Medetov Maxsetbay Japakovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston arid hududlarining to‘g‘riqanotli hasharotlari (Insecta: Orthoptera)», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/V57.

Ilmiy maslahatchi: Akramova Firuza Jaloliddinova, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.

Rasmiy opponentlar: Shakarboev Erkinjon Berdikulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Izzatulaev Zuvaydullo Izzatullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Xolboev Faxriddin Raxmonqulovich biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston arid hududlari to‘g‘riqanotli hasharotlari faunasini aniqlash, ekologiyasini asoslash va zararli turlariga qarshi ekologik bezarar kurash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekiston arid hududlari to‘g‘riqanotlilar tur tarkibi tahlil qilinib, 7 oila, 71 avlodga mansub 129 turi aniqlangan;

ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun to‘g‘riqanotlilarning 2 avlod, 7 tur va 3 kenja turi aniqlangan;

ilk bor arid hudud faunasi uchun Orthoptera turkumiga mansub 3 avlod va 15 tur aniqlangan;

to‘g‘riqanotli hasharotlarningarid mintaqalarida tarqalishi bo‘yicha 5 ta tasnifi ishlab chiqilgan va 18 guruhga mansub hayotiy shakllari ochib berilgan;

arid hududlar to‘g‘riqanotli hasharot turlarining geografik kenglik bo‘yicha 7 ta va uzunlik areallari bo‘yicha esa 9 ta guruhlari asoslangan;

chigirtkalarning Calliptamus turanicus, Dociostaurus kraussi, Locusta migratoria turlari Aprocta cylindrica va Diplotriaena isabellina kabi parazit nematodalarining oraliq xo‘jayinlari ekanligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston arid hududlarining to‘g‘riqanotli hasharotlari (Insecta: Orthoptera) bo‘yicha olingan natijalar asosida:

ekinlar uchun zararli bo‘lgan voha chigirtkasiga qarshi (Calliptamus italicus italicus L.) yangi “NOVACRID” mikrobiologik preparatini qo‘llash me’yori va usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani chorvachilik xo‘jaligi yaylovlariga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 maydagi 011/06-1205-son ma’lumotnomasi). Natijada zararli voha chigirtkasiga nisbatan 89,9% biologik samaradorlikka erishilgan va yaylov atrofi hududlaridagi madaniy ekinzorlarga chigirtkalar tarqalishining oldini olish imkonini bergan;

zararli chigirtkalarda parazitlik qiluvchi Mylabris variabilis va Cytherea fenestratula entomofaglari ta’sirida tuxumlarining 23,5%, voyaga etgan hasharotlarni 15,7% miqdorda kamayishini monitoringi natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq va Kegeyli tumanlari chorvachilik xo‘jaligi yaylovlariga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 maydagi 011/06-1205-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hududlarda kimyoviy preparatlarni ishlatishni 23,5% kamaytirish imkonini bergan;

arid hududlarida tarqalgan to‘g‘riqanotli hasharotlar 129 turlarining tarqalishi bo‘yicha tasnifi va ularning GAT xaritalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2018 yil 26 martdagi tx-01/01-1-732-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘g‘riqanotli hasharotlarning 16 ta kamyob va 2 ta endem turlari populyasiyalari tarqalgan hududlar belgilangan va ularni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqish imkonini  bergan;

qushlarda parazitlik qiluvchi Aprocta cylindrica va Diplotriaena isabellina nematodalar uchun oraliq xo‘jayin bo‘lgan to‘g‘riqanotli hasharotlarga qarshi “Green guard sc premium” mikrobiologik preparati asosida ishlab chiqilgan yangi kurashish usuli Qoraqolpog‘iston Respublikasida Chimboy tumani tabiiy hududlariga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya qo‘mitasining 2018 yil 24 maydagi 25-03/111-son ma’lumotnomasi). Natijada yovvoyi va ovlanadigan qushlarni parazit nematodalarining oraliq xo‘jayin chigirtka turlari miqdorini 85% kamaytirish imkonini bergan;

arid hududlarida tarqalgan to‘g‘riqanotli hasharot turkumining 129 tur va kenja turlariga mansub 940 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 4/1255-1742-son ma’lumotnomasi). Natijada namunalar to‘g‘riqanotli hasharotlar kolleksiyasi fondini boyitgan va turlar xilma-xilligini aniqlash hamda elektron ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish