Gaibnazarov Sunatilla Baxodirjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Neft-gaz sanoatida favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi muammolarni kompleks tizimli hal qilishni nazariy va amaliy uslubiyatini takomillashtirish», 05.10.02 – «Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi» ixtisosligida dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T499.01
Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Baxrom Tashmuratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Majidov Inomjon Urushevich, texnika fanlari doktori, professor;
Mutalov Shuxrat Axmadjonovich, kimyo fanlari doktori, professor;
Nurmamotova Raxima Raxmanovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi neft-gaz sanoati sohasida favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi muammolarni kompleks tizimli hal qilishning nazariy va amaliy uslubiyatini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
neft va gazni qazib olish obektlarida texnologik jaryonlarning termodinamik parametrlar va texnologik bosimlarning o‘zaro uzviy bog‘liqligini tadqiq etish orqali avariyaga yoki yong‘in–portlashga olib keluvchi vaziyatlar prognozlanishi, anomal sharoitlarini hisobga olgan holda quduqlarni qazish texnologiyasida qatlamlarning mustahkamlik va filtratsion xossalari, o‘zgaruvchan texnologik jarayonlarining gidravlik va gidrodinamik asoslari, tutash muhit barqarorligining xavfsizlik holatining baholanishi hamda qoldiq deformatsiyalar 30% ga etishi, geomexanik loyihalash sxemalarining samarador jihatlari tadqiq etilgan;
quduqlarini qazishda qatlamlarning geologik–fizik va filtrlash xususiyatlari va ularni izolyasiyalash uslublarini o‘rganish orqali quvurlarni sementlashnini eng maqbul tarkibi va konstruksiyalarining texnik holatini tezkor baholash, burg‘ilash texnologiyasiga quduqdagi turli bosimlar ta’sirining gidravlik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida quduqdagi bosimni o‘zgartirmasdan ishlov berilgan sirtda dinamik bosimni 3–5 marotaba oshirishga, suspenziyani kiritish radiusida bosimni o‘zgarishi 5–7 marotaba va vaqtini 0,002 s gacha kamaytirishga imkon berishi aniqlangan;
xavflarni baholash uchun kuzatish va nazoratini amalga oshirilishi hamda neft va gazni qazib olish obekti ma’lumotlarining kengaytirilgan axborot–tahliliy bazasini yaratilishi orqali texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni erta aniqlash va tezkor habar berish imkoniyatlari o‘tkazilgan sinov–tajribalarining natijalari hamda maxsus avariya–tiklash boshqarmasining maxsus texnikalaridan operativ foydalangan holda ekstremal va krizis vaziyatlarni bartaraf etish samaradorligi 10 – 15 foizga oshishi ta’minlangan;
qudqlarini qazishdagi texnologik jarayonlarda protooylonika va protooylogenez yo‘nalishlarining xavfsizlik mexanizmlari uslubiyoti takomillashtirish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining rivojlanish ssenariylari tadqiq etilib, qutqaruv xizmatlari (tuzilmalari) kechiktirib bo‘lmaydigan avariya–qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va avariya xavfidan erta ogohlantirish, xavfni baholashda neft va gazni qazib olish obektida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarni rivojlanish variantlarini inobatga olish orqali sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hodisalarni bashoratlash orqali tizimli modellashtirillashtirish usullari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft-gaz sanoatida favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi kompleks texnologik muammolar va ularni tizimli hal qilish uslublari negizida olingan ilmiy natijalar asosida:
- sanoatdagi xavfsizlikni prognozlash orqali neft va gazni qazib olish obektlarida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi termodinamik va texnologik bosimlarning o‘zaro bog‘liqligi, avariya vaziyatining oldini olish va bartaraf etish metodologiyasi ishlab chiqishga tatbiq etilgan («Sanoat xavfsizligi» davlat qo‘mitasining 2023 yil 17 noyabrdagi 04/520-a-son va «O‘zbekneftegaz» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 26 dekabrdagi 03-18-8-1079-sonli ma’lumotnomalari). Natijada mahsuldor qatlamlarni bir-biridan ajratishda quduq konstruksiyalarini takomillashtirish, qorishmalarining funksional xususiyatlarini maqsadli o‘zgartirish hamda maxsus avariya-tiklash boshqarmasining maxsus texnikalaridan operativ foydalangan holda ekstremal va krizis vaziyatlarni bartaraf etish samaradorligi 10 - 15 foizga oshishi ta’minlangan;
- neft-gazni qazib olishning texnologik jarayonida yong‘in - portlash xavfini kamaytirish, xavflarni baholash hamda xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqishga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining 2021 yil 15 sentyabrdagi 2125-son dalolatnomasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2023 yil 17 noyabrdagi 04/520-a son ma’lumotnomasi). Natijada xavfli obektlardagi avariyalarning sabablarini va xavfli moddalarning xususiyatlarini tahlil qilish muhofaza qilinadigan obektda favqulodda vaziyatlarning rivojlanishining ssenariylarini aniqlashga va ushbu natijalar favqulodda vaziyatlarda operativ vaziyatni o‘rganishni 8 foizga oshirishga, shaxsiy tarkibni va texnikani joyida ishga tayyorgarlikga keltirish vaqti 1,09 barobariga kamaytirishga imkon berdi;
- xavfni baholashda neft va gazni qazib olish obekti ma’lumotlarining kengaytirilgan axborot-tahliliy bazasini yaratish orqali texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni erta aniqlash va tezkor habar imkoniyatlarining o‘zaro bog‘liqligi sanoat xavfsizligi talablari bo‘yicha ishlab chiqishga tatbiq etilgan (“Neft va gazni quduqlarini sinash” AJning 2018 yil 21 oktyabrdagi dalolatnomasi hamda “O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 26 dekabrdagi 03-18-8-1079-sonli ma’lumotnomasi). Natijada quduqlarni uzoq muddatli mustahkamligini saqlash, ekspluatatsion xususiyatlarining texnik ishonchliligini oshirish, yutilishlarni bartaraf etish, gaz-neft-suvlarni namoyon bo‘lishi, fontanlar, gidroyorilish, qatlamlararo va quvur ortidagi oqimlarni oldini olish ta’minlangan;
- neft-gaz sohasida xavfsizlik mexanizmlarini o‘rganuvchi va rivojlantiruvchi yo‘nalish - protooylonika va xavfsizlikni ta’minlovchi mexanizm va usullarni rivojlanish dinamikasini o‘rganuvchi yo‘nalish - protooylogenez asoslari ishlab chiqishga tatbiq etilgan («Sanoat xavfsizligi» davlat qo‘mitasining 2023 yil 17 noyabrdagi 04/520-a-son va «O‘zbekneftegaz» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 26 dekabrdagi 03-18-8-1079-sonli ma’lumotnomalari). Natijada modellashtirilgan avariyalarni rivojlanish variantlarini inobatga olish orqali barcha hodisalar ko‘tarish-tushirish operatsiyalari va asoratlarni bartaraf etishda pulsatsiyalanuvchi bosim amplitudalarining kattaligi aylanma tizim elementlarida gidravlik qarshilik bosimidan 1,5 - 3,0 baravar oshgan va quvurlar birikmasidagi bosim tebranishlarining amplitudalari quvur orti halqali bo‘shliqqa nisbatan 1,4 - 3,7 baravar yuqoriligi tasdiqlangan.
- sanoat havfsizligi samaradorligini oshirish jarayonida gidromexanik mustahkamlash bo‘yicha takomillashtirilgan professional kompleks texnologik echimlar va metodologiya asoslari nazorat va boshqarish tizimi bo‘yicha ishlab chiqishga tatbiq etilgan («Sanoat xavfsizligi» davlat qo‘mitasining 2023 yil 17 noyabrdagi 04/520–a–son va «O‘zbekneftegaz» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 26 dekabrdagi 03–18–8–1079–sonli ma’lumotnomalari). Natijada quduqda bosimni o‘zgartirmasdan ishlov berilgan sirtda dinamik bosimni oshirishga, suspenziyani kiritish radiusida bosimni o‘zgarishiga va vaqtini tejashga imkon yaratilgan.