Yusupov Shuxrat Abdurasulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda appendikulyar tarqoq peritonit diagnostikasi va xirurgik davolashni takomillashtirish», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib128.
Ilmiy maslahatchi: Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ormantaev Almas Kamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Oliy kasbiy ta’lim federal davlat byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarqoq appendikulyar peritonit bilan bolalarni kompleks davolashga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish yo‘li bilan xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
TAP sonografik semiotikasi asosida xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish imkonini beruvchi dinamik UTT usuli ishlab chiqilgan;
bolalarda ichak etishmovchiligi sindromi rivojlanishi va TAP progresslanishida sistem yallig‘lanish javob sindromi, oksidlash stressi intensivligi, fagotsitoz va immunoreaktivlik buzilishining ahamiyati aniqlangan;
operatsiyadan keyingi qorin ichi yiringli asoratlarning erta diagnostikasi uchun dinamik UTT bilan kompleksda informativ hisoblash ko‘rsatkichlari (leykotsitlar spontan aglomeratsiyasi ko‘rsatkichi – LSAK va neytrofillar yadro segmentatsiyasi indeksi – NYaSI) ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘i sanatsiyasi, ozonlash va drenajlash bilan birga ichak dekompressiyasining turli variantlarini o‘z ichiga olgan bolalarda TAPni kompleks xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;
TAP bilan bolalarda ichak dekompressiyasida ko‘richak gumbazini ketib qolishi va keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish uchun uni qorinning old devoriga vaqtinchalik fiksatsiya usuli ishlab chiqilgan;
eksperimentda tarqoq yiringli peritonit kechishi va bitishmalar hosil bo‘lish jarayoniga ozon-kislorod aralashmasini qo‘llash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarqoq appendikulyar peritonit bilan bolalar diagnostikasi va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan «Bolalarda ingichka ichak dekompressiyasi usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 5987-son patent, 1999 yil). Taklif etilgan usulni qo‘llash bolalarni davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini qisqartirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Bolalarda sekoenterostomiya qo‘yish usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 5988-son patent, 1999 yil). Taklif etilgan usul bemorlarni xirurgik davolash sifatini 65%dan 78%gacha yaxshilash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Bolalarda ichak faoliyatini tekshirish usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 5989-son patent, 1999 yil). Bolalarda ichakning motor-evakuator faoliyatini ul`tratovush yordamida tekshirishning modifikatsiyalangan usuli ichak naychasi bo‘ylab tarkibining o‘tish tezligi va shaklini tekshirishni o‘z ichiga olib, unda ovqat moddalarning mayatniksimon harakati o‘rganilgan va ichakning me’yordagi funksional holati aniqlangan;
ishlab chiqilgan «Bolalarda ichak stomasini qo‘yishda ko‘richakni vaqtincha fiksatsiya qilish usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 5992-son patent, 1999 yil). Taklif etilgan usul qayta operativ aralashuvni inkor qilish, operatsiya travmasini kamaytirish va yiringli-nekrotik jarayon fonida sekostoma yoki appendikostomani qorin old devoridan ketib qolishining oldini olish hisobiga operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Peritonit bilan bolalarda bitishmali ichak tutilishi profilaktikasi usuli» uchun Intellektual mulk agentligining patenti olingan (IDP 05152-son patent, 1999 yil). Taklif etilgan usul asoratlar va relaparotomiyalar chastotasini kamaytirish hisobiga bolalarda TAPni davolash natijalarini yaxshilashga yordam bergan;
ishlab chiqilgan «Bolalarda operatsiyadan keyingi abssesslar erta diagnostika usuli» uchun Intellektual mulk agentligining patenti olingan (IDP 05125-son patent, 1999 yil). Taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi erta davr natijalarini yaxshilash, relaparotomiyalar chastotasini qisqartirish imkonini bergan.
«Bolalarda tarqoq appendikulyar peritonit diagnostikasi va xirurgik davolash xususiyatlari» va «Qiz bolalarda o‘tkazilgan peritonit asoratlari diagnostikasi» uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 8n-d/20-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar TAP bilan bolalarda diagnostik dasturni optimallashtirish, bemorlarning eng murakkab guruhini aniqlash va davolashning kompleks taktikasini tanlash, ob’ektiv mezonlarini aniqlash imkonini bergan;
tarqoq appendikulyar peritonit bilan bolalar diagnostikasi va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga oid ilmiy taklif va tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand va Buxoro filiallariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 8n-d/20-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. TAP bilan bolalarni davolashga taklif etilgan komleks yondashuvni qo‘llash jarohat asoratlari chastotasini 11,8%, qorin bo‘shlig‘i abssesslarini 3,3%, davom etuvchi peritonitni 4,6%, erta bitishmali ichak tutilishini 4,9%, relaparotomiyalarni 2,3 barobar va operatsiyadan keyingi o‘lim ko‘rsatkichini 13,8% dan 1,1% gacha kamaytirish imkonini bergan.