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi  1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qondagi prolaktinning molekulyar shakllarining (23 kDa va 150-170 kDa) nisbatini aniqlash nafaqat haqiqiy giperprolaktinemiyani farqlash ko‘rsatkichi, balki prolaktinomaning dofamin agonistlari bilan davolashga moyilligini baholashga xizmat kiladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 390000 so‘m byudjet mablag‘lari prolaktinning molekulyar shakllarining nisbatini aniqlash orqali kasallikni erta bosqichlarda tashxislash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta dofamin reseptorlari agonistlari bilan davolashga sezuvchanligi turlicha bo‘lgan prolaktinomalarda VEGFA (rs2010963) va HIF1A (rs11549465) gen polimorfizmlarining turli allellari va genotiplarining tashuvchanligi isbotlanganligi buyicha berilgan takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 29-aprelda 3-son bilan tasdiklangan “Giperprolaktinemiyani tashhislashda va davolashda differensialangan yondashuvlarni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X. Turakulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyati  filiali buyicha 2023-yil 1-iyuldagi 32-i-son hamda Jizzax viloyati filiali buyicha 2023-yil 15-iyuldagi 97-son buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi  1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qondagi prolaktinning molekulyar shakllarining (23 kDa va 150-170 kDa) nisbatini aniqlash nafaqat haqiqiy giperprolaktinemiyani farqlash ko‘rsatkichi, balki prolaktinomaning dofamin agonistlari bilan davolashga moyilligini baholashga xizmat kiladi. Iqtisodiy samaradorligi: prolaktinoma bilan bemorlarda VEGFA (rs2010963) va HIF1A (rs11549465) genlarining polimorfizmlarini o‘z vaqtida aniqlash kasallikni avjlanishini va asoratlanishini oldini olish, bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: VEGFA (rs2010963) va HIF1A (rs11549465) gen polimorfizmlarining geterozigotali genotiplarini tashuvchanlikning dofamin reseptorlari agonistlari bilan davolashga chidamlilik rivojlanishidagi prognostik ahamiyati aniqlanganligi buyicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 29-aprelda 3-son bilan tasdiklangan “Giperprolaktinemiyani tashhislashda va davolashda differensialangan yondashuvlarni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X. Turakulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyati  filiali buyicha 2023-yil 1-iyuldagi 32-i-son  hamda Jizzax viloyati filiali buyicha 2023-yil 15-iyuldagi 97-son buyruklari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni  saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qondagi prolaktinning molekulyar shakllarining (23 kDa va 150-170 kDa) nisbatini aniqlash nafaqat haqiqiy giperprolaktinemiyani farqlash ko‘rsatkichi, balki prolaktinomaning dofamin agonistlari bilan davolashga moyilligini baholashga xizmat kiladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 1050000 so‘m byudjet mablag‘lari dofamin reseptorlari agonistlari bilan davolashga chidamlilik rivojlanishida VEGFA (rs2010963) va HIF1A (rs11549465) gen polimorfizmlarining geterozigotali genotiplarini tashuvchanligini aniqlash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: prolaktinomada yuqori darajadagi invazivlik bilan VEGFA (rs2010963) va HIF1A (rs11549465) gen polimorfizmlarining geterozigota genotiplari assotsiatsiyasi aniqlanganligi buyicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 29-aprelda 3-son bilan tasdiklangan “Giperprolaktinemiyani tashhislashda va davolashda differensialangan yondashuvlarni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X. Turakulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyati  filiali buyicha 2023-yil 1-iyuldagi 32-i-son  hamda Jizzax viloyati filiali buyicha 2023-yil 15-iyuldagi 97-son buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qondagi prolaktinning molekulyar shakllarining (23 kDa va 150-170 kDa) nisbatini aniqlash nafaqat haqiqiy giperprolaktinemiyani farqlash ko‘rsatkichi, balki prolaktinomaning dofamin agonistlari bilan davolashga moyilligini baholashga xizmat kiladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 5100000 so‘m byudjet mablag‘lari VEGFA (rs2010963) va HIF1A (rs11549465) gen polimorfizmlarining geterozigotali genotiplarini prolaktinomada yuqori darajadagi invazivlik bilan tashish assotsiatsiyasini aniqlash natijasiga ko‘ra davo muolajalarini optimallashtirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish