Ibragimova Odina Kamoldinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bolani maktabgacha ta’lim muhitiga moslashtirishning psixologik omillari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P637.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Gulxumor Raxmonjonovna, psixologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bekova Shamsiya Djabborovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolani maktabgacha ta’lim muhitiga moslashtirishning psixologik omillarini baholash asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga ijtimoiy moslashuvida birlamchi faktorlar sifatida «ota-onaga bo‘lgan ijobiy munosabat», «aka-opaning bolaga pozitiv bahosi» hamda «bobo-buvining ma’naviy-kollegial qo‘llab-quvvatlashi» aniqlangani holda, bola shaxsining emotsional, konativ, kognitiv, irodaviy-motivatsion sohalariga «kompleks» ta’sir – ikkilamchi-pedagogik aspektlar bo‘lishi dalillangan;
bolaning «adaptatsiya inqirozi» davrini «stimulli travmalarsiz» kechishini ta’minlashda ota-onaning juftlik sifatidagi roli statik ko‘rinishdaligi isbotlanib, «o‘yinchoq terapiya», «simbiotik psixopatronaj», «diatik stimulizatsiya» orqali «psixobiotik leytmotiv» bo‘lishi dalillangan;
MTTga ijtimoiy moslashuv kichik maktabgacha yosh davrida jins, yosh jihatlariga ko‘ra muayyan differensial tafovutlarga ega emasligi aniqlanib, «qulay oilaviy sharoit»ga addiktivlik bolada adaptatsion jarayonlarning sekinlanishida yuzaga keltirishi, oiladagi ichki konflikt bolada «g‘am-anduh»dan qutulish yo‘li sifatida faqat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lishi mumkinligi haqida prizmatik-stereotipik tasavvur hosil qilishi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim tashkilotiga ijtimoiy moslashuvning pedagogik atributlari sifatida «harakatlar demonstratsiyasi», «pedagogik instruktaj», «psixologik dramatizatsiya» dalillanib, moslashuv davrining «o‘rta», «engil» hamda «og‘ir» turlari differensiatsiyasiga ko‘ra, tarbiyalanuvchilarga separativ ko‘rinish orqali individual hamda guruhiy tartibdagi psixokorreksion mashg‘ulotlar, pedagog va ota-onalarning kombinativ usullari bola ijtimoiylashuvidagi asosiy mexanizmlar «richagi» ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bolani maktabgacha ta’lim muhitiga moslashtirishning psixologik omillarini tadqiq etish bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga ijtimoiy moslashuvida birlamchi faktorlar sifatida «ota-onaga bo‘lgan ijobiy munosabat», «aka-opaning bolaga pozitiv bahosi» hamda «bobo-buvining ma’naviy-kollegial qo‘llab-quvvatlashi» aniqlangani holda, bola shaxsining emotsional, konativ, kognitiv, irodaviy-motivatsion sohalariga «kompleks» ta’sir – ikkilamchi-pedagogik aspektlar bo‘lishi dalillashga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-167-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-167-a son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga ijtimoiy moslashuvida birlamchi faktorlar sifatida «ota-onaga bo‘lgan ijobiy munosabat», «aka-opaning bolaga pozitiv bahosi» hamda «bobo-buvining ma’naviy-kollegial qo‘llab-quvvatlashi»ni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bolaning «adaptatsiya inqirozi» davrining «stimulli travmalarsiz» kechishini ta’minlashda ota-onaning juftlik sifatidagi roli statik ko‘rinishdaligi isbotlanib, «o‘yinchoq terapiya», «simbiotik psixopatronaj», «diadik stimulizatsiya» orqali «psixobiotik leytmotiv» bo‘lishi dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-167-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-167-a son ma’lumotnomasi). Natijada bolaning «adaptatsiya inqirozi» davrini «stimulli travmalarsiz» kechishini ta’minlashda ota-onaning juftlik sifatidagi roli statik ko‘rinishdaligini ilmiy tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
MTTga ijtimoiy moslashuv maktabgacha yosh davrida jins, yosh jihatlariga ko‘ra muayyan differensial tafovutlarga ega emasligi aniqlanib, «qulay oilaviy sharoit»ga addiktivlik bolada adaptatsion jarayonlarning sekinlanishida yuzaga kelishi, oiladagi ichki konflikt bolada «g‘am-anduh»dan qutulish yoʻli sifatida faqat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lishi mumkinligi haqida prizmatik-stereotipik tasavvur hosil qilishi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-167-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-167-a son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotiga ijtimoiy moslashuv davrida jins, yosh jihatlariga ko‘ra muayyan differensial tafovutlarga ega emasligi aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotiga ijtimoiy moslashuvning pedagogik atributlari sifatida «harakatlar demonstratsiyasi», «pedagogik instruktaj», «psixologik dramatizatsiya» dalillanib, moslashuv davrining «o‘rta», «engil» hamda «og‘ir» turlari differensiatsiyasiga ko‘ra, tarbiyalanuvchilarga separativ ko‘rinish orqali individual hamda guruhiy tartibdagi psixokorreksion mashg‘ulotlar, pedagog va ota-onalarning kombinativ usullari bola ijtimoiylashuvidagi asosiy mexanizmlar «richagi» ekanligi aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-167-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-167-a son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotiga ijtimoiy moslashuvning pedagogik atributlari sifatida «harakatlar demonstratsiyasi», «pedagogik instruktaj», «psixologik dramatizatsiya»si ustuvor harakterga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.