Sattorova Shalola Bobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mirzo Bedil falsafasida olam va odam munosabatlari”, 09.00.03 –Falsafa tarixi  (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal952
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Huseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Amriddinova Dilrabo Tursunovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Raxmatova Xolida Xoliqovna, falsafa fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Mirzo Bedilning olam va odam munosabatlariga oid qarashlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mirzo Abdulqodir Bedilning “Debocha”, “Nuqot” va “Ruqa’ot” asarlaridagi so‘fiyona, axloqiy estetik qarashlari tasavvuf nazariyasidagi “vahdati vujud” ta’limotiga asoslanganligi hamda ontologik masalalarda ruhiy olamning moddiy oalmga munosabati, baqo va fano, borliq va yo‘qlik kabi dialektik munosabatlar ustuvorligi falsafiy ochib berilgan;
mutafakkirning “Muhiti a’zam”, “Ma’rifat to‘ri” va “Hayrat tilsimi” masnaviylaridagi antropologik qarashlarida tanosux nazariyasi va tavakkul ta’limotining tanqid qilinganligi hamda komil inson tushunchasining ma’rifatparvarlik, muruvvat va odamiylik tamoyillari bosh g‘oya sifatida ulug‘langanligi asoslab berilgan;
Mirzo Bedil falsafiy dunyoqarashi islom, so‘fiylik, antik dunyo va qadimgi hind falsafasiga asoslanganligi, ijtimoiy qarashlarining gumanistik mohiyatida oilaviy tarbiya, bunyodkorlik, axloqiy tarbiya, do‘stlik omili ustuvorligi aniqlashtirilgan;
allomaning “Irfon” dostonidagi antropologik qarashlarida aql va ilm omili, inson qadrini ratsional tamoyillar asosida yuksaltirish, do‘stlik, karamlilik, adolat kabi mezonlar va jamiyat taraqqiyotida ta’lim, axloqiy tarbiyaga oid g‘oyalarning yoshlarning ma’naviy kamol toptirish hamda ma’naviy-axloqiy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mirzo Abdulqodir Bedil falsafiy qarashlaridag olam va odam munosabatlariga oid g‘oyalarni tahlil etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Mirzo Abdulqodir Bedilning “Debocha”, “Nuqot” va “Ruqa’ot” asarlaridagi so‘fiyona, axloqiy estetik qarashlari tasavvuf nazariyasidagi “vahdati vujud” ta’limotiga asoslanganligi hamda ontologik masalalarda ruhiy olamning moddiy oalmga munosabati, baqo va fano, borliq va yo‘qlik kabi dialektik munosabatlar ustuvorligiga oid ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Ilmiy ekspert Kengashi tomonidan tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlarning dunyoqarashni shakllantirishga oid risolalarda va qo‘llanmalarni tayyorlashda tarqatma material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 18-sentyabrdagi 04-12/185 son ma’lumotnomasi ). Natijada, Bedil falsafiy qarashlari qo'mitaning asosiy vazifalarida keltirilgan ilmiy o‘rganish asosida olingan ilmiy ma’lumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik to'’lamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritish, halqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga xizmat qilgan;
mutafakkirning “Muhiti a’zam”, “Ma’rifat to‘ri” va “Hayrat tilsimi” masnaviylaridagi antropologik qarashlarida tanosux nazariyasi va tavakkul ta’limotining tanqid qilinganligi hamda komil inson tushunchasining ma’rifatparvarlik, muruvvat va odamiylik tamoyillari bosh g‘oya sifatida ulug‘langanligiga doir nazariy umumlashma va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-son “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” (2021-2022 yy) amaliy loyihasining “Diniy va milliy qadriyatlar tadqiqotining yangi ilmiy paradigma va metodologiyasi”ni yaratishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 9-oktyabrdagi 04/11-6324-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mirzo Bedilning hayoti va ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqishini ortishiga, yoshlarning ma’rifiy-madaniy va ilmiy salohiyatini oshirishga, dunyoqarashini kengaytirishga hamda milliy va diniy qadriyatlar tarixiy-falsafiy, ilmiy an’analar va inson tarbiyasi kabi masalalar doirasida tahlillarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
Mirzo Bedil falsafiy dunyoqarashi islom, so‘fiylik, antik dunyo va qadimgi hind falsafasiga asoslanganligi, ijtimoiy qarashlarining gumanistik mohiyatida oilaviy tarbiya, bunyodkorlik, axloqiy tarbiya, do‘stlik omili ustuvorligi kabi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 6-noyabrdagi 02-22/1212-son ma’lumotnomasi). Natijada, Bedil ta’limotida olam va odam munosabatlar falsafasini nazariy va amaliy jihatdan tizimlashtirishga xizmat qilgan;
allomaning “Irfon” dostonidagi antropologik qarashlarida aql va ilm omili, inson qadrini ratsional tamoyillar asosida yuksaltirish, do‘stlik, karamlilik, adolat kabi mezonlar va jamiyat taraqqiyotida ta’lim, axloqiy tarbiyaga oid g‘oyalarning yoshlarning ma’naviy kamol toptirish hamda ma’naviy-axloqiy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rniga oid xulos va takliflardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Dolzarb mavzu”, “Assalom Buxoro”, “Til-millat kuzgusi”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlash va tadqiqotchi bilan bevosita surbat olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-noyabrdagi 02/09-322-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni inson hayotini qadrlashga o‘rgatish, bilim va ma’rifat, axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashning maqbul usullari haqidagi xulosalar teletomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish