Nazarov Yusufjon Eshqobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ba’zi 3d-metallarning tarkibida azot, kislorod bo‘lgan ligandlar bilan kompleks birikmalari sintezi, kristall tuzilishlari va fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K715.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.K.78.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Razzoqova Surayyo Razzoqovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ba’zi 3d-metallarining tarkibida azot va kislorod bo‘lgan ligandlar bilan kompleks birikmalari sintezi, ularning kristall tuzilishlari, kvant-kimyoviy parametrlari, molekulalararo ta’sirlashish energiyalari va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Co(III), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Fe(III) metall ionlarining 8-oksixinolin, etilendiamin, dietanolamin, 2,6-piridindikarbon kislota bilan 8 ta yangi aralash ligandli kompleks birikmalari sintez qilingan va ularning monokristallari olingan;
RTT yordamida olingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari hamda oktaedr, tetraedr va simmetrik tetragonal piramida shaklida komplekslar hosil bo‘lishi aniqlangan;
SRSM (o‘tkazuvchilarga o‘xshash qutblanuvchan muhit modeli) usuli bilan [Co(C9H6NO)3]C2H4O2, [Ni2(C9H6NO)2(NO3)2(H2O)2] kompleks birikmalari termodinamik parametrlarining erituvchilar ta’sirida o‘zgarishi aniqlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarda Hirshfeld sirt tahlili natijasida H…H, H…C/C…H, O…H/H…O ta’sirlarining ulushi va kristallardagi molekulalararo ta’sirlashish energiyalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida azot va kislorod bo‘lgan ligandlarning ba’zi 3d-metallar bilan komplekslar birikmalari sintezi va ularning kristall tuzilishlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
[Co(C9H6NO)3]C2H4O2, [Ni(C9H6NO)2C4H11NO2]H2O, [Ni2(C9H6NO)2(NO3) 2(H2O)2], [Cu(C7H5NO4)(Cl)3]C9H8NO(H2O)2, [(C9H8NO)2]2[C10H6S2O6](H2O)4, [(C9H6NO)2][C2H10N2] tarkibli kompleks birikmalarining rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, CCDC depozit raqami 2232766, 2256725, 2307011, 2307012, 2256736, 2256744). Natijada, ma’lumotlar bazasiga kiritilgan kimyoviy birikmalarning taqdim etilgan ma’lumotlaridan o‘xshash birikmalarni sintez qilish va ularning tuzilishini tavsiflashda foydalanish imkonini bergan;
8-oksixinolinning Cu(II) ioni saqlagan aralash ligandli kompleks birikmasining 0,04% li eritmasi “NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida dezinfeksiyalovchi vositalar tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan (“NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining 2024 yil 17 apreldagi 20-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali dezinfeksiyalovchi vositalar olish imkonini bergan.