Husanova Shahlo Artiqalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mingtepaning O’zbekiston tarixida tutgan o’rni” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar776
Ilmiy rahbar: Matboboev Boqijon Xoshimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Mutalibjon, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot:   Namangan davlat universiteti
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Mingtepaning qadimgi (miloddan avvalgi IV – milodiy V asrlar) va yangi davr tarixi (XIX asr oxirlari – mustaqillik davri) misolida moddiy-ma’naviy madaniyat namunalarini o‘rganish hamda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlar tarixini yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ershi-Mingtepa misolida qadimgi (miloddan avvalgi IV asr – milodiy V asr), Rossiya imperiyasi, sovet davri va  mustaqillik yillarining evolyusion (tadrijiy) rivojlanish bosqichlariga doir  manbalar, arxeologik tadqiqot natijalari hamda ilmiy adabiyotlar tahlil etilib, ulardagi Mingtepa tarixiga oid umumiy xulosalar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berildi;
qadimiy Mingtepaning Buyuk Ipak yo‘li savdo chorrahasida joylashgani bu hududda savdo-sotiq aloqalarini hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga ta’siri, xususan, qadimiy maskanda hunarmandchilik, donli ekinlar etishtirish, bog‘dorchilik,  yilqichilik keng taraqqiy etishi, mahalliy aholi bu borada boy tajribaga ega bo‘lgani uchun ishlab chiqarishning bu tarmoqlari ayni shahar hayotining taraqqiy etishiga katta ta’sir ko‘rsatgani aniq dalillar bilan asoslangan;
Mingtepada Rossiya imperiyasi hukmronligining o‘rnatilishi, podsho hukumati mustamlakachilik siyosatining aholi turmush tarziga ta’siri, bu hududda mustamlaka zulmiga qarshi yuzaga kelgan xalq harakatlarining xususiyati, tarixiy “Mingtepa” nomini “Marhamat” nomiga o‘zgartirilishi sabablari, shuningdek, rusiyzabon aholining ko‘chirib keltirilishi oqibatida “Russkoe selo” qishlog‘ining barpo etilishi tarixi va mingtepaliklarning Aravonsoy sug‘orish tizimidagi muammolari ochib berildi;
mustaqillikning dastlabki yillaridagi iqtisodiy qiyinchiliklarni engish maqsadida Marhamat tumanida 1992-yilning “Mehr-shafqat yili” deb e’lon qilinishi, bu bo‘yicha tuman dasturi ishlab chiqilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko‘rsatilgan yordamning ijobiy ta’siri ochib berilgan. Ipakchilik sohasida “Ipak” fermer xo‘jaligi tomonidan yaratilgan serhosil “Marhamat-2017” navining jahon bozoriga olib chiqilishi statistik ma’lumotlar bilan asoslangan. Mingtepa tarixiy merosiga e’tibor, ushbu yodgorlikni O‘zbekistonning turizm salohiyatini namoyish etishdagi o‘rni  ko‘rsatib o‘tilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Mingtepa tarixi bo‘yicha tadqiqotlardan olingan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019-yil 16– 17-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida tadqiqot natijalari asosida “Mingtepa arxeologiya merosi obektida (miloddan avvalgi IV–III – milodiy V asrlar) turizmni rivojlantirish” loyihasi dissertant tomonidan Prezidentga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 2-dekabrdagi 04-08/7517-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha Prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlandi hamda Mingtepa tarixini targ‘ib qilish va tadqiq etish vazifasini qo‘yish tavsiya etildi. Natijada mazkur loyiha asosida 2023-yil 8–9-sentyabr kuni “Ko‘hna Dovon sirlari” arxeologiya turizm forumi va xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Ershi – Mingtepaning qadimgi (miloddan avvalgi IV asr – milodiy V asr), Rossiya imperiyasi, sovet davri va mustaqillik yillarining tadrijiy rivojlanish bosqichlari, 272 gektar maydonni egallagan Mingtepa yodgorligining Markaziy Osiyo antik shaharsozlik madaniyati shakllanishidagi ahamiyatiga oid ilmiy  xulosalaridan “Mingtepa madaniy-meros” jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan Mingtepa tarixi bo‘yicha tanlovlar va muzey ko‘rgazmalarini tashkil etishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti mablag‘lari asosida tadbirlar o‘tkazilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Nodavlat Notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasining 2022-yil 29-iyundagi 01/306-22-son ma’lumotnomasi). Grant mablag‘lari hisobidan 2 ta ilmiy-ommabop to‘plam, 1 ta risola nashrdan chiqarilgan va tadbir ishtirokchilariga tarqatilgan. Bu esa aholini Mingtepa tarixi bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
tadqiqotning qadimiy Mingtepada siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayot, sovet mustamlakachiligi yillarida Mingtepa yodgorligi tepaliklarining buzib yuborilishi, tarixiy Mingtepa nomining “Marhamat” nomiga o‘zgartirilishi, mustaqillik yillarida tumandagi mavjud tarixiy joylarga bo‘lgan e’tibor kabi ma’lumotlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 10-, 11-, 12-yanvar kunlari efirga uzatilgan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021-yil 28-yanvardagi 01-40-123-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar mazmunan boyitilgan va ko‘rgazmaliligi oshgan hamda teletomoshabinlarning bu boradagi bilim va tasavvurlarini kengayishiga xizmat qilgan;
qadimiy Mingtepaning Buyuk Ipak yo‘li savdo chorrahasida joylashgani bu hududda savdo-sotiq aloqalarini hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgani, xususan, qadimgi Mingtepada hunarmandchilik, bog‘dorchilik, donli ekinlarini etishtirish, shuningdek, yilqichilik keng taraqqiy etganiga doir dissertatsiya xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021-yil 22-avgust kuni efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 01-40-1562-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning qadimgi Mingtepa tarixi haqida keng tasavvur va bilimga ega bo‘lishlarida manba bo‘lib xizmat qilgan;
dissertantning “Mingtepa ziyoratgohlari va qadamjolari” nomli risolasi asosida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021-yil 26-dekabr kuni efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” teleko‘rsatuvining maxsus sonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2022-yil 14-apreldagi 02-06-773-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvning ilmiy salohiyatini oshirgan, Farg‘ona vodiysidagi qadimiy ziyoratgohlar va qadamjolar haqida aniq xulosalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
tadqiqotdan o‘rin olgan Mingtepa tarixini o‘rganishda Mannob Egamberdievning “Sariq ajdar hamlasi” tarixiy romanining ahamiyati haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 8-iyulda namoyish etilgan “Aslida qanday?..” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokom-paniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2022-yil 3- avgustdagi 06-28-1236-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur romandagi tarixiy faktlar teletomoshabinlarning qadimgi Mingtepa aholisi turmush tarzi haqidagi tasavvurlarining boyitilishiga xizmat qilgan;
qadimgi Mingtepada etishtirilgan beda, uzum va boshqa o‘simliklar bo‘yicha ajdodlarimizning tajribalari haqidagi dissertatsiya ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 2023-yil 11-noyabr kuni efirga uzatilgan “Agrotur” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo bo‘ylab” telekanali” davlat muassasasining 2023-yil 30-noyabrdagi 03-14-161-son ma’lumotnomasi). Natijada materiallar ko‘rsatuvning ko‘rgazmaliligini oshirishga hamda mazmunan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish