Axmedova Nafisa Amirddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon    

I.Umumiy ma’lumotlar.
Disertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mamlakatda oziq -ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Topildiev Sohibjon Rahimjonivich, iqtisodiyot fanlari doktori(DSc)
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/30.01.2021.I.16.03
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Ubaydullo Vaxobovich  iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Abulqosimov Xasan Pirnazarovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat xavfsizligi” kategoriyasining iqtisodiy mazmuni aholining faol hayot kechirishi uchun oziq-ovqatni belgilangan kunlik ratsionlar asosida zarur miqdor va sifatda iste’mol qilish, har tomonlama jismoniy va ijtimoiy rivojlanish, mehnat qobiliyatini minimal darajada tiklash jarayonlarini barqaror va uzlyuksiz ravishda ta’minlash nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
aholining ratsional ovqatlanish oziq-ovqat me’yorlari asosida muayyan davrdagi ehtiyoji va amaldagi iste’moli o‘rtasidagi tafovutni oziq-ovqat turi, kaloriyasi va sifati jihatidan aniqlash hamda oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqishda bevosita mutassadi tashkilotlar bilan mahalliy hokimiyat va mahallaning o‘zaro uyg‘un, faol va izchil faoliyatini ta’minlash taklifi asoslangan;
“nisbiy ustunlik”, “virtual suv”, “xalqaro savdo”, “ekologik iqtisodiyot” kabi nazariyalarga ko‘ra asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha yillik suv sarfi me’yorlari va energiya qiymatlaridan kelib chiqib, suv resurslari taqchilligi kuchayishi sharoitida suvni nisbatan ko‘p talab qiluvchi ekinlar va oziq-ovqat mahsulotlarini hamkor qo‘shni davlatlarda etishtirish hamda uning xomashyo va hosilini sotib (yoki boshqa mahsulotga ayirboshlab) olish orqali manfaatli kelishuvga erishish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti bilan qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar hajmi o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida agrar sohani 2030 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat xavfsizligi” kategoriyasining iqtisodiy mazmunini aholining faol hayot kechirishi uchun oziq-ovqatni belgilangan kunlik ratsionlar asosida zarur miqdor va sifatda iste’mol qilish, har tomonlama jismoniy va ijtimoiy rivojlanish, mehnat qobiliyatini minimal darajada tiklash jarayonlarini barqaror va uzlyuksiz ravishda ta’minlash nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlarining “Iqtisodiyot” (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy siyosatga kirish” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 17 avgustdagi 05/15-01-53-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiyot nazariyasini ilmiy-nazariy jihatdan boyitishga hamda “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, amaliyot xodimlarining aholining oziq-ovqat mahsulotlarini kunlik ratsionlar asosida zarur miqdor va sifatda iste’mol qilish, har tomonlama jismoniy va ijtimoiy rivojlanish, mehnat qobiliyatini minimal darajada tiklash jarayonlarini barqaror va uzlyuksiz ravishda ta’minlash nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan “oziq-ovqat xavfsizligi” kategoriyasining iqtisodiy mazmuniga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlanishiga hissa qo‘shgan;
aholining ratsional ovqatlanish oziq-ovqat me’yorlari asosida muayyan davrdagi ehtiyoji va amaldagi iste’moli o‘rtasidagi tafovutni oziq-ovqat turi, kaloriyasi va sifati jihatidan aniqlash hamda oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqishda bevosita mutassadi tashkilotlar bilan mahalliy hokimiyat va mahallaning o‘zaro uyg‘un, faol va izchil faoliyatini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasi “O‘zbekistan Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ning “Sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish” chora-tadbirini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 17 avgustdagi 05/15-01-53-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida respublika aholisining iste’mol ratsionini tartibga solish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
“nisbiy ustunlik”, “virtual suv”, “xalqaro savdo”, “ekologik iqtisodiyot” kabi nazariyalarga ko‘ra asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha yillik suv sarfi me’yorlari va energiya qiymatlaridan kelib chiqib, suv resurslari taqchilligi kuchayishi sharoitida suvni nisbatan ko‘p talab qiluvchi ekinlar va oziq-ovqat mahsulotlarini hamkor qo‘shni davlatlarda etishtirish hamda uning xomashyo va hosilini sotib (yoki boshqa mahsulotga ayirboshlab) olish orqali manfaatli kelishuvga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 fevraldagi PF-36-son Farmoniga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlashning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 17 avgustdagi 05/15-01-53-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida qo‘shni davlatlar bilan suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish, transchegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi ob’ektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida ikki tomonlama hamkorlikda foydalanishga erishilgan;
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti bilan qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar hajmi o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida agrar sohani 2030 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 17 avgustdagi 05/15-01-53-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida uzoq muddatli istiqbolda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti bilan qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar hajmi o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish