Urazmuxamedova Ziyoda Valijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suvning bosim ta’sirini hisobga olgan holda markaziy va qiya yadroli gruntli to‘g‘onlarning mustahkamligini baholash”, 05.09.06– Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T1258 Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Toshkent arxitektura va qurilish universiteti, “Gidrotexnika va geotexnika muhandislik texnologiyasi” kafedrasi professori, t.f.d. Fayziev Xomitxon (05.09.06), “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Gidrotexnika va muxandislik konstruksiyalari” kafedrasi dotsenti, t.f.d.(DSc), Raxmatov. Norqobil Raxmatovich (05.09.06).
Yetakchi tashkilot - Samarqand arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suvning bosim ta’sirini hisobga olgan holda turli xil yadroli gruntli to‘g‘onlarning mustahkamligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
markaziy va qiya yadroli gruntli to‘g‘onning xususiy og‘irligini, suv omboridagi suvning gidrostatik bosimi, inshootning konstruktiv bir jinssizligini e`tiborga olgan holda kuchlanganlik-deformatsiyalanish xolati va mustahkamligini baholashning matematik modeli, xisoblash usuli, EHM dasturi va “ANSYS Mechanical APDL” dasturiy ta’minotida xisoblashning algoritmi ishlab chiqilgan;
gidrodinamik bosimni hisobga olgan holda «gruntli to‘g‘on va suv ta’siri»ning yagona gidroelastik sistema ko‘rinishida dinamikasini baholash uchun inshootning xususiy tebranish shakllariga asoslangan matematik modeli, hisoblash usuli, algortmi va EHM dasturi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan EHM dasturi va “ANSYS Mechanical APDL” dasturiy ta’minoti yordamida markaziy va qiya yadroli Qizilsoy gruntli to‘g‘onining xususiy og‘irlik va gidrostatik bosim ta’siridagi kuchlanganlik holati, xususiy tebranish chastotalari, tebranish shakllari va mustahkamligi baholangan;
noturg‘un majburiy tebranish jarayonida gidrodinamik bosimni hisobga olgan holda Qizilsoy gruntli to‘g‘onning vertikal va gorizontal ko‘chishlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik holatlari va dinamik tavsiflarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlarini baholashning hisoblash usuli “Hisorak GES" unitar korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi №03/17-2222-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlari, mustahkamligini baholash imkoniyati yaratilgan;
gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik holatlarini baholashning matematik modeli, hisoblash usuli Qashqadaryo viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi №03/17-2222-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlarning mustahkamligini baholash imkoniyatini berishi ko‘rsatib berilgan;
gruntli to‘g‘onlarning xususiy tebranish chastotalari va tebranish shakllari aniqlash bo‘yicha taklif qilingan matematik model`, hisoblash usuli «Gidroproekt» aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi №03/17-2222-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlarini, to‘g‘onning xususiy tebranish formalari orqali mustahkamligini baholash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish