Axmedova Zarrina Jamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatiga moslashuv motivatsiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P625.
Ilmiy rahbar: Jabborov Xazrat Xusenovich psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ashurov Ramziddin Ramazonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatiga moslashuv motivatsiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda yangi ma’lumotlarni qabul qilishga nisbatan ta’sirchanlikni namoyon bo‘lishiga ko‘ra, o‘ziga ishonch, ijodkorlik, mas’uliyatlilik, hamkorlikda faoliyat yuritish, mustaqil qaror qabul qilish kabi psixologik omillarning darajaviy ifodalanishiga asoslanib o‘quv jarayoniga moslashuvchanlikning differensial jihatlari dalillangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktabga moslashishida ta’limiy topshiriqlarni bajarishdagi aqliy imkoniyatlarning (kognitiv) rivojlanish dinamikasi, o‘qishga nisbatan ijobiy emotsional munosabatni (hissiy-irodaviy) barqarorlashuvi, o‘z faoliyati natijalarini adekvat baholash (baholovchi)ni ta’lim jarayonida ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli o‘quv motivatsiyasi yetakchi omil ekanligi dalillangan;
bolalarni maktabga tayyorlash natijasida kreativ tafakkur, badiiy-estetik ta’sirchanlikni fikrlash ravonligi, moslashuvchanligining dinamik rivojlanishi ta’limga moslashishda ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib ilmiy-ijodiy tafakkurni shakllanish indikatorlari ochib berilgan va ularning yuqori, quyi darajalari aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv faoliyatiga moslashishining psixologik modeli o‘ziga adekvat baho berish, o‘zini va boshqalarni anglash, muloqotchanlik, tashkilotchilik bilan bog‘liq ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligi tufayli «kognitiv boshqaruvchanlik», «emotsional», «konativ boshqaruvchanlik» komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatiga moslashuv motivatsiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bolalarda yangi ma’lumotlarni qabul qilishga nisbatan ta’sirchanlikni namoyon bo‘lishiga ko‘ra, o‘ziga ishonch, ijodkorlik, mas’uliyatlilik, hamkorlikda faoliyat yuritish, mustaqil qaror qabul qilish kabi psixologik omillarning darajaviy ifodalanishiga asoslanib o‘quv jarayoniga moslashuvchanlikning differensial jihatlari dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-162-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-162a-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarni o‘quv faoliyatiga moslashuv jarayonlariga ta’sir qiluvchi differensial psixologik omillari aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktabga moslashishida ta’limiy topshiriqlarni bajarishdagi aqliy imkoniyatlarning (kognitiv) rivojlanish dinamikasi, o‘qishga nisbatan ijobiy emotsional munosabatni (hissiy-irodaviy) barqarorlashuvi, o‘z faoliyati natijalarini adekvat baholash (baholovchi)ni ta’lim jarayonida ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli o‘quv motivatsiyasi yetakchi omil ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-162-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-162a-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning maktabga moslashishiga o‘quv motivatsiyasining ta’siri ochib berilgan;
bolalarni maktabga tayyorlash natijasida kreativ tafakkur, badiiy-estetik ta’sirchanlikni fikrlash ravonligi, moslashuvchanligining dinamik rivojlanishi ta’limga moslashishda ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib ilmiy-ijodiy tafakkurni shakllanish indikatorlari ochib berilgan va ularning yuqori, quyi darajalari aniqlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-162-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-162a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarni maktabga moslashishining psixologik indikatorlarini belgilash va uning darajalari aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv faoliyatiga moslashishning psixologik modeli o‘ziga adekvat baho berish, o‘zini va boshqalarni anglash, muloqotchanlik, tashkilotchilik bilan bog‘liq ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligi tufayli «kognitiv boshqaruvchanlik», «emotsional», «konativ boshqaruvchanlik» komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-162-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-162a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarni maktabga moslashishining takomillashtirilgan psixologik modeli asosida dasturi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi baholangan.