Raupova Munira Murodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped378.
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kuvondiq Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qodirov Eshmuhammad Omanturdievich, yuridik fanlar doktori, professor; Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari kognitiv, aksiologik, deontologik kabi komponentlarga asoslangan interiorizatsiya jarayonining obektiv va subektiv omillar bilan o‘zaro qayta aloqasi dinamikligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning huquqiy munosabatlar va ijtimoiy-huquqiy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhitini loyihalash, ta’lim, kasbiy, ilmiy, ijtmioiy-madaniy va amaliyot davridagi faoliyat uyg‘unligini ta’minlash, o‘quv fanlarini diversifikatsiyalash va asosiy ta’lim dasturi mazmunini integratsiyalash kabi ta’limiy strategiyalari pragmatik yondashuvga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirish modelining tashkiliy-pedagogik komponenti ijtimoiy modifakatsion texnologiyalar(hayratlanish pedagogikasi, edutainment, kvest, moderatsiya, loyihaviy, kontekstli, event)ni ommaviy (fleshmoblar, bayramlar, tadbirlar); jamoaviy (seminar-treninglar); yakka tartibdagi (mashqlar, taqdimotlar) faoliyat shakllari bilan identivlik darajasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmi deontologik yondashuv komponentlari (kognitiv, aksiologik, hissiy, refleksiv, ratsional, funksional) va mezonlari (kognitiv-aksiologik, kasbiy-xulq-atvor, refleksiv), axloqiy refleksiya, ma’naviy-axloqiy barqarorlik, ishonch, ma’suliyat, ijtimoiy ahamiyatga ega qadriyatlar va motivlar, axloqiy his-tuyg‘ular bilan bog‘liq sifatlarning validligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning majmuaviy-yaxlit (ta’limiy, tarbiyaviy, informatsion) texnologiyasi motivatsion-ehtiyojli, maqsadli yo‘naltiruvchi (harakat usullarini tahlil etish) harakatlar dasturi(metod va vositalar)ni ishlab chiqish, amaliy-jamoaviy, individual, guruhiy va mustaqil faoliyat, nazorat-korreksion bosqichlarga (natijalarni tahlil etish, baholash va refleksiv xulq-atvor) asoslangan algoritmga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini kognitiv, aksiologik, deontologik kabi komponentlarga asoslangan interiorizatsiya jarayonining obektiv va subektiv omillar bilan o‘zaro qayta aloqasi dinamikligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishtirishga doir taklif va tavsiyalardan Pedagogika sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 22-yanvardagi 02/02-234-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning huquqiy munosabatlar va ijtimoiy-huquqiy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhitini loyihalash, ta’lim, kasbiy, ilmiy, ijtmioiy-madaniy va amaliyot davridagi faoliyat uyg‘unligini ta’minlash, o‘quv fanlarini diversifikatsiyalash va asosiy ta’lim dasturi mazmunini integratsiyalash kabi ta’limiy strategiyalarini pragmatik yondashuvga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha Tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i, 537011-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirish modelining tashkiliy-pedagogik komponentini ijtimoiy modifakatsion texnologiyalarni ommaviy, jamoaviy, yakka tartibdagi faoliyat shakllari bilan identivlik darajasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha namunaviy tartibni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 136-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha namunaviy tartib”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 22-yanvardagi 02/02-234-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil faol o‘qish va o‘rganish kompetensiyasini rivojlantisih orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmini deontologik yondashuv komponentlari va mezonlari, axloqiy refleksiya, ma’naviy-axloqiy barqarorlik, ishonch, ma’suliyat, ijtimoiy ahamiyatga ega qadriyatlar va motivlar, axloqiy his-tuyg‘ular bilan bog‘liq sifatlarning validligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga doir takilf va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha Tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i, 537011-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-axloqiy tayyorgarligini takomillashtirish va huquqiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning majmuaviy-yaxlit texnologiyasi motivatsion-ehtiyojli, maqsadli yo‘naltiruvchi harakatlar dasturini ishlab chiqish, amaliy-jamoaviy, individual, guruhiy va mustaqil faoliyat, nazorat-korreksion bosqichlarga asoslangan algoritmga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170927124. “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” loyihasining bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiylashtirish mexanizmlari qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 22-yanvardagi 02/02-234-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.