Ochilova Ozoda Odilovnaning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Apparat-programmali televizion mikroskopni ishlab chiqish», 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T202.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Kaxar Pattaxovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli maqsadlar uchun ishlatiladigan televizion mikroskoplarni va qattiq jismlar, optik materiallar, qon tomirlari va biologik to‘qimalarning yuzasi suratlarni qiyosiy taqqoslash qurilmasini takomillashtirish, shuningdek, qiyoslanayotgan ob’ektlarning o‘xshashligini aniqlashda xalqa tasvirlarining Muar buzilishini aniqlash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ob’ekt yuzasini qiyosiy analiz qilish qurilmasiga tasvir maydonlarini birlashtirish bloki va kuzatish blokidan iborat bo‘lgan maxsus okulyarli mikroskop, yo‘nalishini o‘zgartiruvchi ko‘zgular va televizion kamera orqali qattiq jism sirtidagi tasvirlarni taqqoslash qurilmasi yaratilgan (№IAP 04195-2010 y.);
interferension N`yuton xalqalari hosil qiluvchi tasvirlarning Muar buzilishini aniqlash usuli ishlab chiqilgan (№IAP 04195-2010 y.);
qattiq jismlar hamda biologik ob’ektlar tasvirlarining mul`tipleks gologrammali yozish usuli ishlab chiqilgan;
tasvirni shakllantirishda ta’sir etuvchi omillarni inobatga oluvchi (kuzatishda yoritish burchaklari orasidagi farqlar, yoritilganlik darajasi va yorug‘likdan aks etgan nurlar) kompyuterda tasvir yuzasiga ishlov beruvchi maxsus dasturiy vosita ishlab chiqilgan.
IV. Ixtiroga patenti: «Ob’ekt yuzasining sur’ati bo‘yicha uni qiyosiy analiz uchun qurilma», №IAP 04195-2010 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 4 iyuldagi 02-11/1703-son xulosasi.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Apparat-dasturiy televizion mikroskopni takomillashtirish usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan televizion mikroskop MChJ Mikroelektronika va maxsus texnika ilmiy ishlab chiqarish markazi (“Melma”)ning tadqiqotlar jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 apreldagi 33-8/3007-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan mikroskop xo‘jalik shartnomasi asosida apparat-programmali televizion mikroskoplarni, mikrotuzilishlarni namoyish qilish va 3 kanalli mikroskoplardan foydalangan holda gistologiya va patalogik anatomiyani o‘rganishda qo‘llay olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan televizion mikroskop Yadro fizikasi institutining ilmiy tadqiqotlar jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 apreldagi 33-8/3007-son, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 7 sentyabrdagi 2/1255-2396-son ma’lumotnomalari). Ilmiy tadqiqot natijasida metallik aralashmalar bilan legirlangan matrisada kichik o‘lchamli metalografik holatlarning hosil bo‘lishini o‘rganish, qattiq jismli elektronika materiallari va mahsulotlarining xususiyatlari, legirlangan kristallarning radiatsion ishlov berishdagi optimal rejimlarini aniqlash, ularning sifat va bir jinsli darajasini oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan televizion mikroskop Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Oftal`mologiya kafedrasi klinik jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 apreldagi 33-8/3007-son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 iyuldagi 8n-4/198-son ma’lumotnomalari). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan mikroskop fokal tekisligini rostlash uchun okulyarga o‘rnatilgan maxsus ob’ektiv va tasvirni videotutqich platasi, «KarlZeiss» operatsion mikroskop bazasida yaratilgan televizion mikroskop, kompyuter monitori ekranida ko‘z to‘qimalarining tuzilishi va jarroh olib borayotgan manipulyasiyalarning etarli darajadagi sifatli tasvirlarini olish imkonini bergan.