Ablakulov Sherali Davronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.PhD/P891.
Ilmiy rahbar: Tursunov Lutfulla Sayfullaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Latipova Umida Yusufboevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishda talabalar pedagogik sezgirligi, ijodkorligi hamda improvizasiyasining kasbiy sifatlarni shakllanganligiga bog‘liq ravishda darajaviy ifodalanishi tufayli “kognitiv”, “motivasion”, “kreativ” komponentlarga integrativ ta’sir etish muhimligi dalillangan;
bo‘lajak pedagoglarda kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ularda aniq, tez, ishchanlik muloqotini o‘rnata olish, jamoda do‘stona psixologik muhitni kengaytirish, shaxslararo muloqot tizimida ijobiy ta’sir ko‘rsata olish kabi shaxs sifatlarining tashabbuskorlik bilan bog‘liqlikda shakllanishi asoslangan;
bo‘lajak pedagoglarda kreativlikning namoyon bo‘lishi ta’lim jarayonida pedagogik sezgirlikning empirik ko‘rinishini tavakkalchilikka moyillik, tasavvur bilan, eksperimental-mantiqiy intuisiyaning bilimga qiziquvchanlik bilan uyg‘un rivjlanishiga asoslanib, peagogik intuisiyaning darajaviy ifodalanishiga identiv ekanligi isbotlangan;
bo‘lajak pedagoglardagi kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlanishi boshqa odamlarning xatti-harakati va fikrlash tasavvurini o‘zining darajasida baholash, suhbatdagi hamkorni o‘ziga qulay tarzda moslashtirish istagining bilishga qiziquvchanlikka bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga asoslanib, talabalardagi kommunikativ tolerantlikning shakllanishiga identiv kechishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishda talabalar pedagogik sezgirligi, ijodkorligi hamda improvizasiyasining kasbiy sifatlarni shakllanganligiga bog‘liq ravishda darajaviy ifodalanishi tufayli “kognitiv”, “motivasion”, “kreativ” komponentlarga integrativ ta’sir etish muhimligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-184 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-184 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi muhim mezonlar aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarda kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ularda aniq, tez, ishchanlik muloqotini o‘rnata olish, jamoda do‘stona psixologik muhitni kengaytirish, shaxslararo muloqot tizimida ijobiy ta’sir ko‘rsata olish kabi shaxs sifatlarining tashabbuskorlik bilan bog‘liqlikda shakllanishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-184 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-184 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ochib berilgan;
bo‘lajak pedagoglarda kreativlikning namoyon bo‘lishi ta’lim jarayonida pedagogik sezgirlikning empirik ko‘rinishini tavakkalchilikka moyillik, tasavvur bilan, eksperimental-mantiqiy intuisiyaning bilimga qiziquvchanlik bilan uyg‘un rivjlanishiga asoslanib, peagogik intuisiyaning darajaviy ifodalanishiga identiv ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-184 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-184 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda kreativlikning namoyon bo‘lishini pedagogik intuisiya bilan bog‘liq jihatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak pedagoglardagi kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlanishi boshqa odamlarning xatti-harakati va fikrlash tasavvurini o‘zining darajasida baholash, suhbatdagi hamkorni o‘ziga qulay tarzda moslashtirish istagining bilishga qiziquvchanlikka bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga asoslanib, talabalardagi kommunikativ tolerantlikning shakllanishiga identiv kechishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-184 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-184 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda kreativlik kompetensiyalarini rivojlanishining kommunikativ tolerantlik bilan bog‘liq jihatlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.