Nizomiddin Normamatovich Gulboevning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xiva xonligida harbiy ish tarixi (XVIII asrning ikkinchi yarmi – 1920 y.)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.PhD/Tar.12.
Ilmiy rahbar: Gulchehra Azizovna Agzamova, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Azimxo‘ja Muzaffarovich Otaxo‘jaev, tarix fanlari doktori.
Akbar Turg‘unovich Zamonov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xiva xonligi Qo‘ng‘irotlar sulolasi davrida (XVIII asrning ikkinchi yarmi – 1920 yilgacha) harbiy ishni taraqqiy ettirishga harakat qilinganligi va Rossiya imperiyasi bosqini natijasida harbiy sohaning holatini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qo‘ng‘irotlar sulolasi davrida harbiy-boshqaruv sohasida islohot o‘tkazilib, ilg‘or jang san’ati va chapovul, to‘lg‘ama kabi usullardan foydalanishga katta e’tibor berilganligi, qo‘shinni shamxol, berdanka, pistolet kabi turli zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan ta’minlanganligi natijasida harbiy sohani rivojlantirishga harakat qilinganligi isbotlangan;
Xiva xonligida “qo‘shin qoloq bo‘lgan”, “muntazam qo‘shin mavjud bo‘lmagan” degan fandagi hukmron g‘oyaning asossiz ekanligi qo‘shindagi kemachilar, miltiqsozlar, doruchilar, yo‘nuvchilar, temirchilar, kulollar, tunqator, chodirchi navkarlar, sozandalar kabi bo‘linmalarning mavjudligi, qo‘shin tarkibidagi navkarlarning etnik tarkibi hamda harbiylar ot puli, navkar puli, qunuq puli, otliq (harbiylarga berilgan er-suv) kabi moddiy jihatdan ta’minlanganligi rasmiy hujjatlardagi qaydlar orqali dalillab berilgan;
xonlik harbiy boshqaruvidagi maxfiy xizmat tizimida munhiy, buhri, axborotchi, ko‘zchi, josus, ayyor kabi nomlar bilan atalishi hamda ularning faoliyati orqali ichki va tashqi dushmanlar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash, joylardagi siyosiy vaziyat hamda xonlikdagi umumiy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holat borasida tezkor xabarlarni xon devonxonasiga etkazib turish ishlari tizimli tashkil etilganligi ko‘rsatib berilgan;
harbiylarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida malham puli, ozuqa puli, obu-oshi (ma’raka va boshqa xarajatlar) uchun mablag‘lar ajratilganligi, ijtimoiy himoya qilish tizimli yo‘lga qo‘yilganligi, harbiylar moddiy jihatdan turlicha rag‘batlantirilib, ularga imtiyozlar berilganligi “Xiva xonligi devonxonasi” rasmiy qaydlari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xiva xonligida harbiy ish tarixi mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qo‘ng‘irotlar sulolasi davrida harbiy-boshqaruv sohasida islohot o‘tkazilib, ilg‘or jang san’ati va chapovul, to‘lg‘ama kabi usullardan foydalanishga katta e’tibor berilganligi, qo‘shinni shamxol, berdanka, pistolet kabi turli zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan ta’minlanganligi natijasida harbiy sohani rivojlantirishga harakat qilinganligi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalining “Tarixiy savol”, “Ochiq dars” va “Mavzu” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 31 oktyabrdagi 06-28-1413-sonli ma’lumotnoma). Tadqiqot natijalari Xiva xonligida harbiy ish tarixi borasida yangi fikrlarni targ‘ib qilishga, tahliliy fikrlarni keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
Xiva xonligida “qo‘shin qoloq bo‘lgan”, “muntazam qo‘shin mavjud bo‘lmagan” degan fandagi hukmron g‘oyaning asossiz ekanligi qo‘shindagi kemachilar, miltiqsozlar, doruchilar, yo‘nuvchilar, temirchilar, kulollar, tunqator, chodirchi navkarlar, sozandalar kabi bo‘linmalarning mavjudligi, qo‘shin tarkibidagi navkarlarning etnik tarkibi hamda harbiylar ot puli, navkar puli, qunuq puli, otliq (harbiylarga berilgan er) kabi moddiy jihatdan ta’minlanganligi rasmiy hujjatlardagi qaydlar orqali dalillab berilganligi 2015-2017 yillarda bajarilgan FA-A1-G015-raqamli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 sentyabrdagi 3/1255-2515-sonli ma’lumotnoma). Taqdim etilgan ma’lumotlar Xiva xonligida harbiy ish tarixini yoritishga xizmat qilgan;
xonlik harbiy boshqaruvidagi maxfiy xizmat tizimida munhiy, buhri, axborotchi, ko‘zchi, josus, ayyor kabi nomlar bilan atalishi hamda ularning faoliyati orqali ichki va tashqi dushmanlar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash, joylardagi siyosiy vaziyat hamda xonlikdagi umumiy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holat borasida tezkor xabarlarni xon devonxonasiga etkazib turish ishlari tizimli tashkil etilganligi ko‘rsatib berilganligi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalining “Tarixiy savol”, “Ochiq dars” va “Mavzu” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 31 oktyabrdagi 06-28-1413-sonli ma’lumotnoma). Tadqiqot natijalari Xiva xonligida harbiy ish tarixi borasida yangi fikrlarni targ‘ib qilishga, tahliliy fikrlarni keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
harbiylarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida malham puli, ozuqa puli, obu-oshi (ma’raka va boshqa xarajatlar) uchun mablag‘lar ajratilganligi, ijtimoiy himoya qilish tizimli yo‘lga qo‘yilganligi, harbiylar moddiy jihatdan turlicha rag‘batlantirilib, ularga imtiyozlar berilganligi “Xiva xonligi devonxonasi” rasmiy qaydlari orqali asoslanganligi 2015-2017 yillarda bajarilgan FA-A1-G015-raqamli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 sentyabrdagi 3/1255-2515-sonli ma’lumotnoma). Taqdim etilgan ma’lumotlar Xiva xonligida harbiy ish tarixini yoritishga xizmat qilgan.