Shamatova Ominaxon Shukurdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli til bilish darajasidagi nofilologik OTM talabalariga til o‘qitishning lingvodidaktik asoslari (Axborot texnologiyalari va kompyuter injinering yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6654.
Ilmiy rahbar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaliev Saidumar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Atajanova Shaxnoza Abbasovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli til bilish darajasidagi nofilologik OTM ATKI yo‘nalishi talabalariga chet til o‘qitishning lingvodidaktik asoslarlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ATKI yo‘nalishi boshlang‘ich (Elementary), o‘rta (Pre-intermediate) va yuqori (Intermediate) darajasidagi talabalarga sohaviy ingliz tilini fanlararo bog‘liqlikda o‘qitish texnologiyalari ko‘nikmalar integratsiyasi asosida o‘qitish tamoyillarining tabaqalashtirilganlik va mutaxassislikka mos yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan;
ATKI yo‘nalishi talabalarida sohaga oid autentik matnlar, elektron qurilmalarning ingliz tilidagi atamalari va ularni qo‘llash yo‘riqnomalarini o‘qib tushunish, dasturlash, operatsion tizimda ishlash jarayonida kodlarni funksional to‘g‘ri yoza olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlarning o‘quv uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
turli til bilish darajasidagi talabalarni hamkorlikda ishlash (colloborative) ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar, psixologik nuqtai nazardan o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshiruvchi topshiriqlar, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishga qaratilgan web ilova yaratilgan;
mashg‘ulotlarni tashkil etish, kasbiy-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tipologiyasi shaxsga yo‘naltirilganlik (Student Centred Approach), turli til bilish darajalilikka (Multilevel Approach) ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli til bilish darajasidagi nofilologik OTM talabalariga til o‘qitishning lingvodidaktik asoslari (Axborot texnologiyalari va kompyuter injinering yo‘nalishlari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ATKI yo‘nalishlari (elementary- boshlang‘ich, pre-intermediate – o‘rta, intermediate – yuqori) darajasiga ega bo‘lgan talabalarning kasbiy sohaga yo‘naltirilgan ingliz tilini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik, metodik va professional lingvodidaktik xususiyatlari to‘g‘risidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan 2019-2022-yillarda bajarilgan ERASMUS + dasturining 609564-EPP-1-2019-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP CBHE loyihasi doirasida “O‘zbekistonda ATKI bakalavriat ta’lim yo‘nalishini zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar asosida modernizatsiya qilish” nomli loyihada foydalanilgan (Andijon mashinasozlik institutining 2023-yil 10-avgustdagi 38-05-812-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli til bilish darajasidagi talabalarni ingliz tiliga o‘qitishdagi qiyinchiliklar va muammolarni bartaraf etishga erishilgan;
ATKI bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari Elementary (boshlang‘ich), Pre-intermediate (o‘rta) va Intermediate (yuqori) til bilish darajasiga ega bo‘lgan talabalarining kasbiy sohaga yo‘naltirilgan ingliz tilini rivojlantirishda tilni fanlararo bog‘liqlikda ingliz tilida muloqot qilishlarini ta’minlovchi, turli kontekstlarda kasbga yo‘naltirilgan leksik birliklarni idrok etish, talabalarning diqqat, xotira, tasavvur, kognitiv tafakkuri, ya’ni tanqidiy fikrlash (critical thinking), ijodkorona fikrlash (creative thinking) ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan nutq va til mashqlariga asoslangan ilmiy va amaliy tavsiyalaridan 2020-2022-yillarda Namangan muhandislik texnologiya instituti hamda Britaniya Kengashining (British Council) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda bajarilgan “Ingliz tili ta’lim vositasi sifatida (English as Medium of Instruction (EMI)” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan muhandislik texnologiya institutining 2023-yil 4-oktyabridagi 2166-024-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro loyiha doirasida autentik materiallar ishlab chiqishda va o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdagi muammo va qiyinchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etishga erishilgan;
Multi-Level darajasidagi talabalarning ingliz tilida kasbiy leksikasini oshirish, fikrlash jarayoni bilan o‘quv motivatsiyaning uyg‘unligini ta’minlash, til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshiruvchi kolloborativ (colloborative), so‘rovnoma (questionnaire), integrativlilik (Content Integrated Learning), topshiriqlarni bajarish texnikasi (Task-Based-Learning) usullari asosida mashg‘ulotlarni tashkil etishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston» teleradiokanali, “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” kabi turkum ko‘rsatuvlar va eshittirishlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat Muassasasi 2023-yil 11-sentyabrdagi 04-36-1367-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli til bilish darajasidagi talabalarning ingliz tilida kasbiy leksikasini rivojlantirishga qaratilgan tabaqalashtirilgan mashqlar tipologiyasi haqidagi ma’lumotlar va ularning ta’lim jarayonidagi afzalliklari bilan bog‘liq amaliy takliflar ommalashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish