Xudoyberdiev Jamshid Juraboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Institusional o‘zgarishlar sharoitida kambag‘allikni kamaytirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3179
Ilmiy rahbar: Mamaraximov Bekzod Erkinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2021.I.16.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Mambetjanov Qaxramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abulqosimov Murod Xasanovich, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda institutsional o‘zgarishlar sharoitida kambag‘allikni kamaytirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mazmuni alohida shaxs yoki oilalar iqtisodiy holatining ko‘rsatkichi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini aks ettiruvchi xususiyat ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra kambag‘allikni vujudga kelishi va kengayishining asosiy omillari mahalliy-hududiy shart-sharoitlarga bog‘liqligini ifodalovchi institutsional nazariyalarga muvofiq mahallaning birlamchi ixtisoslashuvi natijasida kelib chiquvchi yangi, qo‘shimcha imkoniyatlar asosida ikkilamchi mahallalararo ixtisoslashuv doirasidagi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish asosida aholi bandligi va daromadini oshirish taklifi asoslangan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “zanjirli ta’sir samarasi” yondashuvi mazmunidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimiyat kesimida iqtisodiy, ma’muriy, tashkiliy, huquqiy va ijtimoiy vositalarni jalb etgan holda aholini kambag‘allik ta’siriga tushib qolishining oldini olishga yo‘naltirilgan maxsus komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasining ulushini aniqlash hamda unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy natijalar va yangiliklar amaliyotga tatbiq etilgan:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “kambag‘allik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni alohida shaxs yoki oilalar iqtisodiy holatining ko‘rsatkichi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini aks ettiruvchi xususiyat ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-1137-302-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi talabalarda ijtimoiy shaxs yoki oilalar iqtisodiy ahvolining ko‘rsatkichi sifatida ularning holatini ifodalab, iqtisodiy sharoitlarini aks ettiruvchi xususiyat ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “kambag‘allik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini bergan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra kambag‘allikni vujudga kelishi va kengayishining asosiy omillari mahalliy-hududiy shart-sharoitlarga bog‘liqligini ifodalovchi institutsional nazariyalarga muvofiq mahallaning birlamchi ixtisoslashuvi natijasida kelib chiquvchi yangi, qo‘shimcha imkoniyatlar asosida ikkilamchi mahallalararo ixtisoslashuv doirasidagi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish asosida aholi bandligi va daromadini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 avgutdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 01/00-26/00-259 xdfu-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi mahallada aniqlangan aholi va tadbirkorlik subektlarining hududiy darajadagi muammolarini hokim yordamchilari bilan mahalla ettiligi hamkorlikda tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilganligi sababli tadbirkorlarning faoliyati yanada jadallashishiga imkon yaratgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “zanjirli ta’sir samarasi” yondashuvi mazmunidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimiyat kesimida iqtisodiy, ma’muriy, tashkiliy, huquqiy va ijtimoiy vositalarni jalb etgan holda aholini kambag‘allik ta’siriga tushib qolishining oldini olishga yo‘naltirilgan maxsus komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 01/00-26/00-259 xdfu-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-son qaroriga muvofiq, «mahallabay» ishlash tizimi orqali kambag‘al aholi bilan manzilli ishlash yo‘llari samaradorligini oshirish yo‘nalishida aholini kambag‘allikdan chiqarish dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini tashkil etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasining ulushini aniqlash hamda unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 01/00-26/00-259 xdfu-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlarini oshirish asosida kambag‘allik darajasini 2026 yilga qadar 2 barobar kamaytirishning tizimli yo‘naltirilgan iqtisodiy vositalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.