Alimov Mirzoxid Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Talabalarning hisoblash tafakkurini mobil texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022PhD/Ped3520.
Ilmiy rahbar: Yarlakabov Umirzoq Mamatqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Zokir Toshtemirovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Fayziev Mirzali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning hisoblash tafakkurini mobil texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning hisoblash tafakkurini rivojlantirishning mantiqiy-funksional modeli maqsad, mazmun, faoliyat, metodika va natija komponentlari uzviyligida modelning egiluvchanlik, kengayuvchanlik, dinamik xususiyatlarini ilmiy yo‘nalishga istiqboliy bashoratlash hamda hisoblash usullaridagi gibridlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning hisoblash tafakkurini rivojlantirishning tashkiliy, pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari kasbiy faoliyatga oid materiallarni oddiydan murakkabga qarab darajalash ko‘nikmalarini muammoli deduksion, uyg‘un, induksion rivojlantirish natijasida inson xotira zanjirida algoritmik ketma-ketlikni samarali amalga oshirish orqali kasbiy va shaxsiy shakllantirish natijasida takomillashtirilgan;
talabalarning hisoblash tafakkurini mobil texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasi kasbiy kompetensiyalar komponentlarini umumtexnik fanlarning mobilli-uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuniga o'rganiladigan texnik jarayonlarni modellashtiruvchi Computer Science metodikasini kiritish hamda mantiqiy fikrlashni tizimli fikrlashga nazariy muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning hisoblash tafakkurini rivojlanganligining reproduktiv, variativ, kreativ darajalarini baholashning motivatsion-shaxsiy, kognitiv-tahliliy, faoliyatli, refleksiv mezonlari nazariy qoidalar bilan ko‘p funksiyali kasbiy-amaliy topshiriqlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni raqamli texnoligik (Java, PHP) vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida mobil texnologiyalar asosida talabalarning hisoblash tafakkurini faollashtirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning hisoblash tafakkurini rivojlantirishning tashkiliy, pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari kasbiy faoliyatga oid materiallarni oddiydan murakkabga qarab darajalash ko‘nikmalarini muammoli deduksion, uyg‘un, induksion rivojlantirish natijasida inson xotira zanjirida algoritmik ketma-ketlikni samarali amalga oshirish orqali kasbiy va shaxsiy shakllantirish natijasida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar Jizzax politexnika institutida bajarilgan “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yoʻnaltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2021-2023yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 10-oktyabrdagi 02-403-402-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar talabalarda hisoblash tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning hisoblash tafakkurini mobil texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning hisoblash tafakkurini rivojlanganligining reproduktiv, variativ, kreativ darajalarini baholashning motivatsion-shaxsiy, kognitiv-tahliliy, faoliyatli, refleksiv mezonlari nazariy qoidalar bilan ko‘p funksiyali kasbiy-amaliy topshiriqlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni raqamli texnoligik (Java, PHP) vizuallashtirish asosida takomillashtirishga doir doir takliflar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27-martdagi 68-9-son guvohnomasi). Natijada takomillashtirilgan metodika va baholash mezonlari ta’lim sifatini hamda pedagogik tajriba-sinov ishlarining samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning hisoblash tafakkurini rivojlantirishning mantiqiy-funksional modeli maqsad, mazmun, faoliyat, metodika va natija komponentlari uzviyligida modelning egiluvchanlik, kengayuvchanlik, dinamik xususiyatlarini ilmiy yo‘nalishga istiqboliy bashoratlash hamda hisoblash usullaridagi gibridlikni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Fargʻona rolitexnika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiualari universitetining Samarqand filiali va Jizzax rolitexnika institutining ta’lim jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Resbublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 8-fevraldagi 02/01-01-15-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur model talabalarning hisoblash tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilgan.