Xolmurotov Mansur Zaripbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xandon pista plantatsiyalarini barpo etishda uning istiqbolli nav va shakllarini asoslash», 06.03.01–O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlari barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx124.

Ilmiy rahbar: Qayimov Abdixalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Farxod Isomiddinovich, biologiya fanlari doktori; Tolipov Xojimurod Mirazimovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xandon pistaning payvand qilib ko‘paytirilgan shakllari mevasining sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish hamda seleksion baholash orqali pistazorlar mahsuldorligini oshirish imkonini beradigan shakllarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk marotaba xandon pistaning mahalliy pistazorlardan tanlab olingan va payvandlash orqali ko‘paytirilgan 11 ta istiqbolli shakllarini tajriba plantatsiyalarida o‘sib rivojlanish ko‘rsatkichlari aniqlangan;

xandon pistaning mahalliy istiqbolli shakllarini muhim xo‘jalik-biologik belgilariga ko‘ra imkoniyatlari ochib berilgan hamda 11 ta mezon asosida seleksion baholangan;

xandon pistaning shakllarida mevaning yirikligi va ochilganligi kabi qimmatli seleksion belgilarning shakllanishi va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;

plantatsiyalarda o‘stirish va kelajakdagi seleksiya ishlari uchun mos bo‘lgan istiqbolli xandon pista shakllari aniqlangan;

mevaning yirikligini baholash bo‘yicha tenglama ishlab chiqilgan va tadqiqot uslubi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xandon pista shakllarini seleksion baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

xandon pistaning 518-G, 521-G, 527-Sh, 528-G, 21-Sh, 52-RG va 59-G shakllaridan Samarqand viloyati «Saroyqo‘rg‘on» o‘rmon xo‘jaligi sharoitida jami 2,0 gektar maydonda o‘rmon plantatsiyasi barpo etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2017 yil 12 sentyabrdagi 03/18-2233-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida pistazorlarning hosildorligi gektariga 2–3 sentnerga oshgan va iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 15–25 mln. so‘mni tashkil etgan;

xandon pistaning 518-G, 521-G, 527-Sh, 528-G shakllaridan Jizzax viloyatining «G‘allaorol» o‘rmon xo‘jaligi sharoitida 1,0 ga maydonda o‘rmon plantatsiyasi barpo etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2017 yil 12 sentyabrdagi 03/18-2233-son ma’lumotnomasi). Natijada pistazorlardan olinadigan hosil gektariga 2,0 sentnerga oshgan, mevaning yirikligi va ochilganlik darajasi yaxshilangan hamda iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 16,0 mln. so‘mga teng bo‘lganligi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish