Isroilov Qobuljon Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3362.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnora Oblaqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Muqaddas Qahramonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Karaxonova Lobarxon Musaxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni kasbiy tayyorgarligi jarayonida akmeologik yondashuvni qo‘llashning metodik xususiyatlari talabalarda kasbiy fazilatlarni shakllantirishning konstruktiv va destruktiv, psixologik-pedagogik, evristik va uslubiy jihatlarini ularning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy pedagogik rivojlanish traektoriyasiga zamonaviy ta’lim paradigmalariga muvofiq kasbiy moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
tarix fanini o‘qitishning integrativ mazmuni kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishning pedagogik shart-sharoitlarini kasbiy motivatsiya, kompetentlik va yo‘nalganlikni shakllantirishga ilmiy-ijodiy muhit va innovatsion faoliyat uyg‘unligini epistemologik va kognitiv tamoyillarga muvofiq ta’minlash orqali integratsiyalash asosida ochib berilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik modeli tarix o‘qitish metodikasini akmetexnologiyalar vositasida rivojlantirishda fanning pragmatic, empiric va deterministic omillarini bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy o‘sish bilan bog‘liq usullar tizimiga ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari orqali muvofiqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
talabaning akmeogrammasi va individual rivojlanish traektoriyasini akmetexnologik tamoyillar asosida rivojlantirishning amaliy mexanizmlari bo‘lajak tarix o‘qituvchilari  pedagogik tayyorgarligi  sifatini  oshirishda ularning kasbiy rivojlanish vektorini tarix fanlarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida o‘qitishga vertikal yo‘naltirish texnologiyasini takomillashtirish asosida  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak  tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik sifatini akmeologik yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
talabalarda kasbiy fazilatlarni shakllantirishning konstruktiv va destruktiv, psixologik-pedagogik, evristik va uslubiy jihatlarini ularning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy pedagogik rivojlanish traektoriyasiga zamonaviy ta’lim paradigmalariga muvofiq kasbiy moslashtirish asosida aniqlashtirilgan talabalarni kasbiy tayyorgarligi jarayonida akmeologik yondashuvni qo‘llashning metodik xususiyatlariga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi buyrug‘iga asosan berilgan 68-206-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga qo‘yilgan zamonaviy talablarga mos ravishda akmeologik yondashuv asosida talabalarni kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish muammosini tadqiq qilish zarurligini nazariy asoslashga erishilgan;
kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishning pedagogik shart-sharoitlarini kasbiy motivatsiya, kompetentlik va yo‘nalganlikni shakllantirishga ilmiy-ijodiy muhit va innovatsion faoliyat uyg‘unligini epistemologik va kognitiv tamoyillarga muvofiq ta’minlash orqali integratsiyalash asosida ochib berilgan tarix fanini o‘qitishning integrativ mazmuniga oid takliflardan “O‘zbekiston tarixi”  telekanalining  “Taqdimot” nomli ko‘rsatuv ssenariyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 31 maydagi 01-31-854-son ma’lumotnomasi). Natijada, akmeologik yondashuv asosida  oliy ta’limda bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
tarix o‘qitish metodikasini akmetexnologiyalar vositasida rivojlantirishda fanning pragmatic, empiric va deterministic omillarini bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy o‘sish bilan bog‘liq usullar tizimiga ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari orqali muvofiqlashtirish asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik modeli Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 13 iyundagi 02-07-2273/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida akmeologik yondashuvni joriy etish texnologiyalari, o‘quv-bilish faoliyatini akmeologik kasbiy yo‘naltirish metod, vosita va usullari takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilari  pedagogik tayyorgarligi  sifatini  oshirishda ularning kasbiy rivojlanish vektorini tarix fanlarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida o‘qitishga vertikal yo‘naltirish texnologiyasini takomillashtirish asosida  ishlab chiqilgan talabaning akmeogrammasi va individual rivojlanish traektoriyasini akmetexnologik tamoyillar asosida rivojlantirishning amaliy mexanizmlariga oid tavsiyalar va tadqoqot ishi natijalari T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 10 apreldagi 174-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak  kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini akmeologik yondashuv asosida takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish