Kadirov Ramz Turabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish texnologiyalari», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (san’atshunoslik fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped.5052.
Ilmiy rahbar: Mamatqosimov Jahongir Abirqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailov Anvar Hamdamovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sahna nutqining psixofizik rivojlanish prosodikasida sahnaviy nutq konteksti ijrochiligi talabalarning diletant va professional ijro aktyorlik sifatlarining intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini adekvat faollashtirishi sababli ularda divergent fikrlash ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirishi asoslangan;
sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘qitish texnologiyasining pedagogik imkoniyatlari individual va differensial yondashuvlarning integrativ yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan tarkibiy komponentlarni dual ta’lim elementlari asosida parallel amalga oshirish metodikasini individual-kasbiy rivojlantirishga ko‘ra  takomillashtirilgan;
refleksiv pozisiyaning kasbiy-intellektual rivojlanish darajasi bilan talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli mustaqil va uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning ijodiy imkoniyatlarining pedagogik, metodik, tashkiliy shart-sharoitlarini real ta’limiy muhitga ortologik va individual yondashuvga ko‘ra moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlari reproduktiv, talqiniy, ijodiy va akme darajalarining spesifik ijro farqlari sababli individual ta’lim traektoriyasiga funksional uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
sahna nutqining psixofizik rivojlanish prosodikasida sahnaviy nutq konteksti ijrochiligi talabalarning diletant va professional ijro aktyorlik sifatlarining intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini adekvat faollashtirishi sababli ularda divergent fikrlash ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirishga oid xulosa va takliflardan “Notiqlik san’ati” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 9-fevraldagi 133-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning aktyorlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishni individual shaxsning xususiyatini inobatga olgan holda amalga oshirishga erishilgan;
sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘qitish texnologiyasining pedagogik imkoniyatlarini individual va differensial yondashuvlarning integrativ yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan tarkibiy komponentlarni dual ta’lim elementlari asosida parallel amalga oshirish metodikasini individual-kasbiy rivojlantirishga ko‘ra  takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan “Notiqlik san’ati” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 9-fevraldagi 133-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishning nazariya bilan amaliyotnini o‘zaro integratsiyalasi kengaytirilgan;
refleksiv pozisiyaning kasbiy-intellektual rivojlanish darajasi bilan talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish modelini mustaqil va uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning ijodiy imkoniyatlarining pedagogik, metodik, tashkiliy shart-sharoitlarini real ta’limiy muhitga ortologik va individual yondashuvga ko‘ra moslashtirish orqali takomillashtirishga jid xulosa va takliflardan “Sahna nutqi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim, ko‘nikmalarini takomillashtirishni  “Orotologiya” art texnologiyasi asosida tizimli amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlarini reproduktiv, talqiniy, ijodiy va akme darajalarining spesifik ijro farqlari sababli individual ta’lim traektoriyasiga funksional uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan “Sahna nutqi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlash imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish