Mirzoev Ma’sudjon Kimsanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farzona Xo‘jandiy she’rlarida xalq madaniyatining badiiy talqini”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3112.
Ilmiy rahbar: Matlubai Mirzoyunus (Xojaeva), filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash..
Rasmiy opponentlar: Xujaqulov Sirojiddin Xolmahmadovich, filologiya fanlari doktori; Ulmasova Zamiraxon Habibulloevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent (Tojikiston).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Farzona Xo‘jandiy she’rlarida xalq madaniyati elementlaring badiiy aks etishi, ularning o‘ziga xos poetik ifodasi hamda ijtimoiy-g‘oyaviy va badiiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farzona Xo‘jandiyning ijodi misolida xalq madaniyatining badiiy talqini adabiyot tarixining turli bosqichlarida zamon, muhit, g‘oya va mafkura ta’siri ostida turlicha xususiyat kasb etgani, yozma adabiyot va xalq og‘zaki ijodi bir tarixiy davrda badiiy ijodning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qutbini tashkil qilishi isbotlangan;
Farzona ming yildan ortiq tarixga ega xalq og‘zaki ijodi unsurlari va an’anaviy madaniyatining turli  shakl va janrlarini fors-tojik yozma adabiyotida aks ettirish ijodiy an’ananing tamoyil va usullaridan samarali foydalanganligi, biroq bu foydalanish shoirning o‘ziga xos uslubi va badiiy tafakkuri orqali betakror tarzda ifoda etilgani dalillangan;
shoira she’riyatida mif va ertaklar, xalq madaniyati unsurlari zaminida betakror obrazlar, shoirona ifodalar yaratgani, so‘zlashuv uslubi xalqona so‘z va iboralardan unumli foydalanish; so‘zlashuv uslubidan andoza olish; takror badiiy san’atidan keng foydalanish orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘z asarlarida folklor syujetlari va obrazlaridan foydalanishda Farzona zamonaviy insonning ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqib induvidual yondashgani, milliy va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda ham katta ahamiyatga ega ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farzona she’riyatida xalq madaniyati unsurlarining badiiy talqinini tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy xulosa va natijalar asosida:
Farzona Xo‘jandiyning ijodi misolida xalq madaniyatining badiiy talqini adabiyot tarixining turli bosqichlarida zamon, muhit, g‘oya va mafkura ta’siri ostida turlicha xususiyat kasb etgani, yozma adabiyot va xalq og‘zaki ijodi bir tarixiy davrda badiiy ijodning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qutbini tashkil qilishi yuzasidan bildirilgan xulosa va ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assosiatsiyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan “Ma’naviy sog‘lom oila – mustahkam jamiyat poydevori” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Respublika bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assossatsiyasi Farg‘ona viloyat bo‘limining 2024-yil 12-yanvardagi 01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligi oshgan;
Farzona ming yildan ortiq tarixga ega xalq og‘zaki ijodi unsurlari va an’anaviy madaniyatining turli  shakl va janrlarini fors-tojik yozma adabiyotida aks ettirish ijodiy an’ananing tamoyil va usullaridan samarali foydalanganligi, biroq bu foydalanish shoirning o‘ziga xos uslubi va badiiy tafakkuri orqali betakror tarzda ifoda etilgani xususidagi taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 21-yanvardagi 02-22/16-son ma’lumotnomasi). Natijada targibot tadbirlarining samaradorligi oshgan;
shoira she’riyatida mif va ertaklar, xalq madaniyati unsurlari zaminida betakror obrazlar, shoirona ifodalar yaratgani, so‘zlashuv uslubi xalqona so‘z va iboralardan unumli foydalanish; so‘zlashuv uslubidan andoza olish; takror badiiy san’atidan keng foydalanish orqali namoyon bo‘lishiga oid xulosa va to‘plangan tajribalaridan hamda o‘z asarlarida folklor syujetlari va obrazlaridan foydalanishda Farzona zamonaviy insonning ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqib induvidual yondashgani, milliy va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda ham katta ahamiyatga ega ekanligi xususidagi xulosalardan 2017-2023-yillar mobaynida tojik tilida efirga uzatilgan 100 dan ortiq maxsus ko‘rsatuvlarda foydalangan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-dekabrdagi 02-12/24-son ma’lumotnomasi). Natijada tojik tilida efirga uzatilgan maxsus ko‘rsatuvlar tojik xalqi madaniyati, urf-odat va milliy an’analarini tarannum etishga, aholi, xususan, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga, nutq madaniyatining yuksalishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish