Maxmudova Mar`yamjon Xaitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda non mahsulotlarini ishlab chiqarish va qo‘llashni NASSR  sistemasida tashkillashtirishni gigienik asoslash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3024.
Ilmiy rahbar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzakarimova Maloxat Abduvoxidovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy tanqidiy nuqtalarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy etish orqali non mahsulotlarining ifloslanishi va ularning kamayishi uchun xavf omillarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar va qishloq aholisining yosh va jinsga mos ravishda mavsumiy non mahsulotlari (qolipli non, milliy yopgan non, qo‘shimchali va qo‘shimchasiz non) haqiqiy iste’molining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari isbotlangan;
har xil turdagi korxonalarda va uy sharoitida milliy non mahsulotlarini ishlab chiqarishda aniqlangan ortiqcha tuz miqdorini hamda ishlab chiqarish davomida belgilangan me’yor talabalarini nazorat qilishning Codex standartiga muvofiq III guruh xavf omili darajasining tanqidiy nuqtalari isbotlangan;
sanoat va hunarmandchilik usulida ishlab chiqariladigan asosiy turdagi non mahsulotlarining ozuqaviy va biologik qiymati, tarkibidagi vitaminlarning turli haroratlarda farqli xususiyatlariga ko‘ra parchalanishining nisbiy ko‘rsatkichlari asoslangan;
NASSR tizimi joriy etilganda mikrobiologik ishlab-chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish, ya’ni barcha turdagi non mahsulotlari uchun MAFAnM miqdorini 2-2,5 barobar pasaytirish orqali ishlab chiqarilayotgan non mahsulotlari sifati yaxshilanishi, shuningdek ishlab chiqarish xarajatining kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda non mahsulotlarini ishlab chiqarish va qo‘llashni NASSR  sistemasida tashkillashtirishni gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: shahar va qishloq aholisining yosh va jinsga mos ravishda mavsumiy non mahsulotlari (qolipli non, milliy yopgan non, qo‘shimchali va qo‘shimchasiz non) haqiqiy iste’molining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 30 noyabrda 81-p/1414-son bilan tasdiqlangan «Aholi o‘rtasida un va don mahsulotlarini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar» va 2023 yil 10 yanvarda 81-p/156-son bilan tasdiqlangan «Un va non mahsulotlarini ishlab chiqarishda NASSR tizimi asosida tahlika omillariga ishlab baho berish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarmasi bo‘yicha 24.04.2024 yildagi 64-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 60-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shahar va qishloq aholisining yilning turli fasllarida iste’mol qilgan non mahsulotlaridan qoliplangan non, milliy yopgan non, qo‘shimchali non, qo‘shimchasi nonni yosh va jinsiga mos ravishda haqiqiy iste’molining son va sifat ko‘rsatkichining ortiqchaligi va ayniqsa yilning qish-bahor faslidagi ortiqcha iste’moli aholining salomatlik holatining izdan chiqishi ortiqcha tana vazni va turli darajadagi semizlik bilan birgalikda alimentar bog‘liq kasalliklar rivojlanishiga sharoit yaratilganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 540000 so‘m byudjet mablag‘lari shahar va qishloq aholsi orasida non mahsulotlaridan qoliplangan non, milliy yopgan non, qo‘shimchali non, qo‘shimchasi non yil fasllarida yosh va jinsiga mos ravishda haqiqiy iste’molining son va sifat ko‘rsatkichi isbotlashi natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: har xil turdagi korxonalarda va uy sharoitida milliy non mahsulotlarini ishlab chiqarishda aniqlangan ortiqcha tuz miqdorini hamda ishlab chiqarish davomida belgilangan me’yor talabalarini nazorat qilishning Codex standartiga muvofiq III guruh xavf omili darajasining tanqidiy nuqtalari isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 30 noyabrda 81-p/1414-son bilan tasdiqlangan «Aholi o‘rtasida un va don mahsulotlarini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar» va 2023 yil 10 yanvarda 81-p/156-son bilan tasdiqlangan «Un va non mahsulotlarini ishlab chiqarishda NASSR tizimi asosida tahlika omillariga ishlab baho berish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarmasi bo‘yicha 24.04.2024 yildagi 64-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 60-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: har xil turdagi korxona va uy sharoitida non mahsulotlari ishlab chiqarish davomida ortiqcha tuzining miqdorini hamda ishlab chiqarish davomida belgilangan talabalarni nazorat qilishning tanqidiy xavf nuqtalari Codex standartiga muvofiq milliy turlarini ishlab chiqarishda III guruh xavf omili darajasi isbotlangani turli yosh va jins guruhlarida statik charchashga etarli darajada sharoit yaratganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 540000 so‘m byudjet mablag‘lari har xil turdagi korxona va uy sharoitida non mahsulotlari ishlab chiqarish davomida ortiqcha tuzining miqdorini hamda ishlab chiqarish davomida belgilangan talabalarni nazorat qilishning tanqidiy xavf nuqtalari Codex standartiga muvofiq milliy turlarini ishlab chiqarish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: sanoat va hunarmandchilik usulida ishlab chiqariladigan asosiy turdagi non mahsulotlarining ozuqaviy va biologik qiymati, tarkibidagi vitaminlarning turli haroratlarda farqli xususiyatlariga ko‘ra parchalanishining nisbiy ko‘rsatkichlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 30 noyabrda 81-p/1414-son bilan tasdiqlangan «Aholi o‘rtasida un va don mahsulotlarini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar» va 2023 yil 10 yanvarda 81-p/156-son bilan tasdiqlangan «Un va non mahsulotlarini ishlab chiqarishda NASSR tizimi asosida tahlika omillariga ishlab baho berish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarmasi bo‘yicha 24.04.2024 yildagi 64-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 60-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sanoat va hunarmandchilik usullarida ishlab chiqariladigan asosiy turdagi non mahsulotlarining ozuqaviy va biologik qiymatini farqli xususiyatlari tarkibidagi vitaminlarning turli haroratlarda parchalanishning nisbiy ko‘rsatkichlari natijasida vitaminlar etishmasligi natijasidagi xastaliklarning yuzaga kelishi bilan bog‘liqligi izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 540000 so‘m byudjet mablag‘lari sanoat va hunarmandchilik usullarida ishlab chiqariladigan asosiy turdagi non mahsulotlarining ozuqaviy va biologik qiymatini farqli xususiyatlari tarkibidagi vitaminlarning turli haroratlarda parchalanishning nisbiy ko‘rsatkichlari tahlil qilish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: NASSR tizimi joriy etilganda mikrobiologik ishlab-chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish, ya’ni barcha turdagi non mahsulotlari uchun MAFAnM miqdorini 2-2,5 barobar pasaytirish orqali ishlab chiqarilayotgan non mahsulotlari sifati yaxshilanishi, shuningdek ishlab chiqarish xarajatining kamayishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 30 noyabrda 81-p/1414-son bilan tasdiqlangan «Aholi o‘rtasida un va don mahsulotlarini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar» va 2023 yil 10 yanvarda 81-p/156-son bilan tasdiqlangan «Un va non mahsulotlarini ishlab chiqarishda NASSR tizimi asosida tahlika omillariga ishlab baho berish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarmasi bo‘yicha 24.04.2024 yildagi 64-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 60-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:  HACCP tizimini joriy qilgan holda non mahsulotlarining turlari bo‘yicha KMAFAnM ko‘rsatkichlarining ortishi, an’anaviy texnologiya bilan 1x102,8 KOE/g milliy turdagi mahsulotlarda KMAFAnMni HACCP tizimi joriy etilgandan so‘ng 1x101,4±0,1 KOE/g gacha, qolipli nonda 1x103 KOE/g dan 1x102±0,1 KOE/g gacha kamayishi 1x103 dan ortiq bo‘lmaganda me’yorga mos kelishi NASSR tizimining o‘rni va ahamiyatini baholash imkonini berganligi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 540000 so‘m byudjet mablag‘lari HACCP tizimini joriy qilgan holda non mahsulotlarining turlari bo‘yicha mikrobiologik ko‘rsatkichlarni me’yorga moslashtirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish