Alimbaeva Ozoda Isabekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentnligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P894.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Badritdinova Madina Baxromovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentnligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish orqali ularni shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar axborot kompetentligining rivojlantirishga o‘quv motivlarini ta’siri natijasida talabalarning diqqat fokusini ta’limiy ma’lumotlarga qaratishi, didaktik ma’lumotlar bilan ishlashdagi tasavvurlar olamini kengayishi kognitiv komponentning ta’sirida kuchliroq namoyon bo‘lishi tufayli “professional” hamda “o‘quv-kognitiv” motivlar ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlanishi maydondan mustaqil kognitiv uslub egalarida axborotlarni idrok qilish, qayta ishlashda kognitiv komponent pragmatik fikrlashni, maydonga tobe uslub egalarida esa axborotga motivatsion-qadriyatli munosabat idealistik tafakkurni kuchaytirganligiga asoslanib shaxs tafakkur va kognitiv uslubi bilan determinatsiyalashganligi isbotlangan;
talabalarning axborot kompetentligi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashdagi texnologik jihatlar o‘zini nazorat qilish, ta’limiy axborotlarga motivatsion-qadriyatli munosabat ekstroversiya-introversiya, emotsional barqarorlik, ekspressiv-amaliy fazilatlar bilan uyg‘un holda o‘quv jarayonida namoyon bo‘lganligi tufayli uning shaxs individual xususiyatlariga bog‘liq rivojlanishi aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentlikni rivojlantirish uchun talabalarda  turli axborot manbalarini topish, ularni aniqligi va dolzarbligini tekshira olish, ulardan didaktik maqsadda foydalanish, birlamchi axborotni ikkilamchi ma’lumotdan ajratib olish, internet-resurslardan foydali axborot topish ko‘nikmasini shakllanishi muhimligi tufayli “kognitiv”, “motivatsion-qadriyatli” xususiyatlarga psixologik ta’sir etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentnligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar axborot kompetentligining rivojlanishiga o‘quv motivlarini ta’siri natijasida talabalarning diqqat fokusini ta’limiy ma’lumotlarga qaratishi, didaktik ma’lumotlar bilan ishlashdagi tasavvurlar olamini kengayishi kognitiv komponentning ta’sirida kuchliroq namoyon bo‘lishi tufayli “professional” hamda “o‘quv-kognitiv” motivlar ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-173 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-173 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar axborot kompetentligining rivojlanishiga o‘quv motivlarini ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlanishi maydondan mustaqil kognitiv uslub egalarida axborotlarni idrok qilish, qayta ishlashda kognitiv komponent pragmatik fikrlashni, maydonga tobe uslub egalarida esa axborotga motivatsion-qadriyatli munosabat idealistik tafakkurni kuchaytirganligiga asoslanib shaxs tafakkur va kognitiv uslubi bilan determinatsiyalashganligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-173  son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-173 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlanishiga tafakkur va kognitiv uslubining ta’siri ochib berilgan;
talabalarning axborot kompetentligi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashdagi texnologik jihatlar o‘zini nazorat qilish, ta’limiy axborotlarga motivatsion-qadriyatli munosabat ekstroversiya-introversiya, emotsional barqarorlik, ekspressiv-amaliy fazilatlar bilan uyg‘un holda o‘quv jarayonida namoyon bo‘lganligi tufayli uning shaxs individual xususiyatlariga bog‘liq rivojlanishi aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-173 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-173 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning axborot kompetentligini rivojlanishi shaxs individual xususiyatlariga bog‘liqligini tadqiq qilish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentlikni rivojlantirish uchun talabalarda  turli axborot manbalarini topish, ularni aniqligi va dolzarbligini tekshira olish, ulardan didaktik maqsadda foydalanish, birlamchi axborotni ikkilamchi ma’lumotdan ajratib olish, internet-resurslardan foydali axborot topish ko‘nikmasini shakllanishi muhimligi tufayli “kognitiv”, “motivatsion-qadriyatli” xususiyatlarga psixologik ta’sir etish zarurati asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-173 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-173 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan dastur va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish