Rosstal`naya Marianna Leont`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollar jinsiy a’zolarida o‘tkir uchli kondilomalarning o‘sishi trigger omillari va ularni davolash», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3032.
Ilmiy raxbar: Porsoxonova Delya Fozilovna,  tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizov Baxodir Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori;.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollar jinsiy a’zolarida o‘tkir uchli kondilomalarning paydo bo‘lishi, o‘sishi va asoratlangan kechishida yetakchi omillarni o‘rganish va ularni davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollar genital a’zolarining o‘tkir uchli kondilomalari o‘sishi va qaytalanishiga ta’sir etuvchi trigger va omillar aniqlandi. Qaytalanib kechishga olib keluvchi sabablar: kech murojaat qilish, murojaat qilganda faqatgina O‘UK destruksiyasi bilan chegaralanish, JYOYuIga tekshiruv o‘tkazilmaganlik, OPV ning ekstragenital o‘choqlarda joylashishi isbotlangan;
o‘tkir uchli kondilomali bemorlarda bachadon bo‘yini zararlanishi quyidagi ko‘rinishda isbotlandi: yallig‘lanish (95,7%), eroziya (23,4%), papillomatoz (36,2%), hamda 2- (48,9%) va 3- (40,4%) darajali RAR-testa, ya’ni bachadon bo‘ynini displaziyasiga olib kelib OPV ga zaxira joy bo‘lishi va o‘z navbatida O‘UK qaytalanishiga olib kelishi isbotlangan;
Ureaplasma Urealyticum (40,2%), HSV-I (35,6%), HSV-II (28,7%), HPV 16/18 (25,3%), hamda yondosh mikroloralardan Candida albicans (43,7%), Gardnerella vaginalis (41,4%), Staphylococcus aureus (20,7%), Staphylococcus haemolyticus 15 (17,2%) O‘UK lar asoratli kechishi va qaytalanishlar rivojalanishiga olib kelishi isbotlangan;
TNF-b (4,2 marta) va IL 18 (5,1 marta) lar miqdorining bir necha bor oshishi O‘UK asoratli va qaytalanuvchi bemorlar guruxida virus bosimining oshishi  va bu o‘z navbatida qo‘shimcha tizimli virusga qarshi davo olib borishni isbotlangan;
topik FDT bilan birgalikda SO2 lazerdestruksiyani o‘z ichiga olgan yuqori samarali kompleks davo usuli ishlab chiqildi va bu usul to‘qimalar regeneratsiyasini tezlashtirib yallig‘lanish reaksiyasini kamaytiradi, virusga va bakteriyaga qarshi samaraga erishiladi va qaytalanishlar soni pasaeshi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollar jinsiy a’zolarida o‘tkir uchli kondilomalarning olib keluvchi omillarni o‘rganish va ularni davolash buyicha ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marotaba, O‘UK o‘sishiga ta`sir qiluvchi ma’lum sabablar va triggerdan tashqari, yana qo‘zg‘atuvchi  omillar ro‘yxati to‘ldirildi, ular orasida: OPV bir nechta turlarini (shu jumladan onkogen turlarini) aniqlash; OPV qo‘shimcha genital (bachadon bo‘yni) va ekstragenital o‘choqlarini aniqlash; jinsiy aloqa qilish  (davolash paytida); maishiy omillar (umumiy gigiena vositalaridan foydalanish, ichki kiyimlarni sanitariya-gigiena jixatdan  etarli darajada obrabotka qilmaslik); kech va bu kasallikga aloqador bo‘lmagan shifokorlarga murojaat qilish; tos a’zolarining surunkali yallig‘lanish jarayonlari; yondosh UGT virusli va bakterial infeksiyalari; kamqonlik; homiladorlik; antibiotiklar, gormonal dorilar va ssitostatiklarni qabul qilish. Ushbu triggerlarni hisobga olish diagnostika bosqichini, asossiz tekshiruvlar va aralashuvlarni, shuningdek kasallikning qaytalanish sonini kamaytiradi. To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun sarflangan davrning 5-6 kundan 2-3 kungacha qisqarishiga erishiladi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filiali amaliyotiga 20.02.2023 yil 43-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali amaliyotiga 24.02.2023 yil 29-sonli buyrug‘i 1§ bilan kiritilgan. Ijtimoiy samaradorligi: asosiy tibbiy – ijtimoiy triggerlarni aniqlash uchun taklif qilgan anonim so‘rovnoma O‘UK erta bosqichda o‘sishi va qaytalanishini aniqlash xamda bartaraf etish bilan asoratlar, asossiz aralashuvlar va qaytalanishlarning oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning qo‘shimcha aniqlangan triggerlarini hisobga olgan holda tashxisot bosqichi o‘rtacha 2 baravarga kamaygan va kaytalanishlar foyzi 20-25, bu yotoq - kunlar hisobida 2 yotoq - kunini tashkil qilgan. 1 yotoq - kunining narxi 165000 so‘mdan kelib chiqqan holda, 87 bemor uchun samaradorlik 28710000 so‘mni tashkil qilgan. O‘UKni tez-tez qaytalanuvchi kechishini (oyga 2-3 marta kuzatiladi) hisobga olgan holda an’anaviy tekshirish va davolashning usullarini qo‘llanilganda o‘rtacha, 1,7 million so‘mdan 6,5 million so‘mgacha qo‘shimcha harajatlarni tashkil qilgan. Tavsiya etilgan davolash usuli natijalariga ko‘ra, O‘UKni qaytalanishining qisqarishi kuzatilgan bo‘lib, bu qo‘shimcha davolash kurslarini olishni kamaytirgan va 87 bemor uchun 147900000 so‘mni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: 54,0 foiz ayollarda aniqlangan O‘UK asoratli va kaytalanuvchi kechishiga  kasallikning 10 kundan oshiq davom etishi, avvalgi terapiya faqat O‘UK destruksiyasi bilan cheklanganligi, urogenital traktning yondosh infeksiyalari (ureaplazmoz, OUV 1, OUV 2, kandidoz), bachadon bo‘ynida qo‘shimcha OPV o‘choqlari mavjudligi (papillomatoz (36,2%), yallig‘lanish (95,7%) va eroziv (23,4%) tabiatli), RAR-testining 2 (48,9%) va 3 (40,4%) darajasi bilan birga kelishi, ekstragenital OPV o‘choqlari mavjudligi sabab bulgan. Ilmiy tadqiqotlar natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filiali amaliyotiga 20.02.2023 yil 43-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali amaliyotiga 24.02.2023 yil 29-sonli buyrug‘i 1§ bilan kiritilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir uchli kondilomalarining asoratli kechishi bo‘lgan ayollar kontingentida urogenital traktning hamroh infeksiyalari (ureaplazmoz, gardnerellyoz, kandidoz, gerpesvirus infeksiyalari) aniqlangan, shuningdek, 36,2% holatda OPV qo‘shimcha o‘choqlari shaklida bachadon bo‘yni zararlanishi kuzatilgan bo‘lib, ularni o‘z vaqtida skrining tekshirishga jalb qilishi va displaziya masalasi bo‘yicha monitoring o‘tkazilishi kerak. Iqtisodiy samaradorligi: O‘UK asoratli kechishi va bachadon bo‘yni zararlanishini o‘z vaqtida aniqlash kolposkopik suratning yaxshilanishiga va bundan kelib chiqqan holatda displaziya rivojlanishini pasaytirdi, va davolash shifoxonada  qolish muddati va O‘UKni qaytalanishini o‘rtacha 30% dan 5% gacha qisqartirish imkonini bergan, bu yotoq kunlar hisobida 3 yotoq - kunini tashkil qilgan. 1yotoq - kunining narxi 165000 so‘mdan kelib chiqqan holda, 87 bemor uchun samaradorlik 43065000 so‘mni tashkil qilgan. O‘UKni tez-tez qaytalanuvchi kechishini (oyga 2-3 marta kuzatiladi) hisobga olgan holda an’anaviy tekshirish va davolashning usullarini qo‘llanilganda o‘rtacha, 1,7 million so‘mdan 6,5 million so‘mgacha qo‘shimcha harajatlarni tashkil qilgan. Taklif etilgan davolash usuli natijalariga ko‘ra, O‘UKni qaytalanishining qisqarishi kuzatilgan bo‘lib, bu qo‘shimcha davolash kurslarini olishni kamaytirgan va 87 bemor uchun 147900000 so‘mni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: O‘UK kechishini og‘irlashtiradigan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan patogenlar qo‘zg‘atuvchilari spektri, shu jumladan, Ureaplasma Urealyticum (40,2%), HSV-I (35,6%), HSV-II (28,7%), HPV 16/18 (25,3%), xamda hamroh mikroflora tarkibini Candida albicans (43,7%), Gardnerella vaginalis (41,4%), Staphylococcus aureus (20,7%), Staphylococcus haemolyticus 15 (17,2%) tashkil etishi aniqlangan. Ilk bora O‘UK bilan og‘rigan bemorlarda gerpesvirus infeksiyasining foni PZR usuli tomonidan tasdiqlangan IFA usuli yordamida aniqlangan, bu ayollarning 64,5 % da musbat bo‘lgan xamda immunitetning pasayishi va natijada O‘UKning tez-tez qaytalanuvchi kechishi omili bo‘lishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filiali amaliyotiga 20.02.2023 yil 43-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali amaliyotiga 24.02.2023 yil 29-sonli buyrug‘i 1§ bilan kiritilgan. Ijtimoiy samaradorligi: UGT mikroflorasini o‘z vaqtida aniqlash va davolash yallig‘lanish jarayonining og‘irligini kamaytirishga imkon bergan va O‘UKni destruksiyadan keyingi reabilitatsiya davrini sezilarli darajada engillashtirgan. Iqtisodiy samaradorligi: O‘UKni klinik kechishini og‘irlashtiradigan infeksiyalarning asosiy spektri ko‘rsatilgan, hamroh patogen mikroflora borligiga gumon qilinganda mikrobiologik va PZR tadqiqotlarni belgilash imkonini bergan. 1yotoq - kunining narxi 165000 so‘mdan kelib chiqqan holda, 87 bemor uchun samaradorlik 43065000 so‘mni tashkil qilgan. O‘UKni tez-tez qaytalanuvchi kechishini (oyga 2-3 marta kuzatiladi) hisobga olgan holda an’anaviy tekshirish va davolashning usullarini qo‘llanilganda o‘rtacha, 1,7 million so‘mdan 6,5 million so‘mgacha qo‘shimcha harajatlarni tashkil qilgan. Tavsiya etilgan davolash usuli natijalariga ko‘ra, O‘UKni qaytalanishining qisqarishi kuzatilgan bo‘lib, bu qo‘shimcha davolash kurslarini olishni kamaytirgan va 87 bemor uchun 147 900 000 so‘mni tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik. O‘UKning asoratli va tez-tez qaytalanuvchi kechishi bo‘lgan bemorlarning kichik guruhida TNF-b miqdorining 4,2 marotaba ortishi xamda UGT tomonidan kuchli yallig‘lanish reaksiyasi fonida IL-18 miqdorining 5,1 baravar ko‘payishi, virus yuklamasi darajasini tavsiflashi va tizimli antivirus terapiya uchun asos bo‘lgan. Ilmiy tadqiqotlar natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filiali amaliyotiga 20.02.2023 yil 43-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali amaliyotiga 24.02.2023 yil 29-sonli buyrug‘i 1§ bilan kiritilgan. Ijtimoiy samaradorligi: TNF-α va IL-18 yallig‘lanish sitokinlar titrining 4-5 baravar ortishi  yuqori virus yuklamasi fonida O‘UKning asoratli kechishi belgilaridan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin va tizimli antivirus terapiya zarurligini ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: O‘UKning asoratli kechishida kuzatiladigan muhim yallig‘lanish sitokinlar spektri topilgan va aniqlashtirilgan, bu qaytalanishlarni kamashtirish imkonini bergan va davolash samaradorligini monitoringni baholashda foydalanilgan. 1yotoq - kunining narxi 165000 so‘mdan kelib chiqqan holda, 87 bemor uchun samaradorlik 43065000 so‘mni tashkil qilgan. O‘UKni tez-tez qaytalanuvchi kechishini (oyga 2-3 marta kuzatiladi) hisobga olgan holda an’anaviy tekshirish va davolashning usullarini qo‘llanilganda o‘rtacha, 1,7 million so‘mdan 6,5 million so‘mgacha qo‘shimcha harajatlarni tashkil qilgan. Tavsiya etilgan davolash usuli natijalariga ko‘ra, O‘UKni qaytalanishining qisqarishi kuzatilgan bo‘lib, bu qo‘shimcha davolash kurslarini olishni kamaytirgan va 87 bemor uchun 147900000 so‘mni tejash imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik. O‘UKni CO2 lazerodestruksiya qilinganidan keyingi reabilitatsiya davrida antivirus, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi maqsadda xamda og‘riqni kamaytirish, to‘qimalarning regeneratsiyasini tezlashtirish va oldini olish uchun FDTni qo‘llanishi asoslangan, bu tashqi virusga qarshi terapiyaga yaxshi alternativa bo‘lishi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filiali amaliyotiga 20.02.2023 yil 43-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali amaliyotiga 24.02.2023 yil 29-sonli buyrug‘i 1§ bilan kiritilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘UKning CO2 lazerodestruksiya qilinganidan keyingi reabilitatsiya davrida kompleks davolashga FDTni kiritilishi reabilitatsiya davrini qisqarishi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi, xamda qaytalanishlar sonini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: O‘UKning asoratlanmagan va asoratsiz shakllarini davolashning kompleks usuli taklif qilingan va amalga oshirilgan, bu reabilitatsiya davrini 3-5 kunga va qaytalanishlar sonini 30 dan 5% gacha kamaytirishga imkon bergan. 1yotoq - kunining narxi 165000 so‘mdan kelib chiqqan holda, 87 bemor uchun samaradorlik 43065000 so‘mni tashkil qilgan. O‘UKni tez-tez qaytalanuvchi kechishini (oyga 2-3 marta kuzatiladi) hisobga olgan holda an’anaviy tekshirish va davolashning usullarini qo‘llanilganda o‘rtacha, 1,7 million so‘mdan 6,5 million so‘mgacha qo‘shimcha harajatlarni tashkil qilgan. Taklif etilgan davolash usuli natijalariga ko‘ra, O‘UKni qaytalanishining qisqarishi kuzatilgan bo‘lib, bu qo‘shimcha davolash kurslarini olishni kamaytirgan va 87 bemor uchun 147900000 so‘mni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish