Mamataliev To‘lqin Xushmamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “Masofaviy ta’limning tashkiliy-huquqiy asoslarini shakllantirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu848.
Ilmiy rahbar: Yakubov Shuxrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Nematov Jo‘rabek Nematilloevich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Asadov Shavkat G‘aybullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda masofaviy ta’limning huquqiy asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalar va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilashda oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning masofaviy ta’lim shaklini joriy qilish zarurati ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, moslashuvchanlikni, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, sifatli ta’lim resurslariga kirishni yaxshilash, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar orasida raqamli texnologiyalarni samarali ishlatishni rag‘batlantirish bilan asoslab berilgan;
masofaviy ta’limning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish orqali talabaning turar joyidan qatʼi nazar, unga ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkoniyatini taqdim etish, shu bilan birga, talabalarning individual qiziqishlari, iqtidori va ehtiyojlariga mos ravishda kasbiy salohiyatini rivojlantirishni ta’minlashdan iborat bo‘lishi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilishi zarurati asoslantirilgan;
masofaviy ta’lim ishtirokchilarning interfaolligi, talabalarning identifikatsiya qilinishi, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi, ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi tamoyillari asosda tashkil etilishining amaliy ahamiyati, shuningdek, ta’lim yo‘nalishi malaka talabini ishlab chiqishda masofaviy ta’lim shakli xususiyatlarini inobatga olish asoslab berilgan;
masofaviy ta’limni tashkil etishning asosiy vazifalari sifatida talabalarning masofadan turib ta’lim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida ta’lim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish, ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish orqali ta’lim tizimining jozibadorligini oshirish mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Masofaviy ta’limning tashkiliy-huquqiy asoslarini shakllantirish mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi F-60-son farmoyishining masofaviy ta’lim shakliga oid normalari hamda farmoyishning 1v-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 02/02-1018-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
masofaviy ta’limning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qatʼi nazar, unga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish, talabalarning qiziqishlari, iqtidori va ehtiyojlariga muvofiq kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘lishi haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 559-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va Yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 11-iyuldagi 12-15-42-son dalolatnomasi). Mazkur taklif masofaviy ta’limning maqsadlarini aniq belgilash va tartibga solish orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va talabalarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishni ta’minlashga xizmat qilgan;
masofaviy ta’lim ishtirokchilarning interfaolligi, talabalarning identifikatsiya qilinishi, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi, ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi tamoyillari asosda tashkil etilishi, shuningdek, ta’lim yo‘nalishi malaka talabini ishlab chiqishda masofaviy ta’lim shakli xususiyatlarini inobatga olish to‘g‘risidagi taklif Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 559-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandini hamda “60421200 – Davlat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishi malaka talabini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va Yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil
11-iyuldagi 12-15-42-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 24-noyabrdagi 02/01-01-82-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif masofaviy ta’limning interfaollik, identifikatsiya, pedagogik maqsadga muvofiqlik, ochiqlik va moslashuvchanlik tamoyillariga asoslanib tashkil etilishi, ta’lim yo‘nalishlari malaka talablarini ishlab chiqishda masofaviy ta’limning xususiyatlarini inobatga olishni ta’minlash orqali ta’lim jarayonining sifatini oshirish va standartlarga moslashtirishga xizmat qilgan;
masofaviy ta’limni tashkil etishning asosiy vazifalari sifatida talabalarning masofadan turib ta’lim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida ta’lim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish, ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish orqali ta’lim tizimining jozibadorligini oshirish haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 559-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va Yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 11-iyuldagi 12-15-42-son dalolatnomasi). Ushbu taklif talabalarning masofadan ta’lim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish, mamlakat ichida va tashqarisida teng ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish hamda ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish orqali ta’lim tizimining jozibadorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish