Kir`yakidu El`vira Xristosning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlik davridagi dzyudochilarning nutritiv statusini o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib2021.
Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Nodir Botirovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Achkasov Evgeniy Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi ovqatlanish ratsionni optimallashtirish va sport yutuqlarini oshirish maqsadida tashkillashtirilgan ovqatlanish rejimi bo‘lmagan o‘smir yoshdagi sportchi-dzyudochilarda nutritiv statusni baholash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘smir yoshdagi dzyudochilarda kundalik (haqiqiy) ovqatlanish va energiya sarfi ovqatlanish ratsionini nomuvofiqligi va asosiy makronutrientlar bo‘yicha nomutanosibligi hamda tartibsiz (tashkillashtirilmagan) ovqatlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
o‘smir yoshdagi dzyudochilar orasida jismoniy tayyorgarlikning past darajasi ekanligi asosiy makronutrientlar va energiya iste’molining nomuvofiqligi bilan bog‘liqligi asoslangan;
o‘smir dzyudochilarning o‘quv mashg‘ulotlar jarayonida hajmi va intensivligi bo‘yicha bir xil jismoniy yuklamalar bilan shug‘ullanishiga qaramasdan ularda energiyaga bo‘lgan ehtiyojning turlicha ekanligi isbotlangan;
 ilk bor sportchining musobaqaga tayyorgarlik darajasini baholashda, ular organizmi morfofunksional parametrlari, yoshi va haqiqiy ovqatlanishini hisobga olgan holda, o‘smir yoshdagi sportchilar  ovqatlanish holatini ekspress-baholash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 27 noyabrdagi 72-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni O‘zbekiston basketbol federatsiyasi va Toshkent shahar 2-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabiga joriy qilinganligi haqida Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 8n-r/50-son ma’lumotnomasi):
birinchi ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor o‘smir yoshdagi dzyudochilarda kundalik (haqiqiy) ovqatlanish va energiya sarfi ovqatlanish ratsionini nomuvofiqligi va asosiy makronutrientlar bo‘yicha nomutanosibligi hamda tartibsiz (tashkillashtirilmagan) ovqatlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: shundaki, olingan natijalar yosh sportchilarning jismoniy rivojlanishi va sog‘lig‘ining hozirgi holatini aniqlaydi va amaliy tibbiyotda sog‘lig‘ini yaxshilash va sport yutuqlarini oshirish, shuningdek noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq sport jarohatlarining oldini olish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dzyudo bo‘yicha o‘smir sportchilarning haqiqiy ovqatlanishi va energiya iste’moli makronutrient tarkibini tahlil qilish usuli O‘zbekiston basketbol Federatsiyasi sport shifokorlari, sport dietologlari va murabbiylari hamda Toshkent shahar 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi amaliyotiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 8n-r/168-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: shundan iboratki, yosh sportchilarning makronutrient tarkibi va energiya iste’moli bo‘yicha haqiqiy ovqatlanishni tahlil qilish usulini qo‘llash sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiyot va jamiyatning sport yutuqlariga kompleks ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sportchilarni tayyorlash darajasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash «xarajat-foyda tahlili (XFT)» usuli yordamida amalga oshirildi. Hisoblash jarayonida sportchilarning morfofunksional holatidan, dietaning antropometrik va fiziologik ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida olingan xarajatlar va iqtisodiy foyda nisbati hisoblab chiqildi, sportchilarning tayyorgarlik darajasi hisobga olindi. (B1-B2), bu erda: B1 va B2 chuqur tibbiy ko‘riklar va morfofunksional ko‘rsatkichlar omili va tahlili asosida istiqbolli sportchilarni tanlash uchun foydalidir; Xisob-kitoblari: B1-chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik narxi – 1200000 so‘m; B2-ovqatlanish holati 22 ko‘rsatkichining narxi 170000 so‘m, keyin 1200000 – 170000 = 1030000 so‘m. Xulosa: ushbu usulni joriy etish natijasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik qiymati ovqatlanish holati ko‘rsatkichlarini tahlil qilish narxidan 1030000 so‘mga oshadi.
ikkinchi ilmiy yangilikning mohiyati: o‘smir yoshdagi dzyudochilar orasida jismoniy tayyorgarlikning past darajasi asosiy makronutrientlar va energiya iste’molining nomuvofiqligi ekanligi bilan bog‘liqligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sport tajribasi, har bir mashg‘ulot uchun energiya sarfi, haqiqiy ovqatlanish va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik samarali o‘quv va ovqatlanish dasturlarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yosh sportchilarning ularga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ovqatlanish va mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish uchun sharoit yaratadi, bu esa oxir-oqibat umumiy salomatlik va kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dzyudo bo‘yicha o‘smir sportchilarning haqiqiy ovqatlanishi va energiya iste’moli makronutrient tarkibini tahlil qilish usuli O‘zbekiston basketbol Federatsiyasi sport shifokorlari, sport dietologlari va murabbiylari hamda Toshkent shahar 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi amaliyotiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 8n-r/168-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olingan tadqiqot natijalaridan foydalanish salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, mamlakatimiz sportchilarining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashidadir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: noaniqlik xavf omili (shikastlanish, ortiqcha jismoniy yuklama, umumiy jismoniy ko‘rsatkichlarning pasayishi va boshqalar) mashg‘ulotlarda va musobaqalarda kamayadi, bu har bir sportchi uchun vaqtincha ishga layoqatsizlik kunlari sonini kamaytiradi. Xulosa: dzyudo bo‘yicha o‘smir sportchilarning haqiqiy ovqatlanishi va energiya sarfining makronutrient tarkibini tahlil qilish usulini sport federatsiyalari dietologlari amaliyotiga joriy etish natijasida ortiqcha ish va jismoniy yuklamalar bilan bog‘liq jarohatlar soni kamaydi. Har bir sportchiga 630000 so‘mlik qo‘shimcha tibbiy xizmat narxini pasaytirishga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati: o‘smir dzyudochilarning o‘quv mashg‘ulotlar jarayoni hajmi va intensivligi bo‘yicha bir xil jismoniy yuklamalar bilan shug‘ullanishiga qaramasdan ularda energiyaga bo‘lgan ehtiyoj turlicha ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: shundaki, yosh sportchini jismoniy tayyorgarligi darajasiga qarab, uni etarli energiya bilan ta’minlash uchun optimal ovqatlanish ratsionini aniqlashdan iborat, chunki bu keyinchalik uning sport yutuqlariga ta’sir qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dzyudo bo‘yicha o‘smir sportchilarning haqiqiy ovqatlanishi va energiya iste’moli makronutrient tarkibini tahlil qilish usuli O‘zbekiston basketbol Federatsiyasi sport shifokorlari, sport dietologlari va murabbiylari hamda Toshkent shahar 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi amaliyotiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 8n-r/168-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:  shundan iboratki, sportchini individual hususiyatlariga asoslangan ratsional energiya almashinuvi bo‘yicha taklif etilgan tavsiyanomalarni tadbiq etish, mushg‘ulotlar jarayonini shakllantirishda murabbiy va sport dietologlari faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yoshi va sport stajiga mos ravishda ratsional ovqatlanuvchi sportchilarning musobaqalarda sport ko‘rsatkichlarini oshirishi aniqlandi. Mashg‘ulotlar jarayonida haddan tashqari ko‘p yuklamalar bajarish xavfi holatlari 14-23% ga oshadi. Sportchilarni qo‘shimcha reabilitatsiya qilish uchun davlat byudjetidan har bir sportchiga yiliga o‘rtacha 863156 so‘m mablag‘ sarflanishi aniqlandi. Xulosa: o‘smir dzyudochi sportchilarning mashg‘ulotlari jarayonida energiya sarfini hisobga olgan ratsional ovqatlanishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni tadbiq etish, ularni jismoniy tayyorgarlik darajasini oshiradi va jarohatlanish xavfini kamaytiradi, ya’ni har bir sportchi uchun o‘rtacha yiliga 863156 so‘m tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor sportchining musobaqaga tayyorgarlik darajasini baholashda, ular organizmi morfofunksional parametrlari, yoshi va haqiqiy ovqatlanishini hisobga olgan holda, o‘smir yoshdagi sportchilar  ovqatlanish holatini ekspress-baholash dasturi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘smir sportchilarning sport ko‘rsatkichlarini oshirish, mashg‘ulotlar va musobaqalardan so‘ng tiklanish vaqtini qisqartirish maqsadida ularning morfo-funksional profiliga qarab ovqatlanish holatini nazorat qilishning yanada samarali dasturini yaratishdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dzyudo bo‘yicha o‘smir sportchilarning haqiqiy ovqatlanishi va energiya iste’moli makronutrient tarkibini tahlil qilish usuli O‘zbekiston basketbol Federatsiyasi sport shifokorlari, sport dietologlari va murabbiylari hamda Toshkent shahar 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi amaliyotiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 8n-r/168-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘smir sportchilar kontingentini ovqatlanish holatini tezkor baholash dasturini kiritishdan iborat bo‘lgan sport kontingentining ovqatlanish holatini baholash, ularning sport mahorati darajasini oshiradi va sog‘lig‘ini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan yosh sportchilarning ovqatlanish holatini baholash dasturini amalga oshirish orqali umumiy iqtisodiy foyda barcha xarajatlar va potensial foydalarni hisobga olgan holda baholandi, sportchi sog‘lig‘ining foydali qiymatining iqtisodiy samaradorligi (13% ga yuqoriligi - bir o‘quv yili davomida) aniqlandi. Xulosa: yosh sportchilarning ovqatlanish holatini baholashning ishlab chiqilgan dastur asosida umumiy iqtisodiy foyda 427812 so‘mni tashkil etgani aniqlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish