Mo‘minov Sherozbek Siddiqjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rahbar muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2395.
Ilmiy rahbar: Shukurov Rahmatillo Mirzatillaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Sharq mutafakkirlarining boshqaruv madaniyati, rahbar muloqot xulqi haqidagi qarashlarini, rahbar muloqot xulqining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muloqot jarayonining turli millat vakillari madaniy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, turli hududlardagi til xususiyatlari, suhbat jarayonidagi muloqot ishtirokchilarining kayfiyati, milliy, hududiy, kasbiy, xususiy o‘ziga xosliklarga egaligi, verbal va noverbal vositalar orqali ifodalanishi, kommunikatsiya ishtirokchilaridan muayyan tayyorgarlik talab qilish asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda rahbarlik va unga yondosh tushunchalar semantikasi, rahbar muloqot xulqi va uni ijtimoiy-lisoniy aspektda baholash, zamonaviy rahbar ma’naviyati uning muloqot xulqida hamda rahbarlik lavozimlari professiogrammalari, memuar, bag‘ishlov va marsiyalarda rahbar muloqot xulqiga xos qirralarning namoyon bo‘lishi dalillangan;
siyosiy arboblar, sharq mutafakkirlarining rahbar muloqot xulqi, uning jamiyatdagi o‘rni, axloqiy tamoyillari, muloqot strategiyalari kabi qarashlari hamda samarali muloqot olib borish qobiliyati, nutqdagi o‘ziga xos yondashuvlar, tinglovchilar bilan qanday uslubda muloqot qilish omillari, til va odob me’yorlariga rioya qilish, hissiyotlarini nazorat qilish, fikrlarini sodda va tushunarli qilib etkazish kabi nutqiy individualliklari Amir Temurning sarkardalikka xos nutqi, Alisher Navoiyning davlatni boshqarish san’ati to‘g‘risidagi merosi, zamonaviy rahbarlarning ma’ruzalari asosida ochib berilgan;
rahbar muloqot xulqida qo‘llaniladigan usul va vositalar: tinglash madaniyati, hozirjavoblik; turli vaziyatlarda suhbatdoshga chuqur mulohazalar, aniq dalillar, mantiqiy fikrlar bilan birgalikda hissiy rag‘batlantirish, ilhomlantirish; maqtov va tanbeh; xalqonalik va kechirimlilik; majlis, turli yig‘inlarda nutq so‘zlash va ommani yagona maqsad sari o‘z ortidan ergashtira olishdagi lisoniy (leksika, grammatika va til uslublarining madaniy kontekstga mos kelishi) va nolisoniy (tana tili, imo-ishoralar, yuz ifodalari va boshqa noverbal belgilar) lingvomadaniy me’yorlar aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rahbar muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy tadqiqiga bag‘ishlangan ushbu dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Yangi O‘zbekistonda rahbarlik va unga yondosh tushunchalar semantikasi, rahbar muloqot xulqi va uni ijtimoiy-lisoniy aspektda tadqiq etish, zamonaviy rahbar ma’naviyati va uning muloqot xulqida namoyon bo‘lishi, rahbarlik lavozimlari professiogrammalari, memuar, bag‘ishlov va marsiyalarda rahbar muloqot xulqiga xos qirralarning namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 30-iyul 03/3948-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvini shakllantirishda boshqaruvning qanchalar ahamiyatli ekanligi g‘oyasi singdirilgan;
rahbar muloqot xulqida qo‘llaniladigan usul va vositalar: tinglash madaniyati, hozirjavoblik; turli vaziyatlarda suhbatdoshga chuqur mulohazalar, aniq dalillar, mantiqiy fikrlar bilan birgalikda hissiy rag‘batlantirish, ilhomlantirish; maqtov va tanbeh; xalqonalik va kechirimlilik; majlis, turli yig‘inlarda nutq so‘zlash va ommani yagona maqsad sari o‘z ortidan ergashtira olishdagi lisoniy (leksika, grammatika va til uslublarining madaniy kontekstga mos kelishi) va nolisoniy (tana tili, imo-ishoralar, yuz ifodalari va boshqa noverbal belgilar) lingvomadaniy me’yorlarga oid xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 30-iyuldagi 03/3953-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro loyihaning nazariy va amaliy takomillashuvini shakllantirishda boshqaruvning qanchalar ahamiyatli ekanligi g‘oyasi ilmiy jihatdan boyitilgan;
muloqot jarayonining turli millat vakillari madaniy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, turli hududlardagi til xususiyatlari, suhbat jarayonidagi muloqot ishtirokchilarining kayfiyati, milliy, hududiy, kasbiy, xususiy o‘ziga xosliklarga egaligi, verbal va noverbal vositalar orqali ifodalanishi, kommunikatsiya ishtirokchilaridan muayyan tayyorgarlik talab qilish kabi jihatlariga oid ma’lumotlardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Otalar so‘zi”, “Biz bilgan va bilmagan olam” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-apreldagi 02-12/89-son ma’lumotnomasi) Natijada yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommaboplik darajasi ortgan;
siyosiy arboblar, sharq mutafakkirlarining rahbar muloqot xulqi, uning jamiyatdagi o‘rni, axloqiy tamoyillari, muloqot strategiyalari kabi qarashlari hamda samarali muloqot olib borish qobiliyati, nutqdagi o‘ziga xos yondashuvlar, tinglovchilar bilan qanday uslubda muloqot qilish omillari, til va odob me’yorlariga rioya qilish, hissiyotlarini nazorat qilish, fikrlarini sodda va tushunarli qilib etkazish kabi nutqiy individualliklari Amir Temurning sarkardalikka xos nutqi, Alisher Navoiyning davlatni boshqarish san’ati to‘g‘risidagi merosi, zamonaviy rahbarlarning ma’ruzalari xususidagi manbalardan “RUXSOR” teleradiokanali mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi “RUXSOR TV”, “Gold UZ TV” telekanallari hamda “RUXSOR FM” radiosi eshittirishlarining “Men 30 yoshdaman”, “Yonimizdagi odamlar”, “Jannatmakon”, “Kecha”, “Fikrlar marafoni”, “Mustaqillik shukronasi”, “Faktlar”, “Yashash baxti” kabi bir qator turkum dasturlar ssenariysini yozishda foydalanilgan (“Ruxsor” teleradiokanalining 2023-yil 11-yanvardagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning zamonaviy o‘zbek boshqaruv san’ati haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga erishilgan.