Abdujalilova Maftuna Shuhrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan nomi): “COVID-19 o‘tkazgan bronxial astma bilan kasallangan bolalarda klinik-laborator va psixosomatik xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib 2739.
Ilmiy rahbar: Xalmatova Barno Turdixodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardonqul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furqat Muhiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Gomel davlat tibbiyot universiteti (Belarussiya).
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astma fonida COVID-19 bilan kasallangan bolalarning klinik-laborator xususiyatlarini xamda psixosomatik holatini baxolash orkali tashxislash va olib borish chora tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bronxial astma fonida COVID-19 o‘tkazgan bolalarda quruq qiynovchi yo‘tal, tomoq va qorindagi og‘riq, hid sezmaslik, qon zardobida magniy miqdorining kamayishi klinik-laborator ma’lumotlarning o‘ziga xos xususiyatlari ekanligi aniqlangan;
bronxial astma fonida COVID-19 bilan og‘rigan bolalarning shaxsiy xususiyatlarining ustuvor simptomlar majmuasi bemorning yoshi va jinsi, kasallikning og‘irlik darajasi, davomiyligiga qarab aniqlangan.
bronxial astma  fonida COVID-19 bilan kasallangan bolalarning qon zardobidagi magniy miqdori  bilan psixologik himoya qilish mexanizmlari o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
 bronxial astma fonida koronavirus infeksiyasi o‘tkazgan bolalarga reabilitatsiya davrida tarkibida magniy bo‘lgan preparatni yoshiga mos dozada berish orqali psixosomatik xolatni korreksiya qilish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan bronxial astma bilan kasallangan bolalarda klinik-laborator va psixosomatik xususiyatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bronxial astma fonida COVID-19 o‘tkazgan bolalarda klinik-laborator ma’lumotlarning o‘ziga xos xususiyatlari (quruq qiynovchi yo‘tal, tomoq va qorindagi og‘riq, hid sezmaslik, qon zardobida Magniy miqdorining kamayishi) aniqlanib, COVID-19 o‘tkazgan bronxial astmasi mavjud bolalarning psixosomatik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2022 yil 24 iyundagi 8 n-p/724 son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan bronxial astmasi mavjud bolalarning psixosomatik holatining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridag 35-sonli oilaviy poliklinikasida 2022-yil 29-dekabrdagi 48-son buyrug‘i, Toshkent shahridagi 40-sonli oilaviy poliklinikada 2022-yil 16-dekabrdagi 309-son buyrug‘i, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 2023-yil 14-apreldagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 maydagi 05/120-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxial astma fonida korona virus infeksiyasini o‘tkazgan va o‘tkazmagan bolalarning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash va uni o‘z vaqtida bartaraf qilish bronxial astma xurujlari sonini kamaytirib, remissiya davrini uzaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bemor bolaning BA xuruj davrida statsionar sharoitda davolanishi bir koyka kuni uchun 130300 so‘mni tashkil etadi. Bolalarda bronxial astmaning xurujlariga sabab bo‘ladigan psixo-emotsional omillarni aniqlab, tegishli davolash chora-tadbirlari amalga oshirilisa har bir bemorga 130300 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi, 20 nafar bemordan esa 2600000 so‘mni tejaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bronxial astma fonida COVID-19 bilan og‘rigan bolalarning shaxsiy xususiyatlarining ustuvor simptomlar majmuasi bemorning yoshi va jinsi, kasallikning og‘irlik darajasi, davomiyligiga qarab aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2022 yil 24 iyundagi 8 n-p/724 son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan bronxial astmasi mavjud bolalarning psixosomatik holatining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridag 35-sonli oilaviy poliklinikasida 2022-yil 29-dekabrdagi 48-son buyrug‘i, Toshkent shahridagi 40-sonli oilaviy poliklinikada 2022-yil 16-dekabrdagi 309-son buyrug‘i, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 2023-yil 14-apreldagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 maydagi 05/120-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BA fonida korona virus infeksiyasini o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemor bolalarning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash va uni o‘z vaqtida bartaraf qilish BA xurujlari sonini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bemor bolaning BA xuruj davrida statsionar sharoitda davolanishi bir koyka kuni uchun 130300 so‘mni tashkil etadi. Bolalarda bronxial astmaning xurujlariga sabab bo‘ladigan psixo-emotsional omillarni aniqlab, tegishli davolash chora-tadbirlari amalga oshirilisa har bir bemorga 130300 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: Bronxial astma  fonida COVID-19 bilan kasallangan bolalarning qon zardobidagi Magniy miqdori  bilan psixologik himoya qilish mexanizmlari o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2022 yil 24 iyundagi 8 n-p/724 son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan bronxial astmasi mavjud bolalarning psixosomatik holatining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridag 35-sonli oilaviy poliklinikasida 2022-yil 29-dekabrdagi 48-son buyrug‘i, Toshkent shahridagi 40-sonli oilaviy poliklinikada 2022-yil 16-dekabrdagi 309-son buyrug‘i, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 2023-yil 14-apreldagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 maydagi 05/120-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BA fonida korona virus infeksiyasi o‘tkazgan va o‘tkazmagan bolalarda shaxsiy xususiyatlarini bilan birgalikda, qon zardobi tarkibidagi Magniy miqdori darajasi bilan shaxsiy xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqligi BA xurujlari soniga ta’siri mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: qon zardobida Magniy miqdori darajasi bilan psixoemotsional buzilishlarning o‘zaro bog‘liqligi, BA remissiya davriga ta’sir ko‘rsatib, tekshirish usulini takomillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: bir nafar bemor bolaning BA xuruj davrida statsionar sharoitda davolanishi bir koyka kuni uchun 130300 so‘mni tashkil etadi. Bolalarda bronxial astmaning xurujlariga sabab bo‘ladigan psixo-emotsional omillarni aniqlab, tegishli davolash chora-tadbirlari amalga oshirilisa har bir bemorga 130300 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: BA fonida koronavirus infeksiyasi o‘tkazgan bolalarga reabilitatsiya davrida tarkibida Magniy bo‘lgan preparatni yoshiga mos dozada berish orqali psixosomatik xolatni korreksiya qilish usuli takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2022 yil 24 iyundagi 8 n-p/723 son bilan tasdiqlangan «Bronxial astmasi mavjud bolalarning psixosomatik holatining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridag 35-sonli oilaviy poliklinikasida 2022-yil 29-dekabrdagi 48-son buyrug‘i, Toshkent shahridagi 40-sonli oilaviy poliklinikada 2022-yil 16-dekabrdagi 309-son buyrug‘i, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 2023-yil 14-apreldagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 maydagi 05/120-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BA fonida korona virus infeksiyasi o‘tkazgan va o‘tkazmagan bolalarda shaxsiy xususiyatlarini bilan birgalikda, qon zardobi tarkibidagi magniy miqdorini aniqlash, shaxsiy xususiyatlar bilan magniy miqdorining o‘zaro bog‘liqligi, davo muolajasiga magniy saqlovchi dori vositalarining qo‘shilishi BA xurujlari sonini kamaytiririb, BA astmasi mavjud bo‘lgan bemor bolalarni olib borishni takomillashtiradi. Iqtisodiy samaradorlik: bir nafar bemor bolaning BA xuruj davrida statsionar sharoitda davolanishi bir koyka kuni uchun 130300 so‘mni tashkil etadi. Bolalarda bronxial astmaning xurujlariga sabab bo‘ladigan psixo-emotsional omillarni aniqlab, tegishli davolash chora-tadbirlari amalga oshirilisa har bir bemorga 130300 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish