Osetrova Vlada Anatolevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston fortepiano musiqasining stilistik tendensiyalari (Mustafo Bafoev ijodi misolida)», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/San240.
Ilmiy rahbar: Qosimxo‘jaeva Saida Botirovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2021.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Kirnarskaya Dina Konstantinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Ergasheva Chinora Ergash qizi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston kompozitorlari fortepiano asarlarining stilistik xususiyatlarini fortepiano musiqasining tarixiy an’analari kontekstida zamonaviy kompozitorlik texnikasining milliylik bilan uyg‘unligini M.Bafoevning ijodi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston kompozitorlarining fortepiano asarlarida romantizmning xalqchilligi, miniatyura janriga xos bo‘lgan dasturiylik, milliylikni bo‘rttirib ko‘rsatish jihatlari; neoklassisizmning mahobatli obrazlar yaratish, avvalgi davrlarga murojaat etish orqali qadimiy janrlardan foydalanish jihatlari; impressionizmning taassurotlarni musiqada aks ettirish jihatlari keng qo‘llanilgani dalillangan;
O‘zbekiston kompozitorlari tomonidan fortepiano musiqasining folklor (Alpomish, Oybarchin, Yalmog‘iz kampir), tarixiylik (Amir Temur, al-Xorazmiy, Tagor), milliy sozlarga immitatsiyalilik (fortepianoning o‘rta registrida g‘ijjak, tanbur sozlariga) kabi musiqiy bo‘yoqlar bilan boyitilgani kompozitor Mustafo Bafoevning fortepiano asarlari misolida isbotlangan;
M.Bafoevning fortepiano ijodi misolida milliylikni ifoda etishda zamonaviy kompozitorlik yozuv texnikalaridan kollaj, aleatorika, sonorika, atonal musiqaning ko‘rinishlaridan registlarning kvarta-kvinta xarakati, oktavalarga sakrashlar kabi o‘ziga xos ko‘rinishlaridan unumli foydalanish mumkin ekanligi aniqlangan;
kompozitorlar tomonidan tanlangan badiiy maqsad-romantizm, neoklassisizm, neoimpressionizm kabi taqdimot uslublarining ifodaviy vositalarini belgilab berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston kompozitorlarining fortepiano asarlarida romantizmning xalqchilligi, miniatyura janriga xos bo‘lgan dasturiylik, milliylikni bo‘rttirib ko‘rsatish jihatlari; neoklassisizmning mahobatli obrazlar yaratish, avvalgi davrlarga murojaat etish orqali qadimiy janrlardan foydalanish jihatlari; impressionizmning taassurotlarni musiqada aks ettirish jihatlari keng qo‘llanilgani O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2023 yil 25 apreldagi 01-04/36-76-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh bastakorlar va musiqashunoslar O‘zbekiston kompozitorlari ijodiyotida stilistik tendensiyalarining rivojlanish bosqichlari xususida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan tasavvurlarda ega bo‘lganlar;
O‘zbekiston kompozitorlari tomonidan fortepiano musiqasining folklor (Alpomish, Oybarchin, Yalmog‘iz kampir), tarixiylik (Amir Temur, al-Xorazmiy, Tagor), milliy sozlarga immitatsiyalilik (fortepianoning o‘rta registrida g‘ijjak, tanbur sozlariga) kabi musiqiy bo‘yoqlar bilan boyitilgani kompozitor Mustafo Bafoevning fortepiano asarlari “O‘zbekiston 24” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “San’at olamida” eshittirishining ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2023 yil 17 oktyabrdagi 03-09-565-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarda zamonaviy O‘zbekiston kompozitorlarining fortepiano musiqasi haqida tasavvurlar xosil bo‘lib, yangi  ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
M.Bafoevning fortepiano ijodi misolida milliylikni ifoda etishda zamonaviy kompozitorlik yozuv texnikalaridan kollaj, aleatorika, sonorika, atonal musiqaning ko‘rinishlaridan registlarning kvarta-kvinta xarakati, oktavalarga sakrashlar kabi o‘ziga xos ko‘rinishlaridan unumli foydalanish mumkin ekanligi xususidagi tadqiqoti materiallaridan “Yoshlar” kanali teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Yoshlar” kanalining 2023 yil 27 noyabrdagi 01-05-01/256-son ma’lumotnoma). Natijada teletomoshabinlarda zamonaviy O‘zbekiston kompozitorlarining fortepiano ijodi xususida qiziqarli ma’lumotlar va muayyan taassurotlar shakllangan;
kompozitorlar tomonidan tanlangan badiiy maqsadning romantizm, neoklassisizm, neoimpressionizm kabi  uslublarining ifodaviy vositalari, musiqiy akkord va kuyning turli registlarda yoyilgan holatda ifodalanishi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali teleko‘rsatuvi ssenariysida foydalanilgan (“Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2023-yil 28-noyabr 01-02-01/239-son ma’lumotnoma). Natijada ko‘rsatuv ishtirokchilari va teletomoshabinlarida Mustafo Bafoevning fortepiano asarlari haqida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish