Xakimjonov Bahodir Xakimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1418.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Rahimov Bahtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Rahim Bahromovich, pedagogika fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning didaktik va metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda “O‘zbekiston tarixi” fanining pedagogik shart-sharoitlari madaniy meros obektlarining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini o‘quv materiallarini tanlab olishning pedagogik talablariga muvofiq milliy qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyati va didaktik omillariga metodik jihatdan integratsiyalash orqali ochib berilgan;
o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda “O‘zbekiston tarixi” fanining metodik imkoniyatlari dars mashg‘ulotlarida sinflar va mavzular kesimida milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari hamda milliy qadriyatlardan mavzuning xususiyatiga ko‘ra foydalanish metodikasini mashg‘ulorning rivojlantiruvchi maqsadiga muvofiq intensiv takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning pedagogik jarayon modeli “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish asosida mahalliy o‘lkashunoslik materiallarini keng targ‘ib qilish borasida o‘quvchilarni mustaqil ilmiy-tadqiqot olib borishga yo‘naltirishning pedagogik imkoniyatlarini jarayon komponentlarining algoritmik bosqichlariga ko‘ra izchillik va normativlik tamoyillariga muvofiq kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
“O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning muammoli evristik modellashtirish usullarini ta’lim va tarbiyaning ergonomic talablariga vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq qo‘llsh asosida  o‘quvchilarning milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirishda kreativ yondashuvlarga asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
madaniy meros obektlarining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini o‘quv materiallarini tanlab olishning pedagogik talablariga muvofiq milliy qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyati va didaktik omillariga metodik jihatdan integratsiyalash orqali ochib berilgan o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda “O‘zbekiston tarixi” fanining pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sirdaryo viloyati Guliston shahar, Mirzaobod tumani, Jizzax viloyati Zomin tumani, Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati  va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2023-yil 20-yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarix darslarida o‘quvchilarning o‘quv kompetensiyalari shakllanishi sezilarli daraja ortgan;
dars mashg‘ulotlarida sinflar va mavzular kesimida milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari hamda milliy qadriyatlardan mavzuning xususiyatiga ko‘ra foydalanish metodikasini mashg‘ulorning rivojlantiruvchi maqsadiga muvofiq intensiv takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda “O‘zbekiston tarixi” fanining metodik imkoniyatlariga oid tavsiyalar Respublika ta’lim markazi huzuridagi ijtimoiy fanlarning 2022-yil 28-iyundagi 2-chorak ilmiy-metodik kengashida ma’qullanib, Respublika miqyosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun foydalanishga tavsiya etilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 02-fevraldagi 01/11-01-57-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan O‘zbekiston tarixi darslarining mazmun mohiyati boyitilgan;
“O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish asosida mahalliy o‘lkashunoslik materiallarini keng targ‘ib qilish borasida o‘quvchilarni mustaqil ilmiy-tadqiqot olib borishga yo‘naltirishning pedagogik imkoniyatlarini jarayon komponentlarining algoritmik bosqichlariga ko‘ra izchillik va normativlik tamoyillariga muvofiq kengaytirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning pedagogik jarayon modeli, “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning muammoli evristik modellashtirish usullarini ta’lim va tarbiyaning ergonomic talablariga vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq qo‘llsh asosida  ishlab chiqilgan o‘quvchilarning milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirishda kreativ yondashuvlarga asoslangan metodik tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilan targ‘ibot-tashviqot ishlari” yo‘nalishi 17-bandi bo‘yicha amalga oshirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 12-apreldagi 149-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar asosida mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samarasi sezilarli daraja oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish