Karimova Nargiza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 kasalligi o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida yurak qon tomir tizimi o‘zgarishlari” 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. PhD/Tib1901.
Ilmiy raxbar: Bobomuratov Turdiqul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furqat Muhitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 kasalligini o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida yurak shikastlanishini erta tashxislash va bashoratlash maqsadida yurak qon-tomir tizimidagi o‘zgarish hususiyatlarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv tahlillar asosida bolalarda COVID-19 kasalligida pulsoksimetriyada qon oksigenatsiyasining pasayishining 66,3% bolalarda - SpO2≥90% hamda 33,7% bolalarda - SpO2<90% ko‘rsatkichlarda kuzatilishi, mul`tispiral tomografiyada o‘pkaning shikastlanishini 30-60% oralig‘ida qayd etilishi, fon (58,6%) va yondosh (57,9%) kasalliklarning mavjudligi 33,7% bemorlarda kasallikning og‘ir, 66,3% bemorlarda kasallikning o‘rtacha og‘ir kechishiga olib kelishi isbotlangan;
bolalarda COVID-19 kasalligini o‘tkazgandan keyingi erta tiklanish davrida aniqlangan yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining o‘rta og‘ir va og‘ir kechishi infeksion-yallig‘lanish omillari – eritrotsitlar cho‘kish tezligi (EChT) ning 14,95±1,69 mm/soat ga oshishi, S-reaktiv oqsil miqdorini izchil ravishda 28,20±1,68 mg/l ga oshishi, IL-6 darajasini COVID-19ning o‘rtacha-og‘ir va ayniqsa og‘ir holatlari bo‘lgan bolalarda 59,46±6,96 pg/ml ga oshishi, taxikardiya (55.2% bemorlarda) va yurak sohasidagi og‘riq (56.3% bemorlarda) belgilari bilan namoyon bo‘lishi, tiklanish davrida reabilitatsiya jarayonlarining etarli darajada tashkil etilmaganligi sababli saqlanib qolganligi isbotlangan;
COVID-19 infeksion jarayonini og‘ir hamda o‘rta og‘ir darajada o‘tkazgan bolalarda kasallikning tiklanish davrida miokard shikastlanishi markerlari - Keratinfosfakinaza-MV(KFK-MV) fraksiyasining faolligi 47,90±2,31 ME/l ga oshishi, Troponin-T (Tr-T) faolligi 1,65±0,9 ng/ml ga oshishi, laktodegidrogenaza (LDG) faolligining 674,75±18,3 ME/l ga oshishi, yurak funksional buzilishlari, xususan, blokada (75%) va ekstrasistoliya (22%) ko‘rinishidagi turli aritmiya belgilarining aniqlanishi, ExoKG tekshiruvida chap qorincha bo‘shlig‘ining dilyatatsiyasi, o‘ng qorincha bo‘shlig‘ining sezilarli darajada kengayishi, qon otish fraksiyasining pasayishi, miokard qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishi isbotlangan;
COVID-19 ni o‘tkazgan bolalarni tiklanish davrida olib borish uchun ishlab chiqilgan “bemorlarni nazorat qilish algoritmi” (kardialgiya, taxikardiya, yurak shikastlanish markerlarining oshishi) va “yurak shikastlanishi xavfini baholash mezonlari” (MSKT, EKG, ExoKG, Tr-T, KFK-MV, IL-6) ni qo‘llash yurak-qon tomir shikastlanishlarini erta tashxislash, surunkali kardit asorati rivojlanishini oldini olish hamda bemorlarni statsionar yoki ambulator tizimda davolashni prognozlash samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 kasalligi o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida yurak qon tomir tizimi o‘zgarishlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: retrospektiv tahlillar asosida bolalarda COVID-19 kasalligida pulsoksimetriyada qon oksigenatsiyasining pasayishining 66,3% bolalarda - SpO2≥90% hamda 33,7% bolalarda - SpO2<90% ko‘rsatkichlarda kuzatilishi, mul`tispiral tomografiyada o‘pkaning shikastlanishini 30-60% oralig‘ida qayd etilishi, fon (58,6%) va yondosh (57,9%) kasalliklarning mavjudligi 33,7% bemorlarda kasallikning og‘ir, 66,3% bemorlarda kasallikning o‘rtacha og‘ir kechishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi fan va tibbiyot ta’limi bo‘limining ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 6 yanvar 8n-p/20-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan bolalarda yurak qon-tomir tizimi tomonidan kelib chiqadigan asoratlarning rivojlanish xavfi prognozi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bolalar kardiorevmatologiyasi bo‘limi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 90-sonli hamda Zangiota-1 ixtisoslashtirilgan Respublika shifoxonasi bo‘yicha 10.08.2023 yildagi 164-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/47-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bolalarda COVID-19ning klinik-laborator ko‘rinishlarining kompleks retrospektiv tahlilini o‘rganish ushbu yosh guruhidagi infeksiya kechishining spesifik xususiyatlarini aniqlashtirish va erta tashxis qo‘yish uchun klinik indikatorlarni aniqroq belgilash va o‘z vaqtida davolashni boshlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalarda COVID-19ning klinik-laborator ko‘rinishlarining kompleks retrospektiv tahlilini o‘rganishga bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 229106 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan, umumiy 103 nafar bemor bolalar uchun hisoblanganda 23597918 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bolalarda COVID-19ning klinik-laborator ko‘rinishlarining kompleks retrospektiv tahlilini o‘rganishga har bir bemor uchun byudjetdan tejalgan mablag‘lar 229106 so‘mni tashkil etgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda COVID-19 kasalligini o‘tkazgandan keyingi erta tiklanish davrida aniqlangan yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining o‘rta og‘ir va og‘ir kechishi infeksion-yallig‘lanish omillari – eritrotsitlar cho‘kish tezligi (EChT) ning 14,95±1,69 mm/soat ga oshishi, S-reaktiv oqsil miqdorini izchil ravishda 28,20±1,68 mg/l ga oshishi, IL-6 darajasini COVID-19ning o‘rtacha-og‘ir va ayniqsa og‘ir holatlari bo‘lgan bolalarda 59,46±6,96 pg/ml ga oshishi, taxikardiya (55.2% bemorlarda) va yurak sohasidagi og‘riq (56.3% bemorlarda) belgilari bilan namoyon bo‘lishi, tiklanish davrida reabilitatsiya jarayonlarining etarli darajada tashkil etilmaganligi sababli saqlanib qolganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi fan va tibbiyot ta’limi bo‘limining ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 6 yanvar 8n-p/20-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan bolalarda yurak qon-tomir tizimi tomonidan kelib chiqadigan asoratlarning rivojlanish xavfi prognozi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bolalar kardiorevmatologiyasi bo‘limi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 90-sonli hamda Zangiota-1 ixtisoslashtirilgan Respublika shifoxonasi bo‘yicha 10.08.2023 yildagi 164-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/47-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bolalarda COVID-19 kasalligini o‘tkazgandan keyingi erta tiklanish davrida aniqlangan yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining o‘rta og‘ir va og‘ir kechishi infeksion-yallig‘lanish omillari – eritrotsitlar cho‘kish tezligi (EChT) ning 14,95±1,69 mm/soat ga oshishi, S-reaktiv oqsil miqdorini izchil ravishda 28,20±1,68 mg/l ga oshishi, IL-6 darajasini COVID-19ning o‘rtacha-og‘ir va ayniqsa og‘ir holatlari bo‘lgan bolalarda 59,46±6,96 pg/ml ga oshishi, taxikardiya (55.2% bemorlarda) va yurak sohasidagi og‘riq (56.3% bemorlarda) belgilari bilan namoyon bo‘lishi, tiklanish davrida reabilitatsiya jarayonlarining etarli darajada tashkil etilmaganligi sababli saqlanib qolganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 dan keyin erta tiklanish davrida bolalarning klinik-laborator xususiyatlarini o‘z vaqtida tekshirish bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 440000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan, umumiy 103 nafar bemor bolalar uchun hisoblanganda 45320000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: COVID-19 dan keyin erta tiklanish davrida bolalarning klinik-laborator xususiyatlarini o‘z vaqtida tekshirish 1 nafar bemor hisobidan 440000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksion jarayonini og‘ir hamda o‘rta og‘ir darajada o‘tkazgan bolalarda kasallikning tiklanish davrida miokard shikastlanishi markerlari - Keratinfosfakinaza-MV(KFK-MV) fraksiyasining faolligi 47,90±2,31 ME/l ga oshishi, Troponin-T (Tr-T) faolligi 1,65±0,9 ng/ml ga oshishi, laktodegidrogenaza (LDG) faolligining 674,75±18,3 ME/l ga oshishi, yurak funksional buzilishlari, xususan, blokada (75%) va ekstrasistoliya (22%) ko‘rinishidagi turli aritmiya belgilarining aniqlanishi, ExoKG tekshiruvida chap qorincha bo‘shlig‘ining dilyatatsiyasi, o‘ng qorincha bo‘shlig‘ining sezilarli darajada kengayishi, qon otish fraksiyasining pasayishi, miokard qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi fan va tibbiyot ta’limi bo‘limining ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 6 yanvar 8n-p/20-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan bolalarda yurak qon-tomir tizimi tomonidan kelib chiqadigan asoratlarning rivojlanish xavfi prognozi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bolalar kardiorevmatologiyasi bo‘limi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 90-sonli hamda Zangiota-1 ixtisoslashtirilgan Respublika shifoxonasi bo‘yicha 10.08.2023 yildagi 164-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/47-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksion jarayonini og‘ir hamda o‘rta og‘ir darajada o‘tkazgan bolalarda kasallikning tiklanish davrida miokard shikastlanishi`markerlari - Keratinfosfakinaza-MV(KFK-MV) fraksiyasining faolligi 47,90±2,31 ME/l ga oshishi, Troponin-T (Tr-T) faolligi 1,65±0,9 ng/ml ga oshishi, laktodegidrogenaza (LDG) faolligining 674,75±18,3 ME/l ga oshishi, yurak funksional buzilishlari, xususan, blokada (75%) va ekstrasistoliya (22%) ko‘rinishidagi turli aritmiya belgilarining aniqlanishi, ExoKG tekshiruvida chap qorincha bo‘shlig‘ining dilyatatsiyasi, o‘ng qorincha bo‘shlig‘ining sezilarli darajada kengayishi, qon otish fraksiyasining pasayishi, miokard qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishi isbotlangan Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksion jarayonini og‘ir hamda o‘rta og‘ir darajada o‘tkazgan bolalarda kasallikning tiklanish davrida miokard shikastlanishi markerlari - Keratinfosfakinaza-MV(KFK-MV) fraksiyasining faolligi 47,90±2,31 ME/l ga oshishi, Troponin-T (Tr-T) faolligi 1,65±0,9 ng/ml ga oshishi, laktodegidrogenaza (LDG) faolligining 674,75±18,3 ME/l ga oshishi, yurak funksional buzilishlari, xususan, blokada (75%) va ekstrasistoliya (22%) ko‘rinishidagi turli aritmiya belgilarining aniqlanishi, ExoKG tekshiruvida chap qorincha bo‘shlig‘ining dilyatatsiyasi, o‘ng qorincha bo‘shlig‘ining sezilarli darajada kengayishi, qon otish fraksiyasining pasayishi, miokard qisqaruvchanlik funksiyasining pasayganligi aniqlanib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 229106 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan, umumiy xisobda 103 nafar bemor xisobiga 23597918 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida miokard zararlanish markeralarini tekshirish har bir bemor uchun byudjetdan tejalgan mablag‘lar 229106 so‘mni tashkil etgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ni o‘tkazgan bolalarni tiklanish davrida olib borish uchun ishlab chiqilgan “bemorlarni nazorat qilish algoritmi” (kardialgiya, taxikardiya, yurak shikastlanish markerlarining oshishi) va “yurak shikastlanishi xavfini baholash mezonlari” (MSKT, EKG, ExoKG, Tr-T, KFK-MV, IL-6) ni qo‘llash yurak-qon tomir shikastlanishlarini erta tashxislash, surunkali kardit asorati rivojlanishini oldini olish hamda bemorlarni statsionar yoki ambulator tizimda davolashni prognozlash samaradorligini oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi fan va tibbiyot ta’limi bo‘limining ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 6 yanvar 8n-p/20-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan bolalarda yurak qon-tomir tizimi tomonidan kelib chiqadigan asoratlarning rivojlanish xavfi prognozi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bolalar kardiorevmatologiyasi bo‘limi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 90-sonli hamda Zangiota-1 ixtisoslashtirilgan Respublika shifoxonasi bo‘yicha 10.08.2023 yildagi 164-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/47-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ni o‘tkazgan bolalarni tiklanish davrida olib borish uchun ishlab chiqilgan “bemorlarni nazorat qilish algoritmi” (kardialgiya, taxikardiya, yurak shikastlanish markerlarining oshishi) va “yurak shikastlanishi xavfini baholash mezonlari” (MSKT, EKG, ExoKG, Tr-T, KFK-MV, IL-6) ni qo‘llash yurak-qon tomir shikastlanishlarini erta tashxislash, surunkali kardit asorati rivojlanishini oldini olish hamda bemorlarni statsionar yoki ambulator tizimda davolashni prognozlash samaradorligini oshirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bolalarni reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish maqsadida tiklanish davrida yurak shikastlanishini tashxislash va bashorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 29,6%ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bolalarni reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish maqsadida tiklanish davrida yurak shikastlanishini tashxislash va bashorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmi har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 29,6 %ga tejashga yordam bergan.