Omonova Nargiza Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak muhandislarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 –Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P941
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ostanov Shuhrat Sharipovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislardagi kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalardagi ijodiy qobiliyatlarning o‘quv jarayonida namoyon bo‘lishiga ko‘ra real “kreativ Men”da originallik, ideal “kreativ Men”da mustaqil fikrlash, hayol, emotsionallik, empatiyaning ustuvorligidagi differensial farqlar faoliyatdagi tafakkur moslashuvchanligi va yaratuvchanligiga ta’sir etishiga asoslanib, bo‘lajak muhandislardagi kreativlikning psixologik profilini dalillangan;
bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatini namoyon bo‘lishida fikrlashdagi ravonlik pragmatik, realistik, g‘oyalarning moslashuvchanligini idealistik, qarashlarning o‘ziga xosligi va yaratuvchanligini analitik hamda sintetik tipga uyg‘un rivojlanishi tufayli tafakkur uslubi muhim kognitiv xususiyat ekanligi isbotlangan;
ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarning kreativ qobiliyatlarini rivojlanishi talabalardagi o‘ziga yo‘nalganlik fikrlashdagi ravonlik va o‘ziga xoslikka, odamlarga yo‘nalganlik qarashlarning moslashuvchanligiga, faoliyatga yo‘nalganlik tafakkur ravonligi, moslashuvchanligi va yaratuvchanlikka integrativ holda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs yo‘nalganligigiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
bo‘lajak muhandislarni kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonidagi uzlyuksizlik, ilmiylik, tizimlilik, motivatsiyaviy, protsessual tamoyilni irodaviy faoliyatga integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli “motivatsion”, “operatsional”, “refleksiv” baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Bo‘lajak muhandislarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
talabalardagi ijodiy qobiliyatlarning o‘quv jarayonida namoyon bo‘lishiga ko‘ra real “kreativ Men”da originallik, ideal “kreativ Men”da mustaqil fikrlash, hayol, emotsionallik, empatiyaning ustuvorligidagi differensial farqlar faoliyatdagi tafakkur moslashuvchanligi va yaratuvchanligiga ta’sir etishiga asoslanib, bo‘lajak muhandislardagi kreativlikning psixologik profilini dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-174 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-174 a son ma’lumotnomasi). Natijada ijodiy qobiliyatlarning o‘quv jarayonida namoyon bo‘lishiga ko‘ra talabalardagi kreativlikning psixologik profili ochib berilgan;
bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatini namoyon bo‘lishida fikrlashdagi ravonlik pragmatik, realistik, g‘oyalarning moslashuvchanligini idealistik, qarashlarning o‘ziga xosligi va yaratuvchanligini analitik hamda sintetik tipga uyg‘un rivojlanishi tufayli tafakkur uslubi muhim kognitiv xususiyat ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-174 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-174 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatini namoyon bo‘lishiga tafakkur uslubining ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarning kreativ qobiliyatlarini rivojlanishi talabalardagi o‘ziga yo‘nalganlik fikrlashdagi ravonlik va o‘ziga xoslikka, odamlarga yo‘nalganlik qarashlarning moslashuvchanligiga, faoliyatga yo‘nalganlik tafakkur ravonligi, moslashuvchanligi va yaratuvchanlikka integrativ holda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs yo‘nalganligigiga bog‘liq ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-174 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-174 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlanishida shaxs yo‘nalganligining ahamiyatini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak muhandislarni kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonidagi uzlyuksizlik, ilmiylik, tizimlilik, motivatsiyaviy, protsessual tamoyilni irodaviy faoliyatga integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli “motivatsion”, “operatsional”, “refleksiv” baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-174 son buyrug‘i bilan “Psixologik trening asoslari” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-174 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan model ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish