Ergasheva Mavluda Zulqandar qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlarining davlat va huquq haqidagi qarashlari”, 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Yu250.
Ilmiy rahbar: Tashkulov Juraboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, akademik; Boboev Xalimboy, yuridik fanlar doktori, professor; Axmedova Muqaddasxon Tursunovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston, Buxoro, Xiva jadidlarining davlat va huquq haqidagi qarashlarini o‘rganishning ilmiy-metodologik asoslarini, jadidlarning davlat va huquq haqidagi qarashlaridan foydalanishning ilmiy- nazariy va amaliy jihatlarini, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadid mutafakkirlarining zamonaviy konseptual qarashlari asosida davlat uzlyuksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlashi bilan bog‘liq normalarni fuqarolarning ijtimoiy-madaniy huquqlari sifatida konstitutsiyaviy qoida darajasida belgilash zarurati asoslab berilgan;
jadidlar dasturida ilgari surilgan soliq va yig‘imlarning adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmaslik haqidagi g‘oya zamonaviy soliq siyosatining asosiy prinsiplari qatoriga kiritilib, fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy erkinliklarini ta’minlashga hamda davlat boshqaruvida adolatli tizim yaratishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
milliy davlatchiligimiz tarixi va buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat va milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish jamiyatni ma’naviy jihatdan boyitish va milliy o‘zlikni mustahkamlash yo‘lida muhim ilmiy asos sifatida xizmat qilishi asoslab berilgan;
jadidlarning zamonaviy qarashlaridan kelib chiqib xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashi bilan bog‘liq normalarni konstitutsiyaviy kafolatlar sifatida belgilash zarurati asoslab berilgan;
jadid taraqqiyparvarlarning davlat va huquq haqidagi boy g‘oyalari va ilmiy merosini talaba-yoshlarga davlat va huquq nazariyasi, huquqiy ta’limotlar tarixi kabi fanlarni o‘qitishda qo‘llash zarurati asoslanib, bu ularning nazariy bilimlarini chuqurlashtirishi, huquqiy tafakkurni rivojlantirishi va milliy-huquqiy ongini mustahkamlashi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
jadid mutafakkirlarining zamonaviy konseptual qarashlari asosida davlat uzlyuksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlashi bilan bog‘liq normalarni fuqarolarning ijtimoiy-madaniy huquqlari sifatida konstitutsiyaviy qoida darajasida belgilash zarurati hamda jadid taraqqiyparvarlarning davlat va huquq haqidagi boy g‘oyalari va ilmiy merosini talaba-yoshlarga davlat va huquq nazariyasi, huquqiy ta’limotlar tarixi kabi fanlarni o‘qitishda qo‘llash zarurati asoslanib, bu ularning nazariy bilimlarini chuqurlashtirishi, huquqiy tafakkurni rivojlantirishi va milliy-huquqiy ongini mustahkamlashi dalillanganligiga oid takliflar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi ikkinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2023-yil 30-maydagi 02-03/797-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Yangi O‘zbekistonda jadidlarning davlat boshqaruviga oid hamda ta’limni rivojlanishidagi g‘oyalarining bugungi kundagi amaliy ahamiyatiga hissa qo‘shgan;
jadidlarning zamonaviy qarashlaridan kelib chiqib xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashi bilan bog‘liq normalarni konstitutsiyaviy kafolatlar sifatida belgilash zarurati asoslab berilganligiga oid takliflar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasi ikkinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2023-yil 30-maydagi 02-03/797-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlanishi uchun xizmat qilgan;
jadidlar dasturida ilgari surilgan soliq va yig‘imlarning adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmaslik haqidagi g‘oya zamonaviy soliq siyosatining asosiy prinsiplari qatoriga kiritilib, fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy erkinliklarini ta’minlashga hamda davlat boshqaruvida adolatli tizim yaratishga xizmat qilishi asoslab berilganligiga oid takliflar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-modda ikkinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2023-yil 30-maydagi 02-03/797-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi O‘zbekistonda soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligiga xizmat qilgan;
milliy davlatchiligimiz tarixi va buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat va milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish jamiyatni ma’naviy jihatdan boyitish va milliy o‘zlikni mustahkamlash yo‘lida muhim ilmiy asos sifatida xizmat qilishi asoslab berilganligiga oid takliflari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti”  ga bag‘ishlangan 41-bandida foydalanilgan (Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 17-oktyabrdagi 392-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy makonni shakllantirishda, “inson, jamiyat va davlat” o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy-huquqiy munosabatni amalga oshirishda jadidlarning davlat va huquq haqidagi ma’naviy merosi, jumladan, inson huquqi va erkinliklari jadidchilikning bosh g‘oyasi ekanligi, Konstitutsiya va qonunlar to‘g‘risidagi ilmiy merosi va ularning hozirgi davrdagi ahamiyati oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish