Xatamova Rashida Zakirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek jamiyatini yanada barqarorlashtirish sharti sifatida talaba yoshlarida vatanparvarlik madaniyatini takomillashtirish” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal.1049
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh. ilmiy darajasi va unvoni: Zamilova Rimma Ramilevna pedagogika fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Odil Raxmatovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek jamiyatining ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik madaniyatini takomillashtirib borishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
O‘zbekiston talaba yoshlari ongida vatanparvar qiyofasi va axloqiy idealining konstitutsiyaviy xususiyatlari falsafa kategoriyasi sifatida o‘rganishga doir yondashuvlar ijtimoiy eksperiment usulini qo‘llash orqali tizimlashtirilgan;
talaba yoshlarda vatanparvar qiyofasi va axloqiy idealining konstitutsiyaviy munosabatlarini takomillashtirishning aksiologik yondashuv usullari va yo‘llarining samaradorligi isbotlandi;
jamiyatda vatanparvarlik madaniyatini yuksaltirish davr ruhi ta’sirida o‘zgarib boruvchi yangilangan strukturizatsiya jarayonlari yoshlar tafakkurida axloqiy ideal va vatanparvar shaxs obrazining asoslovchi paradigma ekanligi dalillangan;
jamiyatda vatanparvarlik madaniyatini rivojlantirish, mavjud ijtimoiy tartiblarni izdan chiqarish, milliy ruhiyatga ta’sir qiluvchi  kosmopolistik qadriyatlar (bevatanlik, madaniy johillik, aksiologik emirilish)ni oldini olishi orqali ma’rifatli fuqarolik jamiyatni barpo etishning falsafiy jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek jamiyatini yanada barqarorlashtirish sharti sifatida talaba yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik madaniyatini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekiston talaba yoshlari ongida vatanparvar qiyofasi va axloqiy idealining konstitutsiyaviy xususiyatlarini so‘rovnoma natijalari asosida hamda ijtimoiy eksperiment usulini qo‘llashga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbek jamiyatini yanada barqarorlashtirish sharti sifatida talaba yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik madaniyatini takomillashtirish” dasturini ishlab chiqishda, shuningdek, 2023-yil uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi ishidagi reja bo‘yicha tadbirlar, davra suhbatlarida o‘zbek talaba yoshlari orasida vatanparvarlik madaniyatini takomillashtirish usullari va yo‘llarining samaradorligini isbotlashda olingan ilmiy xulosalar va takliflardan foydalanildi (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024-yil 14-martdagi 04-13/276-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishida ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va xulosalar Yangi O‘zbekistonda talaba-yoshlardavatanparvarlik madaniyatini  ilmiy asoslangan mezonlari, nostandart qaror qabul qilish, mustahkam fuqarolik pozisiyasi fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
talaba yoshlarda vatanparvar qiyofasi va axloqiy idealining konstitutsiyaviy munosabatlarini takomillashtirishning aksiologik samaradorligi oshirishga oid xulosa va takliflaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilgi tadbirlar dasturining IV yo‘nalishidagi 18-bandida keltirilgan: “Vatanparvarlik, yoshlar orasida milliy g‘urur, harbiylarga, Vatan himoyachilariga hurmatni singdirish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch sifatida anglash g‘oyasini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash” bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil
19-martdagi 02-22/113-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar va tavsiyalar o‘zbek jamiyatini yanada barqarorlashtirish sharti sifatida talabalarning vatanparvarlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi;
Jamiyatda vatanparvarlik madaniyatini yuksaltirish davr ruhi ta’sirida o‘zgarib boruvchi yangilangan strukturizatsiyasi jarayonlarini modellashtirish usulini qo‘llash asosida talaba yoshlarda vatanparvarlik madaniyatini shakllantirish jarayoni va tarkibiy tuzilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi DUKning “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va madaniyat” (2023-2024-y.y.) teledasturlari ssenariylarini yaratishda qo‘llanilib, muntazam ravishda nashr etildi. (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi DUKning 2024-yil 5-fevraldagi 04-36/173-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar tafakkurida axloqiy ideal va vatanparvar shaxs obrazining asoslovchi paradigmalarni ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda vatanparvarlik madaniyatini rivojlantirish, mavjud ijtimoiy tartiblarni izdan chiqarish, milliy ruhiyatga ta’sir qiluvchi  kosmopolistik qadriyatlar (bevatanlik, madaniy johillik, aksiologik emirilish)ni oldini olishga doir xulosa va takliflaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilgi tadbirlar dasturining IV yo‘nalishidagi 18-bandida keltirilgan: “Vatanparvarlik, yoshlar orasida milliy g‘urur, harbiylarga, Vatan himoyachilariga hurmatni singdirish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch sifatida anglash g‘oyasini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash” bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 19-martdagi 02-22/113-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda vatanparvarlik madaniyatini rivojlantirish orqali ma’rifatli fuqarolik jamiyatni barpo etishning falsafiy jihatlarini asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish