Turdiev Shaxboz Shermamat o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistondagi platinoidlar hamda nodir metallarning mineral joylashuvi va ularni ajratib olish texnologiyasini yaratish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T808.
Ilmiy maslahatchi: Hasanov Abdurashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Sharofiddinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor; Axundjanov Raxmatjan, geologiya mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi platinoidlar hamda nodir metallarning mineral joylashuvi va ularni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oltinning telluridli, platina metalli, selenid-tellurid birikmali hamda oltin va kumushning sof shaklida minerallashuvi aniqlangan;
ruda tarkibida qimmatbaho metallar va platinoidlarning mineralogiyasini aniqlash bilan, mis rudasini markazdan qochirma boyitishning optimal parametrlari ishlab chiqilgan;
rudalarni flotatsiya usulida boyitishda yig‘uvchi reagent sifatida MX5125 va 442F reagentlarining 5 g/t sarfi bilan reagent rejimini optimallashtirish va boyitma tarkibida 20-23% gacha mis mavjudligi aniqlangan;
nodir metallar va platina guruhi metallarini gravitatsiya-flotatsiya texnologiyasidan foydalangan holda yuqori unum bilan kompleks ajratib olishning yangi texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va boyitmada oltin miqdori 133 g/t ni va kumushni miqdori 88,2 g/t ni tashkil etishi aniqlangan;
gravitatsiya-flotatsiya kombinatsiyalangan boyitish sxemasi orqali olingan boyitmalarni pirometallurgik eritish texnologiyasi bilan platina guruhi metallarining xomaki mis fazasiga yuqori darajada o‘tkazishning optimal parametrlari aniqlangan;
platina guruhi metallarining pirometallurgik texnologiya bo‘ylab harakatlanishi material balansi ishlab chiqilgan, bunda platina va palladiyni umumiy ajratib olish darajasini oshirish bilan platinoidlarni mineral hosil bo‘lishidan toki tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlari maqbul parametrlari ishlab chiqilgan;
mis rudalaridan olingan pirit boyitmalarini sorbsion-sianlash texnologiyasining maqbul parametrlari ishlab chiqilgan, bunda oltin va kumushni faollashtirilgan ko‘mir bilan sorbsiyalash va oltinni 80% dan yuqori ajralish darajasi bilan ajratib olish va desorbsiyalash parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda platinoidlar hamda nodir metallarning mineral joylashuvi va ularni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qimmatbaho metallarni ajratib olish texnolgiyasi “OKMK” AJ sharoitida amaliyotga joriy etilgan (“OKMK” AJning 19 iyun 2024 yildagi SL-000595-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, polimetall mis rudalaridan platinoidlar va nodir metallarni yuqori unum bilan ajratib olish imkonini bergan;
yangi ishlab chiqilgan texnologik sxema asosida “Olmaliq KMK” AJ mis eritish zavodida qimmatbaho metallar va platinoidlarni kompleks ajratib olish texnologiyasi amaliyotga joriy etilgan (“OKMK” AJning 19 iyun 2024 yildagi SL-000595-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gravitatsiya boyitmasidan 133 g/t oltin va 88,2 g /t bo‘lgan kumushni ajratib olish imkonini bergan;
platina guruhi metallarini ma’danlardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan texnologik jarayonlarning ishlab chiqilgan moddiy balansi “Olmaliq KMK” AJ mis eritish zavodida amaliyotga joriy etilgan (“OKMK” AJning 19 iyun 2024 yildagi SL-000595-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, platina va palladiyni texnogen chiqindilardan ajratib olish darajasini 84% dan oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish