G‘aybullaev A’zam Axadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarda milliy qadriyat shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P689.
Ilmiy rahbar: Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Muxtorov Erkin Mustafoevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent; Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarda milliy qadriyat shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash asosida zarur taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda milliy qadriyatlarni shakllantirishda ularning o‘sha yosh davriga xos bo‘lgan «hokimiyatga intilish», «yutuqlarga intilish», «gedonizm», «stimulyasiya», «mustaqillik», «universallik», «mehribonlik», «an’analar», «konformlilik» va «xavfsizlik» kabi ustuvor sifatlarini inobatga olish samarali ekanligi  asoslangan;
talabalarda milliy qadriyatlarni shakllannishi «kasbiy», «moliyaviy», «oilaviy», «ijtimoiy», «jamoat», «ma’naviy», «jismoniy» va «aqliy» kabi tayanch ijtimoiy qadriyatlarni namoyon bo‘lishidagi gender farqlar tufayli ularning xulq-atvorida ijobiy motivatsiyasini rivojlanishiga identiv ekanligi asoslangan;
talabalarda milliy qadriyat shakllanishini ta’minlovchi tayanch mezonlarni «mehmondo’stlik» «g‘amxo’rlik»,  «ahillik» va  «hojatbarorlik» kabi fazilatlarni xulqda ustuvor namoyon bo‘lishi shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini hamda o‘ziga ishonchini ijobiyligi, o‘zini o‘zi hurmat qilish, boshqalardan ijobiy munosabatni kutish kabi sifatlarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli, qadriyatlar tizimiga bog‘liq holda differensiatsiyalash zarurati asoslangan;
talabalar xulq-atvorida «dahldorlik» fazilatini shakllanganligi milliy qadriyatlarni shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi «etnonigilizm», «milliy  befarqlik», «gipoidentlik», «etnoegoizm», «etnoizolyasionizm», «etnofanatizm» va «giperidentlik» kabi illatlarni pasaytirganligiga asoslanib shaxsda o‘z milliy qadriyatlariga nisbatan  sog‘lom sotsializatsiyani namoyon qilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda milliy qadriyat shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda milliy qadriyatlarni shakllantirishda ularning o‘sha yosh davriga xos bo‘lgan «hokimiyatga intilish», «yutuqlarga intilish», «gedonizm», «stimulyasiya», «mustaqillik», «universallik», «mehribonlik», «an’analar», «konformlilik» va «xavfsizlik» kabi ustuvor sifatlarini inobatga olish samarali ekanligi  asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-avgustdagi PM-161-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-avgustdagi 11-05-ho51/04-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy qadriyat muammosiga oid ilmiy manbaalar tahlil qilingan va tadqiqod maqsadiga mos ravishda tizimlashtirilgan;
talabalarda milliy qadriyatlarni shakllannishi «kasbiy», «moliyaviy», «oilaviy», «ijtimoiy», «jamoat», «ma’naviy», «jismoniy» va «aqliy» kabi tayanch ijtimoiy qadriyatlarni namoyon bo‘lishidagi gender farqlar tufayli ularning xulq-atvorida ijobiy motivatsiyasini rivojlanishiga identiv ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-161-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-avgustdagi 11-05-ho51/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda milliy qadriyat shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillar (yosh, jins, hudud kesimida) aniqlashtirilgan;
talabalarda milliy qadriyat shakllanishini ta’minlovchi tayanch mezonlarni «mehmondo’stlik» «g‘amxo’rlik»,  «ahillik» va  «hojatbarorlik» kabi fazilatlarni xulqda ustuvor namoyon bo‘lishi shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini hamda o‘ziga ishonchini ijobiyligi, o‘zini o‘zi hurmat qilish, boshqalardan ijobiy munosabatni kutish kabi sifatlarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli, qadriyatlar tizimiga bog‘liq holda differensiatsiyalash zarurati dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-161-son buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-avgustdagi 11-05-ho51/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda milliy qadriyat shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening dasturlari ishlab chiqilgan va uning samaradorligi baholangan;
talabalar xulq-atvorida «dahldorlik» fazilatini shakllanganligi milliy qadriyatlarni shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi «etnonigilizm», «milliy  befarqlik», «gipoidentlik», «etnoegoizm», «etnoizolyasionizm», «etnofanatizm» va «giperidentlik» kabi illatlarni pasaytirganligiga asoslanib shaxsda o‘z milliy qadriyatlariga nisbatan  sog‘lom sotsializatsiyani namoyon qilganligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-161-son buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-avgustdagi 11-05-ho51/04-son ma’lumotnomasi). Natijada soha vakillari uchun talabalarda milliy qadriyat shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish