Komilov Ne’matilla Muxammadjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pushta olgich-o‘g‘itlagich ishchi qismlarini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/T373.

Ilmiy rahbar: Xadjiev Abdumutalib, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi qoshidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor; Shoumarova Muxayyo, texnika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bir yo‘la pushta hosil qiladigan va uning turli qatlamlariga mineral o‘g‘itlarni turlicha kenglikda soladigan qurilma konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mahalliy tuproq sharoiti va ekin turi talablariga mos balandlikdagi pushtalar hosil qilish jarayoni va bir yo‘la o‘g‘itlarni ikki qatlamga turli kenglikda joylashtirish usuli ishlab chiqilgan;

pushta hosil qiladigan va uning turli qatlamlariga mineral o‘g‘itlarni turlicha kenglikda soladigan pushta olgich-o‘g‘itlagichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

ko‘ndalang kesim bo‘yicha pushta yuqori qatlamdagi ikki va past qatlamdagi bir joyga beriladigan o‘g‘it me’yorlarining har birini alohida-alohida rostlash mexanizmi ishlab chiqilgan;

pushta olgich-o‘g‘itlagichning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini uning takomillashtirilgan ishchi qismlarining parametrlari va ish rejimlariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari analitik bog‘lanishlar bilan asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bir yo‘la pushta olishda unga qatlamlab mineral o‘g‘itlarni soladigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

mahalliy tuproq sharoiti va ekin turi talablariga mos balandlikdagi pushtalar hosil qilish jarayoni va bir yo‘la o‘g‘itlarni ikki qatlamga turli kenglikda solish usuli va uni amalga oshiradigan pushta olgich-o‘g‘itlagich konstruksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi, jumladan Quyichirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 avgustdagi 02/023-229-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlik ildizlari tarmoqlanadigan hududlarga mineral o‘g‘itlarni joylashtirishni ta’minlaydigan qurilma konstrusiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;

pushta olgich-o‘g‘itlagich o‘g‘itlarni pushtaning 10-12 sm chuqurlikdagi yuqori qatlami va simmetriya o‘qiga nisbatan ikki tomoniga 8-10 sm oraliq va kenglikda hamda 25-30 sm chuqurlikdagi pastki qatlamida esa simmetriya o‘qi bo‘ylab joylashtirishni ta’minlaydigan maqbul parametrlari, yuqorigi va pastki qatlamlardagi joylarga beriladigan o‘g‘it miqdorlarining har birini alohida-alohida rostlash mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi, jumladan Chust tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 avgustdagi 02/023-229-son ma’lumotnomasi). Natijada beriladigan barcha o‘g‘itlarni qatlamlar bo‘yicha belgilangan nisbatda taqsimlash imkoni yaratilgan;

pushtalarni o‘zaro simmetrik joylashtirilgan sferik disklar yordamida hosil qiladigan pushta olgich-o‘g‘itlagich O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi, jumladan Qo‘rg‘ontepa tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 avgustdagi 02/023-229-son ma’lumotnomasi). Natijada yonilg‘idan 1,4-1,6 martagacha iqtisod qilinishiga va foydalanishdagi xarajatlar hamda mehnat sarfini 19,1-22,8 foizga kamayishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish